O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.02.2018

ERKIN INSON MOJIZA YARATADI

«Agar odamni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qo‘ymasak, biz xato qilaveramiz...»

Keyingi bir-ikki yil ichida Ozbekistonda, qishlogu mahallalarimizda roy bergan eng katta ozgarish nima deb sorasangiz, odamlar boshini kotarib yashashni organa boshladi mazmunidagi javoblarni ham eshitasiz.

Ulkan-ulkan konlaru korxonalarimiz, bir chop suqsak, gul unadigan tuprogimiz, bepoyon dalalarimiz borligi haq gap. Lekin eng katta boyligimiz shu yurtda yashayotgan odamlar, ularning ishtiyoqi, yaratuvchanlik salohiyati bilan bogliq. Bu cheksiz xazina xuddi mojizaga oxshaydi, hech qachon tugamaydi. Uni uvol qilishga esa hech kimning haqqi yoq.

Hozirgi dunyoda muvaffaqiyat kim tomonda?.. Inson salohiyatiga, erkinligiga, taklif-tashabbuslariga, innovatsiyaga yol ochilgan mamlakatlar tomonda. Zamonning oltin qoidasi shunday: inson omilini eng balandga olib chiqmagan davlat faqat yutqazadi.

Davlat organlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari aholi bilan yuzma-yuz muloqot qila boshlagandan beri nafaqat murojaatlar, balki takliflar, erkin fikrlar ham kopaya boshladi. Kocha-koydagi gurunglarga e’tibor bergan kishi ham buni darrov sezadi.

2018 yil uchun moljallab qabul qilingan Davlat dasturida belgilangan vazifalar haqida bildirilayotgan fikr-mulohazalar mahalla-koyda, toy-tomoshalarda, oila davrasidagi suhbatlarda qizigandan qiziyapti.

Munosabat turlicha, fikrlar xilma-xil, ularning orasida asoslilari ham bor, asossizlar ham... gap bu haqda emas. Asosiy gap odamlar fikrini erkin bildira boshlaganida, rozgorining, bola-chaqasining tashvishidan ortib, qonun haqida, huquq haqida, davlat miqyosidagi ishlar va dasturlar haqida oylayotganida, shunchaki oylayotgani emas, qiziqib munosabat bildirayotganida.

Yolgondan toliqqan odamni bir narsaga ishontirish, ayniqsa, nohaq qamalishlar, tergovda urib, mayib qilishlar, aldab yoki bolmasa majburlab aybni boyniga qoyishlarga qarshi kurashiladi, sudda advokatning gapi, toplagan dalillari ham hisobga olinadi, xullas... endi qonun ustuvor boladi, degan gaplarni tushuntirish juda ogir ish. Erkin yashashga, faol bolishga undash yana on marta, yuz marta ogirroq masala.

Bu yilgi Davlat dasturining muhim jihatlaridan biri jamoatchilik fikri, mulohazalari, takliflari hisobga olinganida boldi, deb aytishga asoslar yetarli. Islohotlar shu tarzda qatiyat bilan davom ettirilsa, yaqin yillarda odamlar butunlay ozgaradi. Befarqlik, beparvolik degan dardlarga davo topishning hayotda sinalgan eng maqbul usuli erkin fikr bildirishga sharoit yaratilishidir.

Qachon xato kamroq boladi?.. Shu jarayonda xalqning ozi bevosita, salgina bolsa ham, munosabatini bildirsa, takliflarini bersa, xato kamroq boladi. Shunga biz harakat qilayapmiz.

Odamlarni gapirtirishga orgatishimiz kerak, odamlarni sal erkin yashashga orgatishimiz kerak, odamlar bilan hisoblashishga majbur qilishimiz kerak.

Agar odamni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qoymasak, biz xato qilaveramiz...

Shu tomondan qaraganda, Davlat dasturida odamlarni erkin yashashga undaydigan yangiliklar talaygina ekani yaqqol korinadi. Bular birinchi navbatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash masalalari bilan chambarchas boglangan.

Sudlarning haqiqiy mustaqilligini taminlamasdan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga demokratiya nuqtai nazaridan nima mumkinligiyu nima mumkin emasligini aniq va qatiy belgilab qoymasdan, fuqarolar ustuvor huquqlarini amalga oshirishi uchun real sharoit yaratmasdan, odamlarni erkin yashashga orgatish, ulardan faollikni kutish mumkin emas. Insonning huquqi hamma narsadan aziz va mukarram ekanini aytish boshqayu buni amalda royobga chiqarish, shunga yol ochib berish butunlay boshqa masala ekan. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini yaxshilashga qayta-qayta murojaat qilinayotgani bejiz emas. Tizimdagi islohotlar balanddan pastga tushishi uchun hali kop kurashish kerak boladi. Chunki demokratik ozgarishlarga xushlamayroq qarab turganlar, eski egardan tushishni istamay yurganlar, kochaga chiqqanida odamlar yelka qisib, iymanibroq qarashini xohlovchilar, shu haqda oylab, kechalari uxlolmay chiqayotganlar ham yoq emas. Ular ortga endi yol yoqligini, u kopriklar allaqachon yonib, kul bolganini tushunishi, tushunishku mayli, tan olishi juda mushkul. Lekin Davlat dasturi bilan yaqindan tanishgan kishi odamlarni erkin yashashga orgatish yolida qatiyat bilan ish boshlanganini, bu vaqtinchalik kampaniya emasligini anglashi aniq.

Dasturda surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish vazifasi qoyilgan. Shu munosabat bilan ishlab chiqiladigan qonun loyihasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon sozlashuvlarini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga otkazish nazarda tutiladi.

Boshqa bir qonun loyihasida protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan korsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanishga yol qoyilmasligi belgilanadi.

Shularga muvofiq ravishda fuqarolarni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni otash jarayonida qiynoqqa solganlik yoki boshqacha tarzdagi insonning qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etishga komaklashgan boshqa shaxslarni ham jinoyat subektlari qatoriga kiritish kozda tutildi.

Insonning shaxsiy hayoti hech kim daxl qilishga haqli bolmagan oziga xos olam, muqaddas hududdir. Uning chegarasini kesib otish uchun jiddiy sabablar kerak. Etiborsizlik bilan qoyilgan birgina qaltis qadam bu olamda hamma narsani barbod qilishi mumkin. Bu nozik masalaning bitta shaxs izmida qoldirilishi togri emasligini hammamiz yaxshi anglab turibmiz.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga, tergovga qatnab yurgan odamlarning, qandaydir qorquv ogusini ichib qoyganday, kongli chokib yurganini korganlarimiz bor. Bu shunday qorquvki, aybdorlik, pushaymonlik hissiga oxshamaydi. Ayrim tergov qiluvchi xodimlar huquqni, qonunni unchalik tushunmaydigan soddaroq kishilarni aylanma savollar, ming bir xil nagmalar bilan ne koylarga solmagan, deysiz. Tergov payti eshikni mahkam yopib, ozini bir insonning taqdiri, hayotini changalida ushlab turgan devday his qiladigan, soroq muvaffaqiyatli otishi uchun har qanday oyinlardan tap tortmaydiganlar, keyinchalik buni professionalizm deb keriladiganlar yoq, deb oylaysizmi?.. Bunday tergovdan chiqqan odamning ishonchi chilparchin boladi, ruhi sinadi.

Shuning uchun bugun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati qonun qachon va qayerda, kim tomonidan buzilishini kutib otirish emas, profilaktika qilish, tushuntirish nuqtai nazaridan tubdan isloh etilyapti. Fuqarolar qonun avvalo, jazolash vositasi emas, huquq va manfaatlar kafolati ekaniga amin bolyapti. Bu esa inson ozini emin-erkin his qilishiga yol ochib bermoqda.

Ozi umuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan hadiksirash, imkon qadar ulardan uzoqroq yurishga intilish eski tuzumdan qolgan, haligacha toliq tuzatilmagan mudhish kasallikka oxshaydi, jiddiy muolajalar otkazmasdan uni davolash mushkul. Odamlar aslida huquqni, erkinlikni himoya qilishi kerak bolgan masullardan qorqishi hayot mantigiga butunlay teskari holat.

Demokratiyaga, taraqqiyotga intilgan davlatda bir odamning ishonchi sondirilishi, ruhi sindirilishi ham ogir hodisa, deb qabul qilinadi. Nimaga shunday?.. Birgina odam nohaq qamalib qolsa, osmon uzilib tushadimi?.. Undan ham yomon boladi. Adolatsiz tergov va sud yana qanchadan-qancha odamlarning konglini choktiradi, yoshlarni qorqoq, juratsiz qilib qoyadi. Jamiyatda, yon-atrofimizda ruhi bukilgan, qorqoq odamlarning kopayishi davlat uchun, xalqu millat uchun dahshatli fojiaga aylanadi. Bunga yol qoyib berish kulfat keltiradi. Shuning uchun surishtiruv, tergov, sud jarayonlari jirkanch oyinlardan xoli bolishiga intilish, insonga ozini himoya qilish imkoniyatini kafolatlash tarixiy islohot, deb baholanadi.

Davlat dasturida doimiy va vaqtincha royxatga qoyish (hisobga olish) tartibining soddalashtirilishi belgilangani, shubhasiz, inson erkinligi bilan bogliq eng katta innovatsiyalardan biri boldi. Buning ahamiyatini tushunish uchun kozlangan maqsadga nazar tashlashning ozi yetarli: fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini taminlash. Etibor qarating, yanada mustahkamlash emas, aynan taminlash.

Shu niyatda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan. Loyihalarda pasport olish, talim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bogliq cheklovlarni bartaraf qilish rejalashtirilgan.

Erkinlik eng yuksak tuygudir, shuning uchun erkinlik haqidagi yolgon eng mudhish yolgon hisoblanadi, deb yozgan edi Frans Kafka.

Inson erkinligi muqaddas, ayni paytda yaxlit tushuncha. U yarimta yoki chala bolishi mumkin emas. Inson tugilar ekan, uning erkinligi ham dunyoga keladi. Erkinlik yashash huquqidan boshlanadi. Bu huquqni odam bolasiga Yaratgan ato etgan.

Endi ozingiz qarang, birgina propiska masalasida oldimizda qancha tosiqlarni olib tashlash vazifasi turibdi:

voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun mamuriy javobgarlikni bekor qilish; mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining mamuriy javobgarligini bekor qilish; mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik royxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bolmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini korgan holda ikkilamchi bozordan kochmas mulk sotib olishga bolgan cheklovlarni bekor qilish; ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi boyicha hisobga turmasdan) bolish muddatini uzaytirish; vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boyicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun mamuriy jazo choralarini yengillashtirish, yashashga yol qoyganligi uchun javobgarlikni bekor qilish.

Oxirgi sozlarni yana bir qayta oqib koring... yashashga yol qoyganligi uchun javobgarlik... Bu sozlar juda gayritabiiy eshitiladi. Bu nima degani?.. Uyingga mehmon kelib, 4-5 kun turib qolsa, javob berishing kerak edi, deganimi?.. Mehmondost, bagrikeng, ulug ota-bobolarimiz bunday holatga qanday munosabat bildirardi?..

Odam bolasi falon joyda yashayman, falon sohada ishlayman, falon joyda baxtimni topaman, degan rejalar bilan dunyoga kelmaydi. Rizqi-nasibasi qoshilgan joyga taqdiri azalning ozi boshlab boradi. Nasib qilmasa, inson bir joyda bir kun ham yashay olmaydi...

Dunyo yuksak taraqqiyot sari intilib yashayotgan zamonda har xil bahonalar bilan insonni, uning huquqlari va erkinligini cheklagan davlat xalqini dunyoning koz-ongida xijolatga qoyadi, ozini ham uyatga qoldiradi. Odamni eng katta qadriyat qilib yuqoriga qoyish niyatida belgilab olingan ezgu vazifalar Ozbekiston hech qachon bunday davlatlar qatorida turishni istamasligini anglatadi. Bu eng muhim va jiddiy innovatsiyadir, u yillar otgani sari yangidan-yangi mojizalar yaratadi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: