O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.02.2018

KASB-HUNAR TALIMI: INNOVATSION RIVOJLANISH YOLIDA

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasiga innovatsion g‘oyalarni targib etmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada bir qator amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilayotir. Ozbekiston talim tizimi yangi taraqqiyot yoliga qadam qoydi. Prezidentimiz raisligida 2017 yilning ozida talim sohasiga bagishlab 4 marta yigilish otkazildi. Ularda talim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish zarurati asoslab berildi, yangi istiqbolli yonalishlar boyicha vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy orta, orta maxsus va kasb-hunar talimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni bu borada muhim hujjat boldi. Ushbu farmon mazmun-mohiyati haqida Ozbekiston Respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirining birinchi orinbosari, Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi direktori Murodullo XOLMUHAMMEDOV OzA muxbiriga quyidagilarni sozlab berdi:

— Mamlakatimizda ota-onalar va oquvchilarning xohish-istaklari asosida 11 yillik majburiy umumiy orta talim tizimi joriy etildi. Bu tashabbus keng jamoatchilik tomonidan ham qollab-quvvatlandi. Navbatdagi yana bir goyat muhim masala orta maxsus va kasb-hunar talimi tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tizimga yangi innovatsion goyalar joriy etish edi. Bu masala Prezidentimizning Umumiy orta, orta maxsus va kasb-hunar talimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni asosida oz yechimini topmoqda. Togri, mazkur tizimda yutuqlarimiz bor, shu bilan birga, kamchiliklar ham kozga tashlanib qolgan edi. Bular nimalarda namoyon boladi?

Ayrim kollejlar aholi yashash joylaridan uzoqda bolib, bu kop hollarda oquvchilarning mashgulotlarga qatnashmasligiga sabab bolayotgandi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik bazasi talab darajasida emas, darslik va oquv qollanmalari ham yetishmasdi. Kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi muammolari hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojidan ortda qolayotganida kozga tashlandi.

Malumki, shu paytga qadar kasb-hunar kollejlarida barcha kasblar 3 yil mobaynida oqitib kelingan.

Endilikda kollejlar vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga biriktirilishi belgilab qoyildi.

Ozbekistondagi kasb-hunar kollejlarining kelajakdagi qiyofasi haqida gapirishdan avval bir paytlar iqtisodiyoti u qadar rivojlanmagan mamlakatdan qisqa vaqt ichida yuqori texnologiyalar mamlakatiga aylangan, ushbu sohada katta sakrashni amalga oshirgan Janubiy Koreya, Finlyandiya va Singapur davlatlari talim siyosatini esga olish orinli. Bu mamlakatlar bunday yutuqqa oz talim tizimiga togri ozgartishlar kiritgani, tizimda togri siyosat olib borgani uchun erisha oldi. Oqituvchilikka istedodli kadrlarni jalb qilish maqsadida ularning maoshi va obrosini keskin oshirgan edi.

Talim borasida eng ilgor xorijiy tajribalarni organib, amaliyotda qollashni rejalashtirgan Ozbekiston ham mana shunday tezkor rivojlanish yolini tanlamoqda.

Har bir tayyorlov yonalishi boyicha rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqiladi, milliy kvalifikatsion ramkalar belgilanadi va kasbga oid standartlar joriy etiladi. Professional standart manosi shuki, deylik, bitta ish orni ishchidan qanday malaka va konikma talab qiladi, ushbu holat organilib, shu asosda modulli oquv rejalari paydo boladi. Talim jarayoni esa doimiy ravishda takomillashtirib boriladi. Bundan maqsad kasb-hunar talimi tizimini iqtisodiyot rivojlanishining muhim komponentiga aylantirish. Yani yuqori malakali ishchi, kasb egalari, iqtisodiyotning orta bogini mutaxassislari tayyorlanadi.

Ayni paytda kollejlar faqat 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilgan bolsa, endilikda bunday standartlardan voz kechilmoqda. Misol uchun, fuqaro oz kasbini ozgartirishni niyat qildi. Deylik, u ozi yashaydigan hududda yangi qurilgan toqimachilik fabrikasiga ishga kirish uchun kasb-hunar organmoqchi. Biroq, bunday niyatda bolganlarga keskin yoq javobi berilgan. Sogligi togri kelmagani sababli boshqa kasbni egallamoqchi bolgan fuqarolar ham xuddi shunday muammoga duch kelgan.

Endilikda esa kollejlarda nafaqat maktab bitiruvchilari, bunga qadar ham orta maxsus malumot olgan, oliy malumotga ega bolgan, ishsiz qolish xavfi ostida qolgan ixtiyoriy yoshdagi fuqarolar ham tahsil olishlari mumkin boladi.

Hozirgacha kollejlar faqat kunduzgi talim shakliga ega edi. Kelgusida kollejlarda kunduzgidan tashqari sirtqi, masofaviy va uygunlashtirilgan talim yonalishlari yolga qoyiladi.

Shuningdek, oqish muddati 3 yil va majburiy bolgan bolsa, endi kasblarning murakkabligidan kelib chiqib, 6 oydan 2 yilgacha muddatda ixtiyoriy etib belgilandi. Yani ehtiyoj boldimi, kelib oqish imkoniyati yaratildi.

Yuqori texnologik tayyorgarlik talab qiladigan 6 oydan 1 yilgacha bolgan kasbiy talim dasturlari buyurtmachi ish beruvchi korxonalar, idora va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. Buyurtmachisi bolmagan shaxslar ozlarining shaxsiy jamgarmalari hisobidan tolovni amalga oshirishi mumkin. 1,5 2 yillik mutaxassislikni egallash boyicha orta maxsus orta bogin talim dasturlari oliy talimga muqobillik asosida bir qismi grant, bir qismi kontrakt hisobidan amalga oshiriladi.

Iqtisodiy jihatdan barqaror vazirlik, idora va korporatsiyalar, yirik ish beruvchilar oz aksiyadorlari, ichki imkoniyatlari doirasida oquvchilar uchun qoshimcha stipendiya va shu kabi qollab-quvvatlashni amalga oshirishi mumkin.

Prezidentimizning yuqorida zikr etilgan farmonida kam taminlangan oilalardan oquvchilar kasb-hunar (kop tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qati nazar, bepul asosda oqitilishi belgilangan. Kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida talim olgan bitiruvchilarni, ularning egallagan kasbi boyicha, hududlarda kamida uch yil ishlab berish uchun ishga yuborish tartibi ornatiladi.

Muxtasar aytganda, kasb-hunar talimi tizimidagi bu ozgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini, barcha sohalarni rivojlantirishning muhim omili bolib xizmat qiladi.

OzA muxbiri

Ulugbek ASROROV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: