O'zb  
 
27.02.2018

FARGONADA HUKUMATLARARO KOMISSIYA MAJLISI BOLIB OTDI

Farg‘ona shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boyicha Ozbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi qoshma majlisi bolib otdi. Unda ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, tegishli vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda ozbek va tojik xalqlari ortasida dostlik va hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganini alohida takidladi.

Ozbekiston bilan Tojikiston ortasidagi hamkorlik dostlik, ozaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan. Ikki davlat rahbarlari tomonidan Ozbekiston Tojikiston munosabatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida etibor xalqlarimiz tub manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks masalalarni yaxshilash nuqtai nazaridan qayta korib chiqilmoqda.

Bugungi kunda tovar almashish hajmi osmoqda, iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik miqyosi kengaymoqda. Ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va ishbilarmon doiralari ortasida uzoq muddatli hamkorlik ornatishga xizmat qiladigan sanoat korgazmalari va biznes-forumlar otkazildi va bu ishlar davom etmoqda. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohada ham hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

Ochiq va konstruktiv ruhda otgan muzokarada delegatsiyalar rahbarlari tomonidan Ozbekiston Tojikiston hamkorligiga yuqori baho berildi. Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va azmu shijoati bois oliy va yuqori darajalardagi aloqalar faollashdi, hukumatlararo komissiyalar majlislari otkazildi.

Majlisda Ozbekiston Tojikiston davlat chegarasining ayrim uchastkalariga doir loyihalar korib chiqildi. Qisqa muddat ichida davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

Tomonlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chogida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalarini korib chiqib, oliy darajadagi tadbirlarning tashkiliy jihatlariga etibor qaratdi.

Uchrashuv yakunlari boyicha qoshma protokol imzolandi.

M.SULAYMONOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: