O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
22.02.2018

MUAMMOLAR YECHIMINI TOPMOQDA

Parlament a’zolari hamda siyosiy partiya vakillari bilan 2017 yil iyul oyida o‘tkazilgan videoselektor yigilishida xalq deputatlari namunali Kengashlar, xususan, faol deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish lozimligi takidlangan edi.

Masalaning dolzarbligini hisobga olib, gazetamizda «Namunali deputat» ruknini tashkil etdik. Ushbu rukn ostida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan tashabbuskor deputatlar faoliyati, amalga oshirayotgan ishlarini atroflicha yoritishni niyat qildik.

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Mamatqul Turdimurodovni hududda kopchilik yaxshi taniydi, unga ishonadi. Chunki deputat qator muammolarni hal etishda tashabbus korsatib kelmoqda.

Sohil mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 80 yoshni qarshilagan Pirimqul Sherov deputatga mahalladoshlarini oylantirayotgan bir muammo yuzasidan maslahatlashmoqchi ekanini aytdi.

Boyovut shaharchasining ortasidan oqib otgan Janubiy Mirzachol kanali Sirdaryo va Jizzax viloyatlari suv taminotida muhim orin tutadi. Qishloq xojaligining qon tomiriga aylangan kanal Sohil mahallasi hududidan oqib otadi. Undan chiqayotgan sizot suvlari mahalla ahlining yer-mulkiga ziyon yetkazayotgandi. 60 yil ilgari sizot suvlarni qochirish maqsadida qazilgan zovur ayrim tajribasiz rahbarlar korsatmasiga asosan yopiq drenajga aylantirilgandi. Vaqt otishi bilan ular tolib qoldi. Hovlilarga ekilgan mevali daraxtlar, tokzorlar quriy boshladi. Uylarning poli tagidan sizot suv kotarilib, qorli-qirovli kunlarda xonadon devorlari zaxladi, qulab tushgan holatlar ham boldi...

Pirimqul Sherovning mahalla oqsoqollari bilan birga koplab tashkilot rahbarlariga qilgan murojaati zoye ketaverdi. Kop yillar davomida bu muammo bartaraf etilmadi...

Muammoning yechimini topish uchun Pirimqul ota va deputat uzoq maslahat qildi. Ikkovlon birlashib, mahalla ahlining fikr-mulohazalarini organdi. Tuman, viloyat hokimligiga takliflarini berdi.

Tez orada taklif qollab-quvvatlandi. Mutaxassislar jalb qilindi.

Yopiq drenajning malum qismi ochilib, texnika yordamida tozalandi. Sizot suv jilovlandi...

Mahalla ahli ozlari saylagan deputat va partiyamiz faxriysi — nuroniy otaxondan xursand. Odamlar endi yer osti suvi kotarilishidan, uy-devorlar zaxlashi, mevali daraxtlar qurib qolishidan aziyat chekmaydigan boldi...

Deputat bolish, kopning ishonchini oqlash mushkul vazifa ekan. Mahalladoshlarim turli masalalar boyicha doimo menga murojaat etishadi. Otgan yili 10 dan ortiq masala yuzasidan tuman va viloyatdagi turli idoralarning eshigini qoqdik. Mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashdik. Ular imkon qadar komak berishdi. Qator muammolar hal etilishiga erishganimizdan mamnunman...

Bu xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati Xayrulla Shayzoqovning dil sozlari edi.

Har bir deputat, xoh u Qonunchilik palatasi, xoh mahalliy Kengash deputati bolsin, oz saylovchilari bilan doimiy muloqot qilib turishi, ularning oy-tashvishlari bilan qiziqishi, kopga xizmat qilishi kerak. Zero, deputat xalqning eng yaqin odami hisoblanadi. Shuning uchun ham undan katta bilim va tajriba, fidokorlik talab etiladi.

Sardoba tumanidagi Boston mahalla fuqarolar yigini faollaridan biri Saydulla Gofurovdeputat Xayrulla Shayzoqovning tashabbuslari haqida shunday deydi:

Mahallaning ichki yollari ancha yillardan buyon tamirtalab edi. Kop tashkilotlarga murojaat qildik. Ulardan bu yollarni tamirlash ishlari ikki yildan song tuman yillik dasturiga kiritilishini bildik. Xayrulla Shayzoqov tashabbusi va ishtiroki bilan mahallada katta hashar uyushtirildi. Homiylar jalb etildi. Natijada kochalar sozlandi. Bolalarimizning maktabga loy kechib borishlariga chek qoyildi. Mahalladagi qabristonni obodonlashtirishda ham deputatimiz bosh-qosh bolyapti. Baraka topsin.

Ana shunday fidoyilik, faollik va masuliyat bilan ishlagan deputat el-yurt hurmatiga sazovor boladi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Sanjar NAMOZOV,

OzXDP Sardoba tuman kengashi ijrochi kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: