O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.03.2018

MANAVIYATSIZ ODAM DABDABAGA RUJU QOYADI

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Toylar azaliy ananamiz, milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Bir-birimizga ezgulik tilasak, yaxshilik soginsak, «Boshingiz toydan chiqmasin», deb niyat bildiramiz. Toy xursandchilik, quvonch demakdir. Toy yaxshilik, tinchlik, osoyishtalik, mehr-muhabbat ramzi. Bu milliy qadriyatimiz katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Izzat-hurmat, mehmondostlik, duo olish, ezgu ishlarga undash, mushoira, aytishuvlar shu kuni namoyon boladi. Toy aslida baxtga zamin. Ammo bazi toylar quvonch emas, gam-tashvish keltiryapti. Bu haqda jiddiy oylab koradigan vaqt keldi.

Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatiga tashrifi chogida bu masalaga yana bir karra etibor qaratdi. Ayniqsa, mutasaddi rahbarlar hashamatga, dabdababozlikka ruju qoyayotgani, bu jamoatchilikning gashini keltirayotgani tanqid qilindi. Endi bir oylab koraylik, kamxarj toy qilish kerak, deb targibot qilayotgan davlat xizmatchisining ozi dabdabali toy bersa, odamlar buni qanday tushunadi?..

Dinimizda ham ortiqcha sarf-xarajat qoralanadi. Inson omili, uning manfaatlari, mehnati qadrlanadi. Biz ayni shu jihatga alohida etibor qaratishimiz lozim. Hamma narsada bolganidek, toyda ham meyorga amal qilish zarur. Aks holda, noxushliklar yuzaga kelishi mumkin. Deputatlar saylovchilar bilan joylarda uchrashuvlar otkazyapmiz. Xonadonlarga kirib boryapmiz. Bazan eldan kam bolmay, deb bor-yogini bir kunda sochayotgan yurtdoshlarimiz bilan robaro kelyapmiz.

Bir ayol bolasini ozi tarbiyalab, nabirasiga yordam puli ololmayotganidan shikoyat qilib maktub yozgan edi. Xonadoniga bordik. Ona 37, ogil 18 yoshda. Kelin 17 ga tolib-tolmagan, qolida chillasi chiqmagan chaqaloq. Na qizning, na yigitning biror hunari bor. Ertaroq turmush qurishibdi-da?, degan savolimizga xonadon bekasi quyidagicha javob berdi: Shunday bolib qoldi-da. Orzu-havas deganlaridek. Uyimizni sotib, toy qildik. Qolimizda kuch, belimizda quvvat borligida farzimizni bajarishni istadik...

Men esa ozimga savol beraman: nega farzandingiz oqishini, biror kasb yoki hunar egasi bolishini havas qilmadingiz? Uning hayotda oz orniga ega bolishi hamma narsadan, ayniqsa, hashamatli toy, hali tushunib qadriga yetmagan oilasidan ustunroq emasmidi? Nahot shu qadar mudroqmiz?..

Manaviy uygonmasak, gaflatda qolaveramiz. Toy bizning manaviyatimizdan darak beradi. Ertani oylamasak, korpaga qarab oyoq uzatmasak, hech kim bolmay otaveramiz. Kimdandir andoza olib, kimozarga dasturxon yozish oxir-oqibatda qarzga botiradi, oilani ogir ahvolga soladi. Katta dangillama toy baxtga kafolat bolganini kim koribdi?.. 70 yilga yetadigan seplar bilan oilada kim qadr topibdi?.. 7 emas, 70 mahallaga dovrugi yetadigan toy qilib, 40 qozon osh damlab, tarqatgan kishi yaxshi odam boladi, degan qoida hech qayerda yozilmagan va unga hech kim rahmat aytmaydi.

Katta toy qilib hech kim obro topmagan. Lekin farzand tarbiyasiga etibor qaratib, uni komil inson etib tarbiyalagan ota-ona hamisha olqishga sazovor bolgan. El koriga yaraydigan, aqlli, bilimli farzand tarbiyalagan ota-onaga hamma havas qilgan, hamma rahmat aytgan.

Uyimizda, konglimizda har kuni toy bolishi uchun farzandimiz tarbiyasiga etibor qarataylik. Axir komil farzandga ota-ona bolishdan ortiq ham baxt bormi? Hech kimdan kam bolmaylik, bir umr gururlanib yuraylik, desak, katta toy qilish emas, yaxshi farzand tarbiyalashimiz kerak.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: