O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.03.2018

HAYOT GULI, JAMIYAT TAYANCHINI HAMISHA EZOZLAYMIZ

Ona diyorimiz uzra ko‘klam nafasi ufurib turgan shu kunlarda barchamiz bahor va ayol degan ardoqli sozlarning bir-biriga naqadar hamohang va uygun ekanini beixtiyor his etamiz. Chunki bahor ham, ayol ham inson konglida avvalo hayotga muhabbat, ezgu orzu-intilishlar, mehr va saxovat kabi olijanob hissiyotlarni uygotadi.

Poytaxtimizning «Ozekspomarkaz» milliy korgazmalar zalida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bolib otdi.

Unga Qoraqalpogiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan Vatanimiz ravnaqi yolida samarali mehnat qilayotgan, jamiyat hayotining barcha jabhalarida fidokorona faoliyat olib borayotgan ayollar, iqtidorli qizlar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari safidagi xotin-qizlar taklif etildi.

Bayram ishtirokchilari dastlab Mustaqillik va ezgulik monumenti Baxtiyor ona haykali poyiga gul qoydi. Poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini tabrikladi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oz qobiliyat va imkoniyatlarini royobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama muhofaza qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni muhim dasturamal bolib xizmat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 500 nafardan ziyod fan doktori va akademik, 15 nafar Ozbekiston qahramoni, 17 senator, 16 deputat bor, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini hamda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ornini kuchaytirish, xotin-qizlar bandligini taminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash boyicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Bu yilgi bayram tadbiri har yilgidan kotarinki ruhda otmoqda. Jamiyatimizda xotin-qizlarning orni va nufuzini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol goyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida, tadbirkorlik, ilm-fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat, sanat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bir guruh qizlar alo xulqi, noyob istedodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oqishdagi muvaffaqiyatlari hamda talim, fan, adabiyot, madaniyat, sanat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Etiborli jihati, ular soni 28 nafarga yetdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokchi ayollarga yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Bayram sanat ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan yakunlandi.

Abu Bakr OROZOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: