O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.03.2018

DAVLAT MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARI XODIMLARINING AYRIM TOIFALARI MEHNATIGA HAQ TOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bogini sifatida maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq tolash va moddiy ragbatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha talim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha talim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018 yil 1 martdan boshlab — mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, oqituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga;

b) 2018 yil 1 sentabrdan boshlab:

tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy malumotli oqituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumtalim maktablari boshlangich sinflari oqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda 30 foizga;

oliy yoki orta maxsus, kasb-hunar pedagogik malumotli tarbiyachining orinbosarlari mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalarini 20 foizga;

maktabgacha talim muassasalari mudirlari mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalarini 10 foizga tabaqalashtirib oshirish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog va Guzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakol, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqorgon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha talim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar tolovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bolgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.

3. 2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha talim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq tolash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat talim muassasalari xodimlari mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish boyicha qoshimcha xarajatlar Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini taminlasin, 2019 yildan boshlab esa Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;

davlat maktabgacha talim muassasalarini moddiy ragbatlantirishning maxsus jamgarmasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq tolash fondining qatiy ravishda 15 foizi miqdorida qoshimcha mablaglar ajratilishini taminlasin.

5. Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi moddiy ragbatlantirishning maxsus jamgarmasi mablaglaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat ornatsin, davlat maktabgacha talim muassasalari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari togrisida»gi 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq ozgartirish kiritilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Q.V.Akmalov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari moliya vaziri J.A.Qochqorov va maktabgacha talim vaziri A.V.Shin zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 28 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: