O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.02.2018

DEPUTATLARNING 20GA YAQIN SOROVI

javobsiz qoldirildi. Lekin hech kim ma’muriy javobgarlikka tortilgani yo‘q...

Bugun shiddat bilan ozgarayotgan davr hududiy partiya kengashlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik birlashmalari faoliyatini kuchaytirishni, elektorat manfaatlarini himoya qilish yolida tashabbuskorlikni oshirishni talab etmoqda.

OzXDPning mahalliy tashkilotlari, partiya guruhlari tomonidan Harakat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qator amaliy ishlar olib borilyapti. Ammo bu ishlar hali qoniqarli darajada emas. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida takidlanganidek, hisobotlarga etibor bersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida goyoki ijobiy ozgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.

Xosh, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish uchun nima qilish kerak? Deputatlar oz vakolatlarini amalga oshirishiga nimalar tosiq bolyapti? Bugun mahalliy Kengash deputatlari zimmasida qanday vazifalar turibdi?..

«Deputatga bepisandlik — xalqqa bepisandlik» deb nomlangan yangi rukn ostida ushbu masalalar haqida deputatlar, partiya faollari, mutaxassislar, turli soha vakillarining fikr-mulohazalari, takliflarini berib borish rejalashtirilgan.

Dilshod NORMATOV, Ozbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi bolim mudiri:

Deputatlar fuqarolar murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik sorovi bilan chiqish vakolatiga ega. Ammo ayrim hollarda mansabdor shaxslarning deputatlik soroviga nopisandlik bilan qarash hollari kuzatilyapti. Yoki bazi tashkilotlar rahbarlari murojaatlarga shunchaki umumiy javob berish bilan cheklanadi. Tahliliy, atroflicha tushuntirish yoq. Bu esa saylovchilarning deputatlarga ishonchi susayishiga olib kelmoqda. Deputat uchrashuvlarda aholining murojaatlarini yozib olib, ularga yechim topishga komaklashishga vada beradi. Ayrim rahbarlarning loqaydligi sababli deputat uchrashuv otkazgan hududdagi muammo ochiqligicha qolib ketadi. Deputat keyingi gal uchrashuv otkazganda yechilmay qolgan muammo yana kotariladi, albatta. Shunda deputat odamlarga nima deb javob beradi? Tashkilot haligacha murojaatga javob bergani yoq yoki toliq javob ololmadik, deydimi?..

Mana, masalan, Gallaorol tuman Kengashi deputati Saydulla Roziqulov otgan yilning boshida Jarbuloq qishlogidagi elektr simyogochlarini yangilash boyicha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik sorovi bilan chiqdi. Ammo yil tugadi hamki, tashkilotdan biron bir javob bolmadi.

Otgan yilning iyul oyida tuman Kengashi deputati Shafoat Safarova Korisquduq qishlogidagi ichki yollarni tamirlash masalasida tuman yollardan foydalanish korxonasi rahbariga murojaat bilan chiqqan. Ammo shu vaqtga qadar ushbu deputatlik soroviga ham javob berilmagan.

Bunday misollarni boshqa tumanlardan ham keltirish mumkin. Otgan yili viloyat miqyosida partiyamizdan saylangan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlar va korxonalarga 313 deputatlik sorovi kiritilgan bolsa, ularning 263 tasi hal etildi. Qolganlari nazoratga olingan, 20 ga yaqini umuman javobsiz qoldirilgan.

Togri, qonunda deputatlik sorovi javobsiz qoldirilgan holatlar boyicha mamuriy javobgarlik belgilangan. Ammo bu amalda qollanilayotgani yoq.

Aholini oylantirayotgan masalalarga mutasaddi tashkilotlar etibor bilan qarasa, ular joyida hal etilsa, muammo ildiz otmaydi, aksincha, odamlar hayotidan rozi yashaydi. Rahbar xodimlar deputatlik soroviga masuliyat bilan yondashsa kichik-kichik masalalar kattalashmaydi, deb oylayman.

Xolmamat XOJAQULOV, Surxondaryo viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi:

Mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari elektorat manfaatlarini kozlab, qonunlar, meyoriy hujjatlarning joylardagi ijrosini kozlab, biror soha boyicha yechimini kutayotgan masalani sessiyaga kiritadi. Shu orqali hududlardagi muammolarga mahalliy hokimlik va sohaga aloqador mutasaddi tashkilot rahbarlarining etibori qaratiladi. Kun tartibiga kiritiladigan masala dastlab deputatlar, partiya faollari tomonidan organiladi. Bajarilishi lozim bolgan vazifalar borasida muayyan xulosaga kelinib, tegishli idora tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qoyiladi. Ammo kop hollarda sessiyalarda qabul qilingan qarorlar qogozda qolib ketadi. Sessiya otdimi, otdi, keyingi masalani organish davom etaveradi.

Afsuski, deputatlik guruhlari tomonidan sessiyalar kun tartibiga olib chiqilgan masalalar boyicha qabul qilingan qarorlar ijro etilmay qolib ketish hollari uchrab turibdi. Bunday holatlar bilan mutlaqo kelishib bolmaydi.

Deputatlar sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini muntazam nazorat qilib borishlari kerak. Muammolar yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar oldiga qoyilgan vazifalar bajarilishini monitoring qilish, kerak bolsa, ularga yelkadosh bolib, aholini qiynayotgan masalalarga birgalikda yechim topishlari zarur.

Siyosiy partiyaning asosiy kuchi mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari hisoblanadi. Ular faoliyatini kuchaytirish hududlardagi ijtimoiy masalalarni kompleks organish va hal etish, mansabdor shaxslarning masuliyatini oshirish, hududiy dasturlarning bajarilishi hamda byudjetdan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablaglardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu masalalar aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlami manfaati bilan bevosita bogliq.

Zimmamizda turgan vazifalar kolami va masuliyatini toliq his etib turibmiz. Hayotni chuqur organib, aniq maqsadga yonaltirilgan tashabbuslarni kopaytirishimiz kerak. Oramizda odamlarni bezovta qilayotgan ijtimoiy masalalarni organib, tahlil etib, amaliy takliflar berishga yetarli ahamiyat qaratmayotgan deputatlar ham borligidan koz yuma olmaymiz. Ammo bugun odamlar har birimizdan tashabbus va amaliy ishlar kutyapti. Biz ijtimoiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning samaradorligini oshirish yuzasidan mahalliy Kengashlar darajasida nafaqat qarorlar qabul qilishga, balki uning ijrosi taminlanishiga erishishimiz zarur.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: