O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.09.2012

OzLiDeP AMALIY BAHS YURITISHGA QIYNALAYOTGANGA OXSHAYDI

KO‘PPARTIYaVIYLIK TIZIMINI RIVOJLANTIRISh MAMLAKATDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh, KUChLI FUQAROLIK JAMIYaTINI BARPO ETISh, IJTIMOIY-IQTISODIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASh, ENG MUHIMI, AHOLI KENG QATLAMI FAOLLIGINI OShIRIShNING MUHIM OMILIDIR.

OzLiDeP nashri «XXI asr» gazetasining 2012 yil 23 avgust sonida e’lon qilingan Modernizatsiya jarayoni va siyosiy partiyalar sarlavhali maqolada bildirilgan fikrlar ustida chuqurroq oylansa, ular haqiqatdan uzoqligi oydinlashadi. Aslida liberallar quyidagi davoni birinchi marta ilgari surayotgani yoq:

Agar OzXDP faoliyatiga doir yangilik va axborotlar tahlil etilsa, aynan mazkur partiya elektorati bilan bogliq masalalar muhokama qilingan malumotlar deyarli uchramayotganiga guvoh bolamiz. Partiya nashri tahlamlarida esa asosan bolajak tadbirkorlarga bank sertifikatlari tarqatilayotgani-yu, ularni qollab-quvvatlashga qaratilgan etibor aks ettirilayotganini korish mumkin. Lekin partiya dasturida qayd etilgan koplab muammoli masalalar negadir etibordan chetda qolmoqda.

Ammo OzXDP mahalliy tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishilsa, bu gap asossiz ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Birgina OzXDPning 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturi ijrosi boyicha qator amaliy ishlar qilindi.

Otgan yilning ozida elektorat manfaati bilan bogliq 49 ta masala tuman, shahar va viloyat Kengashlaridagi deputatlik guruhi yigilishlarida muhokama etilgan bolsa, 23 ta masala doimiy komissiyalarda korib chiqilib, kamchiliklarni bartaraf etish boyicha tegishli choralar belgilandi. Mahalliy Kengashning umumiy muhokamasiga qoyilishi zarur deb topilgan 20 ta muhim masala sessiyalarga olib chiqildi.

Natijada aholini ish bilan taminlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisligi boyicha ishga joylashtirish, pensiya va nafaqa tayinlash, ijtimoiy himoya qilish, ichki bozorni ozimizda ishlab chiqarilgan arzon va eksportbop mahsulotlar bilan toldirish, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish bilan bogliq muammolarni hal etish boyicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

OzLiDeP dasturida esa xususiy mulkchilik yetakchi orin tutgan kop qirrali iqtisodiyotni shakllantirish partiyaning iqtisodiyotni liberallashtirish sohasidagi ustuvor vazifasi sifatida qayd etilgan. Partiya davlatda yirik mulkdorlar qatlamining mavjudligi jamiyatda barqarorlik va farovonlikni taminlashga xizmat qiladi, deb bilishi belgilab qoyilgan.

Unga kora, bu partiya tadbirkorlar erkinligini taminlash uchun iqtisodiy, tashkiliy, xuquqiy sharoit va kafolatlar yaratish, mazkur qatlam faoliyatini har tomonlama ragbatlantirish, xojalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy mustaqil bolishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud tosiqlarning bartaraf etilishiga erishish uchun kurashadi.

Shundan kelib chiqib, OzLiDeP oz dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish va ishlab chiqarishni kengaytirish boyicha qator vazifalarni qayd etgan. Masalan, mamlakat iqtisodiyotining tez orada modernizatsiyalashuvini hamda sifat jihatdan yangilanishini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar va ilgor texnologiyalar jalb qilinishini har tomonlama qollab-quvvatlash, sarmoyalar oqimini taminlovchi, ularning oqilona taqsimoti va foydalanilishini amalga oshiruvchi samarali iqtisodiy tizim yaratilishiga komaklashishi alohida belgilab qoyilgan.

Bunda sarmoyalarni jalb etish siyosati yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalari rivojiga bevosita tasir korsatuvchi loyihalarni moliyalashtirish, davlatning eksport salohiyatini mustahkamlash, ichki bozorni aholi uchun arzon, mahalliy, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar bilan toldirish kabi yonalishlar qamrab olinishini etirof etadi.

Liberallar oz goyasiga asosan shu vazifalarni qayd etadi-yu, lekin rivojlanishning ozbek modeliga asos bolgan besh tamoyilning biri kuchli ijtimoiy siyosat yuritish ekanini yoddan chiqaradi. Bu orinda kishini oylantiradigan jihat shuki, xosh, yirik mulkdorlar qatlamini shakllantirish jarayoniga aholining kam taminlangan qismi qanday moslashadi?..

Mablagi yoq, ishlab chiqarishni yolga qoyish uchun daromadi yetarli bolmagan kishi qanday qilib yirik mulkdorga aylanadi? Buning uchun dastlab kishilarda boshlangich sarmoyani shakllantirish, ularning kichik bolsa-da, oz ishini boshlashi, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish lozim.

Shu bois OzXDP Dasturida xomashyoni toplash va birlamchi ishlov berish boyicha, shuningdek, katta sarmoya talab qilmaydigan kosibchilik, xalq hunarmandchiligi va kasanachilikni rivojlantirish orqali ish orinlarini kopaytirish masalasiga alohida etibor qaratilgan. Bunda avvalo, qishloq xojalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida iqtisodiy konyuktura tebranishlariga tezkorlik bilan munosabat bildiradigan va oz faoliyatini tashkil etish uchun resurslarni kop talab qilmaydigan, mehnat qilishning eng qulay jabhalaridan bolgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga ish orinlarini yaratishni faollashtirish kozda tutilgan. Bu malumoti, malakasi va ishlab chiqarish tajribasi yetarli bolmagan ishga layoqatli aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu orinda yana bir marta liberallar uchun takrorlashga togri keladi. Bank sertifikatlari oz mustaqil ishini boshlamoqchi bolgan elektoratimiz vakillariga oz-ozidan topshirilayotgani yoq. Bu tashabbus otgan yili partiyamiz Markaziy Kengashi tomonidan kotarilib, Markaziy bank rahbariyatiga murojaat qilingan edi. Ular taklifimizni qollab-quvvatlashdi va hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy forumlar tashkil etildi. Joriy yilda esa ana shunday tadbirlar asosan kasanachilikni rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan, ammo mehnatning u yoki bu turi bilan shugullanish imkoniyatiga ega bolgan kishilarning oz bizneslarini yolga qoyishiga komaklashish maqsadida otkazilmoqda. Bularning barchasi OzXDP Dasturi, Saylovoldi dasturi ijrosi bilan bevosita bogliqdir.

OzLiDeP vakillari esa bu haqiqatni kora bilib turib, tan olishni istashmayotgani, masalaga noxolis yondashuvi, yengil-elpi tortishuvlarga moyilliklaridan korinib turibdiki, liberallar amaliy bahs yuritishga qiynalayotganga oxshaydi.

Tolqin TORAXONOV,

Laziza SHEROVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: