O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.03.2018

2018 YIL QARDOSH XALQLAR HAYOTIDA TARIXIY YIL BOLADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida olis hududlarning bugungi hayoti va istiqboliga moljallangan yirik loyihalar bilan tanishish, odamlar bilan muloqot qilish maqsadida Tomdi tumanida ham boldi.

Ta’kidlash kerakki, kop yillardan buyon Tomdi tomonlarga davlat rahbari bormagan. Bundan 45 yilcha ilgari Ozbekistonning osha paytdagi rahbari Sharof Rashidov ushbu hududda bolib, odamlarning ahvoli bilan tanishgan ekan. Oradan shuncha yil otib, Prezident Shavkat Mirziyoyev Tomdiga tashrif buyurgani, odamlar bilan dildan gaplashib, koplab masalalarni hal etib bergani olamshumul voqea boldi. Shu voqealarga bevosita guvoh va ishtirokchi sifatida konglimdan otgan hislarimni aytmasam bolmas.

Davlatimiz rahbarining tashrifini yetti yoshdan yetmish yoshgacha bolgan tomdiliklar, konimexliklar, uchquduqlik va zarafshonliklar intiqib kutdi. Prezidentimiz shu tort hudud faollari bilan uchrashdi. Goyat samimiy otgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev olis hududlar aholisi hayotida ozgarish bolishi kerakligini, shuning uchun odamlardan oz muammo va takliflarini roy-rost, ochiq bayon etishni soradi. Har bir sozga chiquvchini diqqat bilan eshitib, ular aytgan takliflar yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.

Davlat rahbari xalqning ichiga kirib, odamlarning yuragidan otayotgan gaplarni aytayotgani, har bir ishda xalqni rozi qilishni oylayotgani menga ham qanot berdi. U kishi boshchiligida qisqa fursatda amalga oshirilgan ezgu ishlar koz oldimdan otdi. Xalq talimi sohasi vakili sifatida 11 yillik talim qayta tashkil etilishi odamlarning ayni dilidagi ish bolganini aytdim.

Tasavvur qiling: otarda yashaydigan choponning ogli 300 kilometr olisdagi kollejda oqishi ota-ona uchun uch baravar zarar edi. Birinchidan, farzandi yotib oqiydi, ovqati bor, kiyinishi bor, oquv quroli kerak. Bitta bola oqitsa ham bir oilaning xarajati ketadi. Ikkinchidan, hali 15-16 ga tolmagan bola nima bilan mashgul? Usti butmi, qorni toqmi, nojoya yolga kirib ketmadimi, ota-onalar shuni oylab ezilardi. Uchinchidan, ertaga kollejni bitirgan yoshlarga ish bormi? 11 yillik talimning eng afzal tomonlaridan biri, otish davridagi bola ota-onasi bagrida, koz oldida boladi. Endi ortiqcha xavotirga orin yoq, ota-ona nazorati ostida bolalar yaxshi talim-tarbiya oladi.

Prezidentimizdan 25 kilometr olisdagi Zafarobod shaharchasini Konimex tumaniga qoshib berishni iltimos qildik. Boisi, u yerda konimexlik va navbahorliklar mehnat qiladi, ammo shaharcha Buxoro viloyatiga qaraydi. Bundan aholi qiynalib kelardi. Bitta malumotnoma olish yoki kasal bolib qolganda 160 chaqirim yol bosib Buxoroga borishga togri kelardi.

Davlatimiz rahbari masalani tahlil qilib, fikrimizni maqulladi. Bundan tashqari, tortta hududdagi yoshlar ittifoqiga avtobuslar, Tomdi tumanidagi oilaviy poliklinikalarga togli hududda yurishga moljallangan beshta «tez yordam» mashinasi ajratish boyicha topshiriqlar berdi. Yangiliklardan yana biri, Tomdida yopiq suzish havzasi quriladigan boldi.

Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari chorvachilikka ixtisoslashgan. Otarlar 15-20 chaqirim uzoqlikda joylashgan. Suv chiqadigan ayrim quduqlar komilib qolgan. Suv bolmagandan keyin u yerdan odamlar kochib ketadi. Mana shu muammo ham odamlarni qiynab kelar edi. Prezidentimiz gidrogeologik qidiruv ishlari olib borib, yer osti suv zaxiralaridan aholini ichimlik suv bilan taminlash kerakligini takidladi. U kishi odamlarning dardini eshitib, ularni yechish yollarini korsatdi, bazi masalalarni shu yerning ozida hal qilib berdi. Bundan konglimiz togday kotarildi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida faoliyat boshlagan ilk kunlardanoq tinchlikka, millatlararo totuvlikka alohida etibor qaratmoqda. Har bir millatning urf-odatlari hurmat qilinayotgani, qoshni mamlakatlar xalqlari bilan bordi-keldi faollashayotgani, chegaralar ochilayotgani, hamkorlik mustahkamlanayotgani oddiy odamlarni cheksiz quvontirayotir.

Tumanimizda 14 dan ortiq millat vakillaridan iborat 30 mingga yaqin aholi yashaydi. Mavjud 35 maktabdan 3 tasida ozbek, 3 tasida qoraqalpoq, 1 tasida rus-ozbek, 1 tasida ozbek-qozoq, 27 tasida qozoq tilida talim beriladi. Qozoq maktablarini adabiyotlar bilan boyitish masalasi ham kotarildi. Prezidentimiz bu masala ham ijobiy hal qilinishini aytdi. Ozbek yozuvchi-shoirlarining asarlarini qozoq tiliga, qozoq ijodkorlarining kitoblarini ozbek tiliga tarjima qildiramiz, dedi.

Qozogistonda eldoshlarimiz kop, toylariga boramiz, ular biznikiga keladi. Qozogistonda Ozbekiston yili elon qilingani yurtimizda boshlangan ishlarga uzukka koz qoygandek mos tushdi, har ikki xalqni ruhlantirdi. Zero, Markaziy Osiyo xalqlari azaldan ahil-inoq, dost-birodar, quda-anda bolib, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga hamdam bolib yashab kelgan. 2018 yil – qardosh xalqlarimiz hayotida tarixiy yil sifatida unutilmas voqealarga boy boladi. Bunday ezgu ishlar boshida turganlar dunyo turguncha tursin, deyman.

Kuni kecha hayotimda yana bir quvonchli voqea yuz berdi Prezidentimiz farmoni bilan Mehnat shuhrati ordeniga loyiq korildim. Poytaxtimizda 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagishlab otkazilgan tantanali marosimda shaxsan Yurtboshimizdan ushbu nufuzli mukofotni qabul qilib oldim. Bu men uchun cheksiz quvonch va sharaf. Oddiy ayolga, oqituvchiga shunchalik hurmat, ehtiromni tasavvur qilishning ozi qiyin.

Mamlakatimiz ravnaqi, xalqimizning baxtiyor va farovon hayoti yolida tinimsiz mehnat qilayotgan Prezidentimizning tashabbuslari, amalga oshirayotgan say-harakatlari qalbimni faxr-iftixorga toldirib, kuchimga kuch, gayratimga gayrat qoshmoqda. Nasib etsa, bularning barini sheriy satrlarga jo qilib, Vatanimiz istiqlolining 27 yilligiga tuhfa etmoqchiman.

Akshagul TULEGENOVA,

Konimex tumani xalq talimi bolimi mutaxassisi,

tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi,

Mehnat shuhrati ordeni sohibi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: