O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
11.03.2018

DEPUTATLAR VA MASULLARDA TASHABBUSKORLIK YETISHMAYAPTI

Termizda O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashining VIII plenumi bolib otdi. Unda Ozbekiston XDP viloyat, tuman va shahar kengashlari mas’ullari, partiya guruhlari azolari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yigilishda Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar vakillari bilan bolib otgan videoselektor yigilishidagi maruzasi hamda Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taminlashda Ozbekiston XDP viloyat kengashi va partiya guruhlarining ishtirokini kuchaytirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

— Galdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish har birimizning faoliyatimiz mezoniga aylanishi shart, deydi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi Mavjuda Hasanova. Bu borada vohada muayyan ishlar amalga oshirilayotganini takidlamoqchiman. Jumladan, bandlikni taminlash, aholining turmush darajasini oshirish, tibbiy xizmat korsatish sifatini yaxshilash, keksalar nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash, odamlarni qiynayotgan masalalarni bartaraf qilish borasida amaliy choralar korilayapti. «Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz» loyihasi doirasida Angor, Muzrabot, Termiz, Shorchi, Qiziriq va boshqa tumanlarda istiqomat qiluvchi 40 nafarga yaqin elektoratimiz vakiliga nogironlik aravachasi hamda eshitish moslamalari berildi. Termiz shahri va Uzun tumanlarida yashovchi 25 nafar nogironligi bolgan shaxsga partiya guruhlari tashabbusi bilan dori-darmon tarqatildi. Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari mavzuidagi tadbirlar 3 ming 500 dan ortiq xotin-qizlarni qamrab oldi va 300 nafardan ortiq ayollarning bandligi taminlandi. Shu bilan bir qatorda, kollej bitiruvchilari bolgan 85 nafar qizga kredit olishga amaliy yordam korsatilib, 120 nafarga yaqin tashabbuskor ayollarimiz oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikka jalb qilindi.

Tahlillar shuni korsatmoqdaki, bugun elektoratimiz vakillarini kommunal, bandlik, uy-joy olish, talim va tibbiyot sohalaridagi muammolar qiynamoqda, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Chori Jumaqulov. Dolzarb masalalarni organish va ularning yechimi borasida viloyat, shahar va tuman Kengashlari sessiyalariga 38 ta masala kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga 345 ta deputatlik sorovi yuborilib, hozirgacha ularning 212 tasi yoki 61,4 foizi ijobiy yechim topgan.

Tahliliy-tanqidiy ruhda otgan plenumda qolga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda yol qoyilgan kamchiliklarga ham etibor qaratildi. Partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari faoliyatini talab darajasida tashkil qilish davr talabi ekani alohida takidlandi.

Plenumda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov qatnashdi va sozga chiqdi.

Endi quruq vadalar bilan elektorat vakillarini aldab bolmaydi, dedi partiyamiz yetakchisi. Mudroqlikka barham berib, amaliy ishga otadigan vaqt keldi. Davr shiddat bilan rivojlanayotgan ekan, har birimiz shunga monand ish yuritishimiz talab qilinadi. Bu borada Sherobod, Muzrabot, Angor va Boysun tumanlarida talay kamchiliklar kozga tashlanmoqda. Deputatlar va masullarda tashabbuskorlik yetishmayapti. Yoshlarni partiya safiga jalb qilish oz holiga tashlab qoyilgan. Jamoatchilik qabulxonalari nomiga ish yuritayapti. Qisqa davrda 2 nafar tuman kengashi raisi egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bolsa, 7 nafar masulga hayfsan intizomiy jazo chorasi korilganini qanday baholash mumkin? Xalq deputatlari Denov, Jarqorgon, Sherobod tumanlari Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari azolari Toxtamurod Ganiyev, Ogiloy Polatova, Botirjon Jabborov, Chori Rahmonovlarning partiya tashkilotlari bilan aloqani uzib qoygani taassufli emasmi?..

Aholining turmush darajasini oshirish burch va vazifa ekanligini unutmasligimiz kerak, deydi xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi azosi Baxtiyor Ahrorov. Buning uchun avvalo odamlarning dunyoqarashi, ongi-shuuri, tafakkuri va yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik tuygusini kuchaytirishimiz kerak. Xosh, biz, deputatlar bugun shunga monand faoliyat korsata olayapmizmi? Afsuski, yoq! Plenumda yol qoyilayotgan kamchiliklar royi-rost aytildi. Ularni bartaraf etish uchun hoziroq amaliy ishga kirishmasak, ertaga kech bolishi mumkin.

Turli samarasiz majlis va yigilishlardan voz kechish vaqti keldi, deb oylayman, dedi Ozbekiston Qahramoni Yusuf Ziyoyev. Olis va borish qiyin bolgan hududlarda amaliy seminarlar, davra suhbatlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Plenumda korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: