O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.03.2018

OZBEK VA TOJIK XALQLARINI

yagona tarix, mushtarak maqsad, buyuk kelajak bog‘lab turibdi

Tojikiston Milliy universiteti rektori, akademik Muhammadyusuf IMOMZODA bilan suhbat.

— Ozbek va tojik xalqlari ortasidagi dostlik munosabatlari qanday tarixiy omillarga tayanadi, deb oylaysiz?

Tojikiston bilan Ozbekiston ortasidagi munosabatlar kop asrlik tarixga ega. Haqli ravishda qayd etish zarurki, xalqlarimiz Markaziy Osiyo xalqlari orasida bir-biri bilan eng yaqin hisoblanadi. Buning tasdigini nafaqat tarixiy-ilmiy tadqiqotlardan izlash kerak, balki urf-odatlarimizning bir xilligi ham korsatib turibdi. Oz davrida atoqli tojik olimi Zarif Rajabov «Markaziy Osiyoda eng yaqin aloqalar tojik va ozbeklar ortasida ornatilgan. Ular bir xil kiyim kiyishgan, bir xil taomlar tayyorlashgan, qiz olib, qiz bergan, qarindosh bolgan. Urf-odatlari ham ikki tomchi suv kabi bir-biriga oxshashdir», deb ta’kidlagan edi.

Ozbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, yaxshi qoshnichilik, ozaro hurmat va ishonch, oxshash ananalar birlashtirib turadi.

Mening nazarimda, xalqlarimizning yaqinligiga ulug soz sanatkorlari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ortasidagi dostlik va hamkorlik tag zamin vazifasini otaydi. Malumki, Abdurahmon Jomiyning korsatgan yol-yoriq va maslahatlari tufayli Alisher Navoiy ozbek va tojik klassik adabiyotining daholaridan biriga aylandi. Ustoz Jomiyning vazir shogirdi Navoiyga yuborgan maktubi bizni hayratga soladi. Jomiy undan Xoja Ahror Valining farzandlarini oz qaramogiga olishni soragan. Ustozining iltimosi Navoiy uchun juda muhim bolgan va u albatta buni bajargan.

Ozbekiston va Tojikiston ortasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi xalqlarimiz hayotiga qanday tasir korsatadi?

Ikki qoshni davlat ortasidagi munosabatlarning iliqlashishi, birinchi navbatda, oddiy odamlar hayotiga ijobiy tasir korsatadi. Buning tasdigi sifatida nazorat punktlarining ochilishi, davlatlarimiz ortasidagi temir yol va aviaqatnovning tiklanishi xalqlarimiz tomonidan quvonch bilan kutib olinganini aytmoqchiman.

Har bir yangilik mamlakatimiz fuqarolari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinayapti. Bu tushunarli, albatta. Chunki bu holatda nafaqat ikki davlatning barqaror rivojlanishi va butun mintaqada xavfsizlik togrisida, balki qardosh xalqlarning hissiyotlari haqida gap ketmoqda. Mamlakatlarimiz rahbarlarining oqilona siyosati ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga, mavjud muammolarni birgalikda hal qilish yollarini topishga, yaxshi qoshnichilik munosabatlarini ornatish va yanada mustahkamlashga imkon beradi.

Bu nafaqat Tojikiston va Ozbekiston uchun, balki butun mintaqa uchun tarixiy voqeadir. Va bu yerda, sozsiz, ikki mamlakat rahbarlari Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning ulkan xizmatlarini alohida takidlash kerak. Tajribadan malumki, Prezidentlar ortasidagi dostona munosabat mamlakatlar ortasidagi dostlik, yaqinlik, ozaro manfaatli hamkorlikning asosiy omilidir.

Davlatlarimiz rahbarlari ortasidagi munosabatlar ozaro hurmat, ishonch, konstruktiv muloqot, mavjud muammolarni hal qilishda hamfikrlikka asoslangan bolib, bu kop qirrali va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangi turtki beradi, deb ishonaman.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi katta tarixiy voqea bolishi aytilmoqda. Siz bu tashrifdan nimalarni kutayapsiz?

Ozbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifidan song tojik-ozbek munosabatlarida yangi davr boshlanishiga ishonaman. Tashrif doirasida barcha sohalarda yaqin hamkorlikni tartibga soladigan bir qator muhim shartnomalar tuziladi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqlarining birida: 20 yillik qalin muz eritilishi kerak. Shundan song konstruktiv qoshnichilik munosabatlarini tiklasa boladi. Bu vaqt talab etadi, bu esa oson emas, deb aytgan edi. Hozir biz bu yolda dastlabki qadamlar tashlaganimizni mamnuniyat bilan qayd etmoqdamiz, endi Dushanbe va Toshkent har tomonlama hamkorlik uchun qulay zamin yaratish yuzasidan bir qator mexanizmlar va vositalarni ishlab chiqishlari kerak. Masalan, hukumatlar va tashqi ishlar vazirliklari darajasida doimiy faoliyat yurituvchi komissiyani tashkil etish fikri mavjud. Bu yerda ikki mamlakatning oqsoqollari, jamoatchilik, ekspertlar ortasida muntazam yigilishlar otkazish boyicha bildirilayotgan taklif orinlidir.

Tojikiston va Ozbekiston ortasidagi ozaro hamkorlikni mustahkamlash uchun katta salohiyat mavjud. Kop asrlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlaridan foydalanib, ikki davlat ozaro hamkorligini yanada rivojlantirish, ozaro savdo hajmini oshirish, transport va kommunikatsiya aloqalarini jadallashtirish, qoshma madaniy va sport tadbirlarini muntazam otkazish kerak.

Ozbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan Tojikistonning Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy bilan suhbat uyushtirildi. Unda Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan oqilona siyosat tufayli mintaqada katta ozgarishlar yuz berayotgani alohida takidlangan. Ushbu fikrga munosabatingiz qanday?

Bu juda togri va yuksak etirof. Keyingi vaqtlarda Ozbekiston Prezidentining mintaqaviy faolligi sezilarli ortishi kuzatilmoqda. Shavkat Mirziyoyev qisqa vaqt ichida Turkmaniston, Qozogiston va Qirgizistonga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev qoshni davlatlar bilan samarali va samimiy dostona munosabatlarni ornatmoqda. Nazarimda, uning tashabbusi mintaqadagi barcha davlat rahbarlarini birlashtirishga, integratsiya jarayonlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

Tojikiston Milliy universiteti togrisida ham malumot bersangiz?

Tojikiston Respublikasining eng yirik oliy oquv yurti bolgan Tojikiston Milliy universitetiga 1947 yilda asos solingan. Bugungi kungacha ushbu dargohda 112 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan.

Universitetimizdagi 19 fakultetda 105 yonalishda 24 mingga yaqin talaba, aspirant, doktorant talim olmoqda.

Talabalar va oqituvchilar ixtiyorida zamonaviy multimedia uskunalari, lingafon, kompyuter sinflari, internet-zallari mavjud.

Tojikiston Milliy universiteti Tojikistonning yetakchi ilmiy markazi bolib, uning tarkibida yirik ilmiy maktablar, fundamental va amaliy fanlar sohasida nomdor olimlar faoliyat korsatgan.

Bugungi kunda ham universitet asosiy innovatsion markaz bolib qolmoqda. Bu dargohda faoliyat korsatayotgan professor-oqituvchilar Tojikistonning koplab kompaniya va sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilib, yangi texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan izlanishlar olib bormoqda. Innovatsiya sohasida universitetimiz Tojikiston Respublikasi hukumatining maqsadli dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Universitet tizimida 117 kafedra, ilmiy-tadqiqot instituti, 112 ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, muzey, 1 milliondan ortiq fondga ega kutubxona, 12 million raqamli internet manbaga kirish mumkin bolgan elektron kutubxona, texnopark, til organish markazi, Konfutsiy madaniy-marifiy markazi, Russkiy mir markazi, Hindiston va Pokiston madaniy markazlari mavjud.

Buyuk Xuroson va Movarounnahr kabi mashhur va boy bizning diyorimiz dunyoga koplab olimlar, shoirlar, mutafakkirlar va murabbiylarni bergan. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Abu Mahmud Xojandiy kabi koplab bobokalonlarimiz insoniyatning eng buyuk olimlari qatorida etirof etilgan.

Bu mutafakkirlarning vorisi bolish bugungi yosh avlod zimmasiga juda katta masuliyat yuklaydi. Ulug allomalarimizning bebaho merosini chuqur organish, asarlarini qayta chop etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bizning umumiy tariximiz mavjud va bu bilan biz nafaqat faxrlanamiz, balki unga munosib bolishimiz kerak.

Tojikiston Milliy universiteti bilan Ozbekistonning eng qadimiy ilm-fan dargohlaridan biri bolgan, Ulugbek madrasasining vorisi hisoblanadigan Samarqand davlat universiteti ortasida ilmiy hamkorlik yolga qoyilganmi?

Ulugbek hukmronligi davrida Samarqand jahon ilm-fani markazlaridan biri hisoblangan. XV asrda asos solingan Ulugbek madrasasi qisqa vaqt ichida dunyoning yetakchi olimlarini ozida jamlagan. Bu qutlug dargoh Abdurahmon Jomiy, Mir Alisher Navoiy, Qozizoda Rumiy, Xoja Ahror Vali va boshqa kopgina olim va mutafakkirlar nomlari ila yanada mashhur. Biz Samarqand davlat universitetida talim olib, Tojikiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qoshgan Muhammad Osimiy, Gani Abdullo, Habib Yusufiy, akademik Muhammad Narziqulov kabi olimlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Tojikiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining ilmiy va marifiy aloqalari universitet tashkil etilgan kundan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. SamDUning onlab bitiruvchilari universitetimizda ishlab, tojik ilm-fani rivojiga munosib hissa qoshib kelmoqda.

Shu orinda Tojikiston Milliy universitetida oqib, ilmiy izlanishlar olib borib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan mashhur adabiyotshunos, tojik adabiyoti tanqidini organishga ulkan hissa qoshgan Samarqand davlat universiteti tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi azosi, taniqli ijodkor Jumaqul Hamroyev nomini alohida aytib otish orinli.

Ozbekistonda sizni mashhur olim, akademik sifatida yaxshi bilishadi. Ilmiy ishlaringiz togrisida ham gapirib bersangiz.

Taqdir meni buyuk olimlar Sohib Tabarov, Rahim Musulmonqulov Husenjon Sharifzoda, Xudoynazar Asozoda singari ulug olimlar, ajoyib insonlarga robaro qildi. Ularning korsatgan etibor va gamxorliklari tufayli hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishdim.

1990 yilda TRFA akademigi Muhammadjon Shakuriy rahbarligida Sadriddin Ayniy prozasida portretni tashkil etish sanati mavzusida nomzodlik ishimni yoqladim, 2002 yilda Sadriddin Ayniy prozasida ijodiy fikrlash va poetika mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildim.

Ilmiy izlanishlarim 200 dan ortiq maqola, 40 dan ortiq ilmiy maruzalarda oz ifodasini topgan, tojik, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Bu ishlarda poetika, adabiy maktab shakllanishi jarayoni, tojik adabiyoti namoyandalarining yozishmalari misollarida adabiy haqiqat, tojik adabiyoti bilan Orta Osiyo xalqlari adabiyotining ozaro bogliqligi masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Faoliyatimdagi yana bir yonalish bu jadid adabiyoti namoyandalari Ayniy va Fitrat ijodi tadqiqidir. Bu borada ham qator izlanishlar olib bordim. Mustaqillikdan songgi zamonaviy tojik adabiyotining rivoji masalasi ham diqqat markazimda bolib kelmoqda.

Kamtarona xizmatlarim Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan Dostlik ordeni bilan taqdirlangan.

Ozbekiston ovozi gazetasi oquvchilariga tilaklaringiz?

Bunday katta tarixga ega bolgan nufuzli nashrlar mintaqada sanoqli, albatta. Gazeta xodimlariga mashaqqatli va sharafli faoliyatida katta muvaffaqiyat, baland parvozlar tilayman. Fursatdan foydalanib, gazetangiz orqali ozbek xalqini Navrozi olam bilan qutlayman, tinchlik-omonlik, baxt-saodat doimo hamrohingiz bolsin.

Farrux HAMROYEV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: