O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
22.02.2018

TUSHUMNI KIM NAZORAT QILADI?..

Bozorlarda tekshirish o‘tkazilgan kunlarda tushum keskin oshadi, boshqa kunlari keskin pasayadi. Nega?

Tajribada kop korganmiz bozorlarda tekshirish otkazilgan kunlarda tushum keskin oshadi, boshqa kunlari esa keskin pasayadi. Nega?

Tahririyatimizga kelayotgan xatlar orasida taklif va e’tiroflar, ariza va shikoyatlar ham, muammolar yuzasidan maslahat soraganlari ham uchraydi. Bazan esa nimadandir norozi bolgan fuqarolar togri tahririyatimizga yordam sorab kelishadi.

Samarqand viloyati Nurobod tumani «Jom» qishlogidan kelgan Gulom Nishonov bir dasta qogozni stol ustiga qoyib, shunday dedi:

— Haqiqatni yuzaga chiqarsangizlar... Menga boshqa narsa kerak emas...

Undan nima gapligini soradik.

Men 2015 yil 2 dekabrda Nurobod dehqon bozori MChJning Jom mol bozori filialiga pattachi vazifasiga ishga qabul qilinib, besh oy ishladim. Ish davrimda kamchiliklarga yol qoymadim, imkon darajasida bozorda qulaylik yaratishga harakat qildim. Hamma gap shundaki, bozorda mendan avval pattachi bolib ishlagan Jamshid Osarov Nurobod dehqon bozori MChJning sobiq direktori tomonidan oz ishiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, mehnat intizomini buzganligi hamda uning aybi bilan davlat soliq inspeksiyasi tomonidan MChJga jarima qollanilganligi sababli ishdan boshatilgan. Bundan norozi bolgan Jamshid Osarov MChJning ustidan fuqarolik ishlari boyicha Pastdargom tuman sudiga davo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud 2016 yil 22 aprelda uni Jom mol bozori pattachisi vazifasiga ishga tiklash togrisida qaror chiqargan...

Xosh, nimadan norozisiz, savol berdik Gulom Nishonovga.

Jamshid Osarovning mol bozorida pattachi bolib ishlashga haqqi yoq. Negaki, u patta pulini toliq topshirmasdan chontagiga uradi, dedi u. Soliqchilar tushum boyicha monitoring otkazishganida, Jamshid Osarovning kamchiliklarini topishdi, taqdimnomalar kiritilgan. Natijasi esa yoq. Togri, Samarqand viloyat hokimiga otgan yil 5 aprelda yozgan arizamdan song Jamshid Osarov yana vazifasidan ozod qilindi. Ammo u otdan tushgan bolsa-da, egardan tushmagan, shu kunlarda ham mol bozorida patta pullarini yigib yuribdi. Ishonmasangiz borib koring...

Togrisi, bozorlar togrisida har xil gaplar quloqqa chalinib turadi, bazan ishonarli, bazan ishonchsiz. Masalan, bozorlarda, xususan, mol bozorlarida tushum pullarini toliq topshirmay, soliq tolashdan qochish hollari borligini kop eshitganmiz.

Shikoyat xatida keltirilgan vajlar nechogli asosli yoki asossiz ekanligini organishga qaror qildik. Samarqand shahridan 60 km. uzoqlikda joylashgan Nurobod dehqon bozori MChJ Jom filiali mol bozoriga erta tongda yetib keldik. Atrofga qaraymiz. Mol bozori darvozasi yonida turgan ikki kishi keluvchilar bilan hisob-kitob qilyapti. Necha bosh qoy-qozi yoki qoramol kiryapti, sanab pulini olishyapti. Yarim soatlik kuzatishdan keyin mol bozori darvozasi yonida turgan yigitlardan soradik.

Jamshid kerak edi.

Nima edi?

Mol olmoqchi edik, bir tanishim Jamshid degan yigit arzonroq mol olishda yordam beradi, degandi.

Menman, deya ozini tanishtirdi toladan kelgan yigit. Bopti, akalarga aytamiz. Oting.

U shunday deya qoli bilan mol bozori ichkarisiga ishora qildi.

Jamshid Osarov ishdan boshatilgan bolsa-da, hamon patta puli yigish bilan shugullanib yurgan ekan-da?! Kim unga bunday huquq bergan?

Mol bozoridan bir hatlab yonidagi bozorga otdik. Bu yerda oziq-ovqat, qishloq xojaligi mahsulotlari savdosi uchun deyarli sharoit yoq. Yerda otirib savdo qilayotgan sotuvchilar ham, xaridorlar ham bu holatga konikkanga oxshaydi. Bozordagi kongilni xira qiladigan manzarani tomosha qilib, odamlar bilan tanishamiz, suhbatlashamiz.

Jom qishlogida yashayman, ozini tanishtirdi Uchqun Boratov. Mol bozorga uch bosh qozi olib keldim. Jamshid degan yigitga 38 ming som pul sanab berdim. Molimni sotganimdan keyin bildimki, chekda 25 ming som yozilgan ekan. U bitta mendan emas, boshqalardan ham 10 ming somdan 15 ming somgacha qoshimcha haq oladi. Aslida bu mablaglar davlat gaznasiga kirim qilinishi kerak. Jamshidning noqonuniy ishiga chek qoyadigan odam topilmayapti. Mol bozori pattachisi vazifasiga halol, xalqqa qayishadigan odamni qoyish kerak...

Jomdan shunday taassurotlar bilan Samarqandga qaytdik.

Samarqand viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi Tohir Mamadaliyev bilan uchrashib, shikoyatdagi vajlarga munosabatini bilmoqchi boldik.

Gulom Nishonov faqat ozining interesini oylaydi. Undaylarni javobgarlikka tortish kerak. Yozganlariga umuman qoshilmayman, dedi rais.

Jamshid Osarov haqidagi gaplarga nima deysiz?

U allaqachon boshatilgan. Yozaveradi-da. Mana, yaqinda Toyloqdan ham shunga oxshaganlar yozgan ekan. Tasdiqlanmadi. Kechirim sorashdi.

Kuni kecha Gulom Nishonovning shikoyatini organish maqsadida Jom mol bozorida boldik. Siz boshatilgan degan Jamshid Osarov patta pulini yigayotganligini kordim. U bilan suhbatlashdim, deya uyushma raisi va orinbosari oldiga suratlarni qoydim.

Bolsa bordir, dedi Tohir Mamadaliyev. Sizga aytsam, shu shikoyatchi ozining ishi bilan shugullansin. Fermer xojaligi bor, litsenziyasiz taksislik qiladi...

Ajabo...

Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan Nurobod dehqon bozori MChJ va uning filiallaridagi qonunbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish togrisida Nurobod tuman hokimi, Samarqand viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi hamda Nurobod dehqon bozori MChJ raisiga taqdimnomalar kiritilgan.

Xususan, Jom dehqon bozori va Jom mol bozori filiallari faoliyati yuzasidan soliqchilar tomonidan qisqa muddatli tekshirishlar otkazilib, bozor nazoratchilari sotuvchilardan bir martalik yigimlarni undirib, nazorat-kassa mashinasida chek bermaganliklari va boshqa bir qator xato-kamchiliklar aniqlangan. Uning natijalariga kora, jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli mamuriy jazo choralari va jamiyatga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qollanilgan.

Jumladan, Jom mol bozori filialida otkazilgan qisqa muddatli tekshirishlarda bozor nazoratchisi Jamshid Osarov bozorga kelgan sotuvchilardan bir martalik yigim summasini nazorat-kassa mashinasidan chek bermasdan yigib olayotganligi takroran aniqlangan.

Otkazilgan nazorat tadbirlari natijalari shuni korsatganki, mazkur bozorlarda xronometraj va tekshirish otkazilgan kunlar bir martalik yigimdan tushgan tushumlar keskin kopayib, nazorat tadbirlari otkazilmagan kunlar esa keskin kamayib ketishi kuzatilgan. Bu holat bozor nazoratchilari tomonidan bir martalik yigimdan tushgan mablaglar toliq kirim qilinmasdan, ozlashtirilayotganidan dalolat beradi.

Bozor va unga qarashli barcha filiallar hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmagan, asfaltlanmagan, elektr energiyasi bilan taminlanmagan, yoritkichlar ornatilmagan va tegishli infrastruktura ishlari shakllantirilmagan. Ayrim filiallarda savdo rastalari mavjud emasligi sababli fuqarolar yerda va belgilanmagan joylarda savdo qilishmoqda.

Shikoyat xatida korsatilgan vajlarni organib qaytganimizdan keyin oradan olti oy otdi. Biz bozordagi vaziyat yaxshi tomonga ozgarsa kerak, degan fikrda maqolani chop etishga shoshilmagan edik. Masullar Jom mol bozorida tartib ornatib, Jamshid Osarovning patta yigishiga chek qoyishar, deya oylagandik. Yaqinda yana Jomda bolib, bozorga kirdik. Mol bozoriga kiraverishda Jamshid Osarov sherigi bilan patta pulini olayotganiga guvoh boldik... Bu holni qanday tushunish mumkin?

Viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi Tohir Mamadaliyev esa ishlayotgan bolsa, nima qilibdi, degan kayfiyatda yuribdi. Ehtimol, bozordagi tartib-intizom, davlat xazinasiga pul tushumi ahvoli ham uni qiziqtirmasa kerak. Aks holda, masalaga munosabati boshqacharoq bolardi...

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

TAHRIRIYATDAN:

Ushbu maqoladagi masala bir qarashda mayda mavzuga oxshab tuyuladi. Kichik bir bozordagi patta tushumini muammo qilib kotarish shartmidi, deb oylaydiganlar topiladi.

Birinchidan, fuqarolar shikoyat qilgani uchun masalani organishimiz kerak edi. Ikkinchidan, sir emas kopgina bozorlardagi tushumlarning aksariyat qismi kassaga emas, kimlarningdir chontagiga tushayotgani odatiy holga aylanib qolganini bilamiz. Togrisi, nazorat qiluvchilar ham, jamoatchilik ham bunga konikib qolgandekmiz.

Oylab koraylik, respublikamizda qancha katta-kichik bozorlar bor, kundalik tushumlarning qanchasi uyoqqa, qanchasi buyoqqa ketyapti? Ushbu maqolani yoritishdan maqsad bozorlardagi tartib-intizomga yana bir bor etibor qaratish, kamchiliklar ustida oylab korishga masullarni, jamoatchilikni davat etish. Ehtimol, bozorlarni tartibga solishning yangi innovatsion usullari haqida oylab korish kerakdir. Ehtimol, haftaning har yakshanbasini Bozorlar kuni deb elon qilish va shu kuni tegishli idoralar mutasaddilari jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda bozorlarni aylanishi, tartib-intizomdan koz-quloq bolishini yolga qoyish kerakdir. Oshanda tushumlarni qiyoslab korish imkoniyati yaratiladi, kamchiliklarga malum darajada barham beriladi, xaridorlar manfaati himoya qilingan boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: