O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.02.2018

QOSHMA KOMISSIYA YIGILISHI

Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Ozbekiston — Afgoniston qoshma komissiyasining birinchi yigilishi bolib otdi.

Afgoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Ganining 2017 yil 4-6 dekabr kunlari Ozbekistonga rasmiy tashrifi chogida Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasini tuzish haqida kelishuvga erishilgan edi.

Yigilishda Ozbekiston bilan Afgoniston ortasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish va uyushgan transmilliy jinoyatchilikning boshqa shakllariga barham berish masalalaridagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikni ta’minlash, qoshma taraqqiyot va infratuzilma loyihalari, jumladan, Mozori Sharif Hirot temir yoli hamda Surxon Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi qurilishini amalga oshirish, shuningdek, Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi ishlab chiqarish korxonalari, markazlari, savdo uylari xavfsiz faoliyatini taminlash muhimligi qayd etildi.

Tadbirda Ozbekiston bilan Afgoniston ortasidagi kop qirrali ozaro aloqalarni rivojlantirishning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Tranzit-transport, infratuzilma, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika va boshqa muhim sohalarda qoshma loyihalarni amalga oshirishdagi nafaqat ikki tomonlama, balki kop tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Ikki davlat rahbarlarining 2017 yil dekabr oyidagi uchrashuvi mamlakatlarimiz ortasida faol hamkorlikni yolga qoyish imkonini berdi, dedi Afgoniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boyicha maslahatchisi Hanif Atmar. Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining birinchi yigilishi yakunlari boyicha erishilgan natijalar esa Ozbekiston va Afgoniston ortasida kelgusida strategik loyihalarni ishlab chiqish va xavfsizlikni taminlash boyicha ozaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining ilk yigilishi yakunlari boyicha tegishli protokol imzolandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: