O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
13.02.2018

OMBUDSMAN HISOBOTI MAQULLANDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida Oliy Majlis Inson huquqlari boyicha vakilining (ombudsmanning) 2017 yildagi faoliyati togrisidagi hisoboti tinglandi.

Otgan yili ombudsmanning huquq va vakolatlari yanada kengaytirilib, uning viloyatlardagi faoliyati samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Inson huquqlari boyicha vakilining qonunchilikni takomillashtirishga doir faoliyatida ham sezilarli ozgarishlar kuzatilgan. Xususan, parlament nazorati togrisida, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil, bolalar sogligiga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taminlash togrisidagi qonunlarni takomillashtirish jarayonlarida qator takliflari bilan ishtirok etdi.

Ombudsman yil davomida 144 tumanda sayyor qabullar otkazgan.

Vakil fuqarolar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, jazoni otash joylarida inson huquqlarining taminlanishi, aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamini qollab-quvvatlash yonalishlarida samarali ish yuritayotgani qayd etildi.

Yolgiz keksalar, nogironligi bolgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarni aniqlash boyicha murojaatlar ijtimoiy komakning manzilliligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlar Ozbekiston XDP va uning deputatlik birlashmalari tomonidan mazkur yonalishda qator ishlar amalga oshirilayotganini takidlab, Ombudsmanning mazkur tajribasi partiya dasturiga va faoliyatiga hamohang ekaniga urgu berishdi. Shundan kelib chiqib, endilikda chorak yakuniga qadar tayyorlanishi kozda tutilgan tahlil natijalarini fraksiya orqali Ozbekiston XDPga ham taqdim etish taklifi ortaga tashlandi.

Muhokamalar yakuniga kora, Oliy Majlis Inson huquqlari boyicha vakilining (ombudsmanning) 2017 yildagi faoliyati togrisidagi hisoboti fraksiya azolari tomonidan maqullandi.

Fraksiya yigilishida «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi ham korib chiqildi.

— Ushbu hujjat sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Shuhrat Mamajonov. Fraksiyamiz azolari fikricha, tizimdagi ozgarishlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshiradi.

Huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar ham sodir etilishi mumkin. Jinoyat ishlarini tergov qilish, korib chiqish jarayonida, jumladan, dalillar toplash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik hamda xolislikni taminlashga tosqinlik qiluvchi boshliqlar bor edi. Bu esa fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga salbiy tasir korsatib kelardi. Aholining asosli etirozlariga, huquqni muhofaza qilish organlari hamda sudlarga bolgan ishonchning pasayishiga sabab bolayotgandi. Prezident farmoni asosida tayyorlangan bu qonun loyihasi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, kamchiliklarni bartaraf etishga katta hissa qoshadi, deb hisoblaymiz.

Qonunning qabul qilinishi partiyamiz elektorati manfaatlari ishonchli himoya qilinishi hamda partiya dasturiy maqsadlari yanada samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Yigilishda fraksiya azolari kun tartibidan orin olgan qator qonun loyihalarini ham muhokama qilishdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.