O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

GAVGO NIMADAN BOSHLANDI?

Buxorolik fuqaro Sabohat Asadova to‘rt yildan buyon ozining poymol bolgan huquqini tiklash uchun kurashib kelmoqda

Ishonmasangiz, bundan tort yil muqaddam Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tadbirkor Sabohat Asadova ustidan qozgatilgan jinoiy ish bilan tanishib koring. Bu ish dastlab ma’muriy, keyin jinoiy ishga aylanib, semirgandan-semirdi, 19 tomga yetdi...

1994 yilda er-xotin — Sabohat Asadova hamda Shuhrat Negmatov «Surayyobonu» shaxsiy savdo va ishlab chiqarish korxonasi tashkil etib, shahar bozori hududidan chakana savdo bilan shugullanadigan oziq-ovqat dokoni ochadi. Sabohat dokonni yuritadi, Shuhrat hisobchilikni olib boradi. Farzandlari Mehriniso bilan Surayyo u paytda maktabda oqirdi.

Ishlari yurishib ketgan oila 2007 yilda oz faoliyatini kengaytirish uchun biznes reja asosida hokimiyat ruxsati bilan olingan yer maydonida maishiy xizmat va savdo majmuasini qurib ishga tushiradi. Osha yili sodir bolgan avtohalokat tufayli oila boshligi Shuhrat Negmatov qattiq miya chayqalishi tufayli 2-guruh nogironi bolib qoladi. Korxona hisobchiligi oilaning bosh farzandi Mehriniso zimmasiga tushadi.

Majmua ishini yuritish yolgiz oziga qolib ketgan Sabohat Asadova 2011 yilda chakana savdo faoliyatini vaqtincha toxtatadi va bu haqda tegishli bank, soliq va boshqa idoralarga, savdo-sanoat palatasiga xat beradi. 2014 yilgacha Mehriniso Negmatova majmua faoliyat yuritmayotgani haqida har oy hisobot berib borgan.

Shu orada Buxoro shahar bozori qayta qurilishi munosabati bilan uning hududidagi savdo shoxobchalari qatori Sabohat Asadovaga tegishli dokon ham buziladigan bolib qoldi. Buzilgan dokondan olingan, imorat poydevori uchun ishlatiladigan 70 dan ziyod sement blok va boshqa qurilish materiallari Sabohat Asadova oilasi yashayotgan uy roparasidagi maydonning bir chetiga yigib qoyildi...

2014 yilning 6 oktabrida Buxoro shahar prokuraturasi xodimi Amrullo Maqsudov (begona emas, xolasining kuyovi!) Mehriniso Negmatovaning qol telefoniga qongiroq qilib, imorat qurmoqchiligini, ularga tegishli beton poydevordan bir qismini berib turishlarini soradi. Mehriniso sement poydevor nasiyaga berilmasligini, naqd pulga sotilishini aytdi. Prokuratura xodimi qurilish materialini bepul olib ketishni moljallagan shekilli, bundan achchigi chiqadi, Mehrinisoga: Bundan buyon dokoningda qanday ishlashingni koraman, degan mazmunda popisa qiladi...

Hammasi ana shundan keyin boshlandi, deydi Sabohat Asadova.

Xonadon sohibi, eri Shuhrat Negmatovning xayoli parishonligi sababli Sabohat Asadova savdo majmuasi kalitini uyda qoldirmay, ozi bilan olib yurardi. 2014 yilning 13 oktabr kuni safarga ketayotib, kalitni uyda qoldiradi. Kalitga kozi tushgan eri Shuhrat Negmatovda savdo majmuasiga borish fikri paydo boladi. Kalitni olib, savdo majmuasiga boradi, hech qayerda ishlamaydigan, bazan Shuhrat Negmatov bilan ulfatchilik qilib turadigan Vanir Xarisov bir shisha aroq kotarib paydo boladi. Bugun Sabohatning tugilgan kuni, yuvmaymizmi?, deydi. Ular shishani ochib, bir qultumdan ichishadi. Shu payt Shohista Mamurova degan ayol dokonga kirib kelib, shu aroqni unga sotishlarini iltimos qilib turib oladi. Biri xayoli parishon, ikkinchisi bekorchi bolgan bu ikki erkak ogzi ochilgan aroqni unga sotishadi. Ayol chiqib ketishi bilan majmuaga Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Muhammad Aslonov, Maruf Yahyoyev, Feruz Bahriddinov, Nazim Abdullayevlar kelib, Xaridorga aroq sotib, patta bermadi, degan mazmunda Shuhrat Negmatov nomiga dalolatnoma tuzib, rasmiylashtirishadi. Sabohat Asadova safarda bolgani uchun Muhammad Aslonov Mehriniso Negmatovaga qongiroq qiladi va u kelgach, dokondagi mahsulotlarni tegishli tartibda hujjatlashtirib, vaqtincha saqlash uchun Buxoro shahridagi Barakoti padaron xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchasiga topshirmoqchi boladi.

Mehriniso korxona rahbari, yani onasi safarda ekani, u kelganidan keyin qoldiq tovarlarni uning ruxsati bilan olishlari mumkinligini aytib, soliqchilar yolini tosadi. Muhammad Aslonov esa shahar IIBga qongiroq qilib, ulardan ozi tekshirish otkazayotgan majmuada jamoat tartibini saqlash togrisida yordam soraydi. Chaqiruv asosida dokonga kelgan IIB xodimlari Subhon Shokirov, Elyor Egamberdiyev, Jamol Sayliyev, Sardor Shernazarov, Bekzod Jumayev DSI xodimlari xizmat vazifasini bajarayotganida, Mehriniso Negmatova ularga qarshilik korsatdi, degan mazmunda dalolatnoma tuzadi, unga militsiya xodimlari hamda soliqchilar tomonidan taklif etilgan ikki nafar guvoh ham imzo chekadi.

Osha kuni kech soat 20:00 larda Sabohat Asadova majmuaga kelib, Buxoro shahar DSI tomonidan tekshirish uchun berilgan hujjatlarni korib: Shu qoldiq mahsulotlar kerak bolsa, royxat qilib olib ketinglar, deydi. Hujjatlashtirilgan mahsulotlar olib chiqib ketiladi. Mehriniso Negmatovani ham Buxoro shahar ichki ishlar boshqarmasi 1-shahar militsiya bolimiga olib borib, tushuntirish xati olinadi va bolib otgan holatni hujjatlashtirib, ozini qoyib yuborishadi.

Bu harakat kim tomonidan tashkil etilayotganini gumon qilgan ona-bola Asadovalar shahar prokuraturasiga shikoyat yozishadi. Ular bu ishlar prokuratura xodimi Amrullo Maqsudov tomonidan uyushtirilmoqda, degan fikrga kelishadi.

Mehriniso Negmatovaga nisbatan tayyorlangan material mamuriy chora korish uchun Jinoyat ishlari boyicha Buxoro shahar sudiga beriladi. Lekin bu ish negadir korib chiqilmay, bir oydan keyin shahar prokuraturasiga otkazilib, ona-bola Asadovalar ustidan jinoiy ish qozgatiladi va qaytadan tergov ishlari boshlanadi.

2015 yilning 16 fevralida Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Asadovalarga tegishli majmuada yol qoyilgan qonunbuzarlik va korsatilgan kamchiliklar boyicha tayyorlangan hujjatlar Buxoro viloyat xojalik sudiga beriladi. Xojalik sudi shu hujjatlar boyicha Surayyobonu shaxsiy savdo va ishlab chiqarish korxonasiga 48 million som jarima solish, agar tolanmasa, unga tegishli bolgan mol-mulkni musodara qilish togrisida hal qiluv qarori chiqaradi. Ona-bola qarindosh-urugdan qarz kotarib, taqinchoqlarini garovga qoyib, 48 million somni bir balo qilib tolaydi. Maqsad korxonani saqlab qolish, keyinchalik kurashib, haq ekanliklarini isbotlash edi.

Ammo bu hali holva ekan. 2015 yilning 19 aprelida (yakshanba kuni!?) ona-bolaga 20 aprel kuni ularning ishini korib chiqish haqida Jinoyat ishlari boyicha Buxoro shahar sudi tomonidan telefonogramma beriladi. Lekin bu telefonogramma Asadovalarning qoliga yetib kelmaydi, sud ham bolmaydi.

Biroq 2015 yilning 24 aprel kuni kechqurun ona-bola oz uyida kechki ovqatga otirganlarida, 3-4 nafar ichki ishlar xodimlari Damas avtomashinasida kelib, ularni chaqirishadi va Buxoro shahar IIBga olib ketishadi. U yerda Sabohat Asadovani bir soatlar chamasi ushlab, qandaydir hujjatlar tayyorlashadi, keyin uni Buxoro viloyat qamoqxonasiga olib ketishadi.

Mehriniso Negmatova esa ichki ishlar xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan paytida ularga qarshilik korsatgani uchun 355 ming som jarima tolash sharti bilan qoyib yuboriladi, Sabohat Asadova esa 1 maygacha bir hafta mobaynida qamoqxonada ushlab turiladi. Shundan keyin sudya Shuhrat Toxtayev raisligida otkazilgan sudda Sabohat Asadovaga dokonda muddati otgan mahsulotlarni xaridorga otkazish maqsadida saqlab turgani uchun 11 million som jarima tolash jazosi tayinlanadi, Mehriniso Negmatovaga DSI va IIB xodimlarini haqorat qilgani va bezoriligi uchun Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari qollaniladi, unga nisbatan chiqarilgan ajrimda amnistiya bilan jazodan ozod qilinadi.

Bu jazodan norozi bolgan ona-bola appelyatsiya tartibida shikoyat xati yozishni davom ettirishadi. 2015 yilning 3 iyunida Jinoyat ishlari boyicha Buxoro shahar sudida bu ish qayta korib chiqilib, sudya Shuhrat Toxtayev tomonidan Sabohat Asadovaga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi, Mehriniso Negmatovaga nisbatan chiqarilgan ajrim esa oz kuchida qoldirildi.

Apellyatsiya tartibida yozilgan shikoyat boyicha bu ish Jinoyat ishlari boyicha bir qator tuman, viloyat sudlarida qayta-qayta korib chiqildi. Natijada Sabohat Asadovaga nisbatan belgilangan 11 million som jarima avval 2 million somga, keyin esa bir million somdan sal oshiqroq miqdorga tushirildi.

2016 yilning 15 fevralida Jinoyat ishlari boyicha Buxoro shahar sudi raisi Shomurod Ergashev boshchiligida korib chiqilgan ishda 2014 yil 13 oktabr kuni Buxoro shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan Surayyobonu shaxsiy savdo va ishlab chiqarish korxonasida otkazilgan qisqa muddatli tekshiruv asossiz bolgani va hujjatlar soxtalashtirilgani sababli Sabohat Asadovaga qoyilgan ayblar noqonuniy deb topildi va unga nisbatan 2015 yilda Buxoro viloyat xojalik sudi tomonidan qollanilgan Jinoyat kodeksining shu ishga taalluqli 140-moddasi a bandi, 186-moddasining 1-qismini bekor qilish togrisida hukm chiqarildi. Unga kora, Sabohat Asadova tomonidan davlat foydasiga undirilgan 48 million som miqdoridagi pul endi korxona egasiga qaytarilishi kerak edi. Lekin oradan ikki yil otsa hamki, hali hanuzgacha Sabohat Asadova xojalik sudi tomonidan tolashga majbur qilingan 48 million som jarima pulini qaytarib olgani yoq...

2017 yil 3 avgustda Jinoyat ishlari boyicha Qashqadaryo viloyat sudining uch nafar sudyasi tomonidan ikki kun mobaynida Sabohat Asadova va uning qiziga nisbatan ochilgan 16 tomlik jinoiy ish organilib, guvohlar soroq qilinib, uch yil davomida sud-huquq idoralari tomonidan qoyilgan barcha ayblar va chiqarilgan ajrimlar bekor qilindi, lekin ularning sudlanganlik holati shundayligicha qoldirildi. Bundan norozi bolgan ona-bola shikoyat xati yozishda davom etdi. 2017 yilning noyabrida bu ish Oliy sud tomonidan korib chiqildi va Jinoyat ishlari boyicha Qashqadaryo viloyat sudining qarori oz kuchida qoldi...

Nihoyat, 2018 yilning 17 fevralida Buxoro viloyat prokurorining birinchi orinbosari D.Fayziyev imzosi bilan Sabohat Asadova va qizi Mehriniso Negmatovaga JIB Qashqadaryo viloyat sudi appelyatsiya sudlov hayatining ajrimini bekor qilib, jinoyat ishini tugatish hamda ularga nisbatan oqlov hukmi chiqarish haqida Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida protest keltirish masalasini korib chiqish yuzasidan Respublika Bosh prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani haqida xat keldi. Oylaymizki, Respublika Bosh prokuraturasi, Oliy sud albatta bu xususda ozining adolatli, xolis xulosasini chiqaradi.

Ammo tort yil mobaynida adolat istab, turli idoralarga bosh urgan, sarson-sargardon bolgan aybsiz aybdorlarning chekkan azoblari uchun kim javob beradi?! Sabohat Asadova ehtimol tekshiruvchilarga bosh egmay, qattiqroq gapirgandir, ehtimol ozining haqligiga ishonib, ularning yuziga tik qaragandir? Ehtimol, alamidan ortiqcha gaplar qilgandir. Ammo bu gavgo nimadan, kimdan boshlanganiga etibor qarataylik. Ikkinchi guruh nogironi, yana takidlaymiz, xayoli parishon Shuhrat Negmatov sotuvchi emas-ku, qolaversa, korxonaga hech qanday yuridik aloqasi yoq. Yana bir savol kishini oylantiradi: korxona faoliyat yuritmayotgan bolsa, xususiy bolsa, soliqchilar korxonadagi mahsulotlarni nega zoravonlik bilan olib ketishadi? Buning ustiga, dokondan aroq mahsulotlari topilmagan.

Kimningdir shaxsiy alami, zorma-zoraki uyushtirilgan tekshiruvlar oqibatida odamlarga qancha ziyon-zahmat yetdi, qanchalab sudyalarning vaqti ketdi... Qasddan tekshirish otkazgan, soxta hujjatlar tayyorlagan, ikki fuqaroni tort yil asosiz azoblagan kishilar qonun oldida jazosini olishi kerak emasmi? Bunday holatlarning aybdorlari tegishli jazoni olmasa, nohaqliklar, adolatsizliklar davom etaveradi, qonun buzilaveradi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: