O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.02.2018

SHAVKAT MIRZIYOYEV YURITAYOTGAN SIYOSAT TUFAYLI MINTAQAMIZDA KATTA OZGARISHLAR YUZ BERMOQDA

O‘zbekiston bilan Tojikiston ortasidagi ozaro manfaatli va samarali hamkorlik izchil rivojlanmoqda, barcha darajada, jumladan, chegaraoldi hududlar hamda ishbilarmon doiralar ortasida muloqot faollashgani kuzatilmoqda. Ozaro anglashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik, umumiy tarix, manaviy va madaniy qadriyatlarga asoslangan yaxshi qoshnilik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Tojikiston Respublikasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq IMOMIY shular haqida sozladi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli songgi yillarda nafaqat Ozbekiston, balki butun mintaqamizda katta ozgarishlar yuz bermoqda. Ozbekiston ozining tashqi siyosatida qoshni mamlakatlar bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Natijada mintaqamizga yangi hayot shabbodasi kirib keldi va hukmronlik qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning qoshni mamlakatlar bilan chegara masalalarini hal etayotgani etirofga loyiq. Ozbekiston rahbari eng avvalo qoshni mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlikka alohida etibor qaratmoqda. Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida ham oz ifodasini topgan. Ushbu hujjatda chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, Ozbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoshnilik muhitini mustahkamlash, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish kabi masalalar ustuvor yonalishlar etib belgilandi.

Otgan qisqa vaqtda mintaqa mamlakatlari ortasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida tarixiy qadamlar tashlandi. Bunda Ozbekistonning qoshni Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirayotgani, Afgonistonga alohida etibor qaratayotgani asosiy omil bolmoqda. Ozbekistonda bugungi kunda kechayotgan shiddatli ozgarishlar xalqaro miqyosda yuksak etirof etilmoqda.

Otgan qisqa vaqt davomida Ozbekiston Tojikiston munosabatlarida ham chuqur ozgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks masalalarni yaxshilash nuqtai nazaridan qayta korib chiqilmoqda. Toshkent va Dushanbe ortasida aviaqatnovlar tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning majlislari otkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish boyicha hukumatlararo delegatsiyalar ishchi guruhlarining uchrashuvlari bolib otdi. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohadagi qoshma tadbirlar ham jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

Shu kunlarda mamlakatlarimiz juda katta siyosiy voqea arafasida turibdi. Men buni tarixiy voqea deb atagan bolardim. Yaqin kunlarda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi amalga oshiriladi. Ikki tomon qizgin tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Tojikistonda tashrifga oid tashkiliy masalalarga alohida etibor qaratilmoqda. Bu masala shaxsan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon nazoratiga olingan.

Davlat tashrifi davomida onlab muhim hujjatlar imzolanishi kozda tutilgan. Shu sababli ham tayyorgarlik ishlarining qamrovi juda kengligini takidlashni istardim.

Bir narsani ochiq aytaman, Ozbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi ikki xalq ortasidagi qadim-qadimdan davom etib kelayotgan dostlik munosabatlarida yangi sahifa ochadi. Ozbek bilan tojik ikki tilda sozlashuvchi bir xalq. Bizni ozaro ajratuvchi jihatlar yoq, xalqlarimizni bir-biridan ayro tasavvur etib bolmaydi. Ularning tafakkuri, turmush tarzi, etiqodi va qarashlari ham mushtarak.

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi pogonaga olib chiqadi, albatta. Imzolanadigan hujjatlar xalqlarimiz dostligini mustahkamlash, ozaro bordi-keldini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Viza rejimini soddalashtirishga intilishlar ham shundan dalolat bermoqda.

Ikki mamlakat fuqarolarining bemalol bordi-keldisini yolga qoyish maqsadida yangi transport yonalishlarini ochish ham rejalashtirilmoqda. Mavjud kommunikatsiya imkoniyatlaridan emin-erkin foydalanish uchun qoldan kelgan barcha ishlar amalga oshiriladi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi savdo aylanmasi songgi bir yilda 80 foiz oshdi. Bu otgan yillarga solishtirganda juda katta yutuqdir. Yaqin ikki yil mobaynida mamlakatlarimiz ortasidagi savdo hajmini 500 million dollarga yetkazish kozda tutilmoqda. Oylaymanki, bu chegara emas.

Ozbekiston ham, Tojikiston ham iqtisodiy sohada katta yutuqlarni qolga kiritmoqda. Ozbekistonda elchilik faoliyatimni boshlaganimdan keyingi davrda mamlakatingiz erishayotgan katta-katta yutuqlarga guvoh boldim. Iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatlarni oz kozim bilan kormoqdaman. Ozbekiston mahsulotlari jahon bozorini zabt etmoqda. Tojikistonda ham shunday imkoniyatlar bor. Ishonch bilan ayta olamanki, mamlakatlarimiz ortasidagi savdo aylanmasi yaqin kelajakda yuqori korsatkichlarga erishadi.

Otgan yili Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari, Dushanbeda Ozbekiston madaniyati kunlari otkazildi. Hech bir mubolagasiz aytish kerakki, bu tadbirlar xalqlarimizning dostlik bayramiga aylanib ketdi. Anjumanlarda ikki xalq bir-birining milliy musiqa sanatini yuksak qadrlashi yana bir bor namoyon boldi. Shaxsan ozim Toshkentdagi Tojikiston madaniyati kunlarida xalqlarimiz bir-birini juda ham soginganiga bevosita guvoh boldim.

Biz, diplomatlar, davlat idoralari rahbarlarining zimmasidagi eng muhim vazifa xalqlarimizning bir-biriga quchoq ochib borishiga, yanada yaqin muloqot qilishiga hissa qoshishdan iborat.

Biz osib kelayotgan yosh avlod ongiga asrlar osha meros bolib kelayotgan ozbek va tojik xalqlari ortasidagi mustahkam dostlik goyalarini singdirishimiz kerak. Bu masalada OAVning roli juda katta. Shu sababli barcha matbuot xodimlariga murojaat qilib, xalqlarimiz ortasidagi azaliy dostlik, yaxshi qoshnilikka alohida etibor qaratishini sorardim.

Tojikiston ommaviy axborot vositalarida dost Ozbekistonda yuz berayotgan olamshumul voqealarga katta etibor qaratilmoqda. Ular dostlik, yaxshi qoshnilik ruhida yoritilmoqda. Misol sifatida aytadigan bolsam, yaqinda 23 yoshgacha bolgan ozbekistonlik futbolchilar Osiyo chempionatida galaba qozondi. Tojikistondagi ikkita telekanal bu musobaqani togridan-togri efirga uzatdi. Tojik xalqi Ozbekistonning, ozbek xalqining shodligini birgalikda baham kordi. Tojikiston markaziy telekanallarida Dushanbedagi Ozbekiston madaniyati kunlari va Toshkentda otkazilgan Tojikiston madaniyati kunlari tadbirlari tez-tez namoyish etilib turibdi.

Sharofiddin TOLAGANOV

yozib oldi. OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: