O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.02.2018

KOREYA RESPUBLIKASI VA OZBEKISTON: DIPLOMATIK ALOQALAR ORNATILGANINING 26 YILLIGIGA BAGISHLANDI

Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ortasida diplomatik aloqalar ornatilganiga 26 yil boldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bolib otdi. «Ozbek—koreys dostligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari» mavzusida tashkil etilgan ushbu sessiyada tegishli vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro ekspertlar, diplomatik korpus xodimlari, talabalar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbirda ikki mamlakat ortasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi kundagi holati va kelajakdagi rejalari hamda tarixiy-madaniy aloqalar xususida soz bordi.

Ozbekiston bilan Koreya Respublikasi ortasidagi siyosiy munosabatlar xalqaro maydonda ozaro qollab-quvvatlash ruhida rivojlanib bormoqda, deydiXalqaro pres-klub raisi Sherzodxon Qudratxojayev. Jahon va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar boyicha tomonlarning tutgan pozitsiyalari oxshash yoki bir-biriga juda yaqin. Mamlakatimizda Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida 461 korxona faoliyat korsatmoqda. Ushbu korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va toqimachilik sanoati, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, transport, logistika va turizm sohasida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

Mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari Koreyaning 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda, deydiOzbekiston Koreya dostlik jamiyati raisi, Toshkentdagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxojayev. 2014 yilda Toshkent shahrida Inha universiteti ochilgandan song hamkorlikning yangi qirralari paydo boldi. Ushbu oliy oquv yurti xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlaydigan birinchi chet el universitetidir. Bugungi kunda 1000 nafardan ortiq talaba universitetda axborot texnologiyalari, muhandislik va logistika sohalarida oqitilmoqda.

Kop sonli koreys millati diasporasi ikki mamlakat va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, dostona munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deydiVazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi bolim mudiri Baxtiyor Karimov.Mazkur diaspora MDHdagi eng kop sonli diaspora bolib, soni boyicha dunyoda tortinchi orinda turadi. Koreya diasporasining 283 nafar vakili yuksak davlat mukofotlari va unvonlar bilan taqdirlangan bolib, jamiyatimizda katta obroga ega.

Tadbir songida Ozbekiston koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasi mutasaddilari, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: