O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.02.2018

OZ UYIDAN HAYDALGAN OILA

uch yildan ko‘proq vaqt mobaynida uyga egalik huquqini tiklash uchun kurashib kelmoqda

U olti oy davomida tortinchi marta tahririyatimizga keldi. «Yana yordam sorab keldim», dedi horgin kayfiyatda. Keyin 200 varaqcha keladigan qogozlarni stolga qoydi. Bu gal suhbatimiz ikki soatcha davom etdi...

Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu bolgan voqea. Uzoq otmishda emas, bundan uch yilcha ilgari Andijon tumanida roy bergan voqea.

Odiljon Ahmedov Andijon tumani Oq yor QFY Qoshariq mahallasida yashaydi. 2012 yilda uning hovlisi yonidan otgan katta yol chetida namunaviy loyihalar asosida uylar quriladigan boladi. U ukasi va onasi bilan birga yashab kelgan 51-uy(hovli joy)ning yol tomondagi katta qismini buzishga togri keladi. Andijon viloyat hokimligi bilan kelishuvga kora, hovli joyning buzilgan qismi ornida quriladigan yangi uy O.Ahmedovga berilishi aytiladi. Ozaro kelishuvning asosiy shartlaridan biri shu edi.

Xullas, otameros uy ikki qismga bolinadi, yol yuzida namunali loyiha asosida yangi uy quriladi. 2012 yil 20 iyul kuni Qishloq qurilish bank Andijon hududiy filiali bilan O.Ahmedov ortasida 62 million 920 ming som (15 yil muddatga) ipoteka krediti berish togrisida 1/273-sonli shartnoma tuziladi. O.Ahmedovlar oilasi yangi uy (11-uy)ga kochib otib, yashay boshlaydi.

2013 yilning ikkinchi yarmi va 2014 yilda uning oilasida roy bergan vaqtinchalik muammolar sababli kredit boyicha belgilangan tolovlarni jami olti oycha amalga oshirolmay qoladi. U keyingi oylarda qarzdorlikni ham qoplab, tolovni davom ettirishni oylagandi. Biroq bu qarzdorlik uchun yashab kelgan uyidan ajralib qolishi xayoliga ham kelmagandi.

Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filiali bilan ipoteka krediti boyicha tuzilgan shartnomaga kora, qarz oluvchi (O.Ahmedov) tolov majburiyatlarini bajarmagan holda, ya’ni tolov muddatlari on ikki oy mobaynida 3 martadan kop buzilganda, qarzni undirishni ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish nazarda tutilgan. Shunga asosan fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudiga kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, undiruvni javobgarning ipoteka krediti evaziga qurilgan uy-joyga va boshqa mol-mulklariga qaratish haqidagi davo arizasi kiritiladi.

Sud ushbu davoni 2014 yil 6 iyun kuni korib chiqadi. Unda O.Ahmedov shartnoma talablarini bajarmagani, 2014 yil 1 mart holatiga kora, asosiy kredit qarzi va kreditga hisoblangan foizdan, etibor bering, jami 6 million 708 ming 316 som muddati otgan qarzdorlik yuzaga kelgani qayd etiladi. Sud ishni muhokama qilib, Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filiali va O.Ahmedov ortasida 15 yil muddatga tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish, O.Ahmedovdan jami 66 million 632 ming 648 som qarzni undirish, undiruvni esa javobgarning mol-mulkiga qaratish haqida qaror qabul qiladi.

Sudning bu qarori sud ijrochilari Andijon tuman bolimi tomonidan ijro etilishi kerak edi. (Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi tegishli farmoni bilan Sud departamentining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish togrisidagi qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga otkazilgan).

Qonunga muvofiq, qarzdorlikni undirish mol-mulkka qaratilganda, mol-mulk xatlanadi, qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish (sotish) esa shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish xatlangan kundan boshlab ikki oy ichida uni sotish yoli bilan amalga oshirilishi belgilangan. Agar mulk kim oshdi savdosida sotilmasa, arzonlashtirilgan holda qayta savdoga qoyilishi, shunda ham sotilmagan taqdirda mulk qarzni undiruvchiga qaytarilishi lozim.

Yani, qonun talablariga asosan O.Ahmedovning uyi sud ijrochilari Andijon tuman bolimi tomonidan kim oshdi savdosiga qoyilishi zarur edi.

Fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 2014 yil 6 iyundagi qarorini ijro etish boyicha sud ijrochilari Andijon tuman bolimi 2016 yil 15 sentabrda (ikki yildan koproq vaqt otgandan keyin) qaror chiqaradi. Ushbu qarorda uy kim oshdi savdosiga qoyilgani, lekin sotilmagani, shuning uchun Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filialiga topshirilishi qayd etiladi.

Masalaning hayratlanadigan tomoni shundaki, bu voqealardan O.Ahmedov bexabar bolgan. U uyidan ayrilgani, uy bank tomonidan boshqa shaxs — Andijon yollardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Ergashev Ozodbekka sotib yuborilgani, shuning uchun uyni boshatib qoyishi kerakligi, bu haqda fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudi qaror chiqargani togrisida 2017 yil iyul oyida xabar topadi. Bu haqda unga sud ijrochilari chaqirib malum qiladi.

O.Ahmedov sudning uydan kochirish haqidagi qaroridan norozi bolib, Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati beradi. Mazkur sudning 2017 yil 11 iyuldagi ajrimi bilan bu shikoyat qanoatlantirilmaydi. O.Ahmedov oz advokati orqali 2017 yil 27 iyul kuni bankdan 11-uyga oid malumotlarni olganida, otameros hovli-joy ornida qurilgan yangi uydan, uy uchun tolangan 68 million som puldan mahrum bolganini biladi.

Shundan keyin O.Ahmedov uy qachon kim oshdi savdosiga qoyilganini bilishga urinadi. Sud ijrochilari bu haqdagi malumotlarni taqdim etmagandan song, advokat orqali Kochmas mulk savdo MChJ hududiy filialiga sorov xati yuboriladi. Ushbu tashkilotdan 2017 yil 8 avgust kuni olingan javob xatida Ahmedov Odiljon Saidali ogliga tegishli bolgan uy-joyni kim oshdi savdosida sotish boyicha sud ijrochilari tomonidan buyurtma tushmagani, bu uy savdoga qoyilmagani malum qilinadi. Demak, sud ijrochilari Andijon tuman bolimining uy kim oshdi savdosida sotilmagani uchun Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filialiga topshirilsin, degan qarori shubhali bolib chiqadi.

Shunga asosan O.Ahmedov turmush ortogi Z.Saidova bilan birga sud ijrochilari Andijon tuman bolimining sotilmagan kochmas mulkni undiruvchiga topshirish va davlat royxatidan otkazish togrisidagi (2016 yil 15 sentabr) qarorini gayriqonuniy deb topish togrisida Izboskan tuman mamuriy sudiga shikoyat qiladi. Mazkur sud ishni 2017 yil 7 sentabr kuni korib chiqib, shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi.

Nachora, endi Fargona viloyat mamuriy sudiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilinadi. 2017 yil 15 noyabr kuni apellyatsiya instansiyasining ochiq sud majlisida bu ish Fargona viloyat sudining sudyasi O.Polatov raisligida atroflicha korib chiqiladi. Ushbu sudda sud ijrochilari Andijon tuman bolimi O.Ahmedovga tegishli bolgan kochmas mulkni undiruvchi, yani Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filialiga topshirish haqida gayriqonuniy qaror qabul qilgani, bu jarayonda qonun talablariga rioya etilmagani qayd qilinadi. Xususan, uy-joyning auksion savdolariga qoyilgan yoki qoyilmagani, kochmas mulkni sotish boyicha kim oshdi savdo tashkilotiga buyurtma berilgan-berilmagani bilan bogliq holatlar aniqlanmagani, ijro ishiga oid malumotlar ish hujjatlariga qoshilmaganiga etibor qaratiladi.

Kochmas mulk savdo xizmati MChJ Andijon viloyat filiali tomonidan 11-uy boyicha buyurtma berilmagani va u auksion savdosiga qoyilmagani haqida malum qilingani, shuningdek, Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filiali hisobotida osha ipoteka krediti boyicha tolovlar O.Ahmedovdan 2015 yilda ham qabul qilingani malum boladi. Qiziq, sud qarorida bank bilan O.Ahmedov ortasidagi shartnoma bekor qilinadi-yu, lekin uy uchun tolovlarni bank qabul qilib keladi.

Shularga asosan Fargona viloyat mamuriy sudi Izboskan tuman sudining (2017 yil 7 sentabrdagi) hal qiluv qarorini bekor qilish, sud ijrochilari Andijon tuman bolimining (2016 yil 15 sentabrdagi) sotilmagan kochmas mulkni undiruvchiga topshirish va davlat royxatidan otkazish togrisidagi qarorini gayriqonuniy deb topish haqidagi apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish boyicha ajrim chiqaradi...

Bu ajrim 2017 yil 15 noyabr kuni chiqarilgan.

Ushbu ajrimga asosan O.Ahmedov fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudiga O.Ergashev bilan Qishloq qurilish bank Andijon mintaqaviy filiali ortasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish boyicha davo arizasi kiritgan. Lekin mazkur davoni korib chiqish sud tomonidan toxtatib qoyilgan...

Xullas, bolib otgan voqea shundan iborat. O.Ahmedov davosi qachon korib chiqilishini kutib, hozirgacha yugurib yuribdi. Bizga ham shu masalada yordam sorab kelgan ekan...

Yana bir galati holat kishini oylantiradi. O.Ahmedovning oilasi 2017 yilning oktabr oyida uyidan chiqarib yuborilgan. Ular qayerga ketdi, deb oylaysiz?.. Ular haliyam shu uyning hovli darvozasidan kirib chiqyapti. Chunki, 11-uy katta yol boyida joylashgan. Eski hovli joyning buzilmay qolgan qismidagi uyga faqat yangi uy darvozasi orqali kirib chiqiladi. Boshqa chorasi yoq: eski hovli(cha)ning har ikki yoni va orqa tomonida qoshnilarning imoratlari joylashgan.

O.Ahmedovning 4 nafar farzandi bor. U bilan birga yashab kelgan ukasi Yuldashev Rustambekning turmush ortogi, 3 nafar farzandi bor, lekin kelin joy yoqligi uchun bolalari bilan hozir ota-onasinikida yashayapti. Bir yoqda opa 3 farzandi bilan sarson. Bitta uy mojarosini deb uch oilaning tinchi buzilgan, halovati yoqolgan. Endi ozimizni ular ornida bir tasavvur qilib koraylik... Uysiz yil, oylar u yoqda tursin, bir kun, bir soatni otkazish amri mahol emasmi?.. Uch oilaning boshida duogoy bolib turgan 75 yashar onaxon tortgan ruhiy azobga izoh shart bolmasa kerak.

Uy bilan bogliq mojarolar kuchayishidan oldin O.Ahmedov qurilish materiallari sotish bilan shugullangan, yaxshimi-yomonmi 10 nafardan ortiq mahalla yoshlarini ish bilan band qilgan ekan. Lekin idorama-idora, sudma-sud yugurishlar asablarini tamom qilgan, natijada ish toxtab qolgan. Buning uvol-savobi, savol-javobi kimning gardaniga tushishi kerak?..

O.Ahmedov tahririyatimizga kelgan (2018 yil 9 fevral) kuni Oliy sud qabulida ham bolgan. Shundan keyin, 12 fevral kuni fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudi O.Ahmedovning davo arizasi boyicha ish yuritishni tiklagan. Voqeaning oxiri nima boladi?.. Oila uch yildan koproq vaqt kurashib, uyga egalik huquqini tiklay oladimi yoki...

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: