O'zb  
 
08.02.2018

XOTIN-QIZLARNI HAR TOMONLAMA QOLLAB-QUVVATLASH DOIMIY ETIBORIMIZ MARKAZIDA BOLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yonalishi sifatida belgilangan.

Otgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq, shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini royobga chiqarish boyicha samarali mexanizm yaratilmagan.

Xotin-qizlar qomitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yigilishlar otkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati ogir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish boyicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda koplab masalalar toplanib qolgan, ularning yechimi boyicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.

Otgan yil jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-qizlar hayotidagi muammolar organildi. 2017 yil jami 5 milliondan ortiq xonadonga kirib borilib, oilalar tomonidan kotarilgan masalalarni hal etish choralari korildi. Jumladan, 22 ming oila ajrashib ketishining oldi olindi, 36 ming xotin-qiz ishga joylashtirildi, 14,5 ming yurtdoshimizga imtiyozli kredit olishda yordam berildi.

Yigilishda takidlanganidek, bu oilalar farovonligini taminlashga qaratilgan muhim ishlarning bir qismi, xolos. Hali bu borada amalga oshirish zarur bolgan qator dolzarb vazifalar turibdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni shu maqsadda qabul qilindi.

Xotin-qizlarga etibor hamma vaqt barcha say-harakatlarimiz markazida bolishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Oilaga etibor aslida bu ozligimizga etibordir.

Yigilishda xotin-qizlar qomitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga komak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha etibor berilmagani takidlandi.

Oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgani tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr kormoqda. Ayollar ortasida jinoyatga qol urish hollari kop uchramoqda.

Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan farmonida shu kabi muammolarni hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qollab-quvvatlash boyicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Respublika, viloyat, shahar va tumanlar xotin-qizlar qomitalari tuzilmasi tubdan takomillashtirildi.

Barcha mahalla fuqarolar yiginlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda manaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bolinmalari tashkil etilib, aniq vazifalari, maqomi belgilab berildi.

Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organi faoliyatini muvofiqlashtirish tuman hokimi orinbosari — xotin-qizlar qomitasi raisi zimmasiga yuklatildi. Bu bilan joylardagi xotin-qizlar masalalari boyicha hokim orinbosarlari hamda Respublika qomitasining imkoniyati va tasiri kuchaytirildi.

Onalar va godaklar olimi qayd etilayotgani, nogiron bolalar tugilayotgani xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini taminlash boyicha ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanini korsatmoqda. Har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan otkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayapti. Shu bois oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida ayollar maslahatxonalari tashkil etilishi belgilandi.

Respublika komissiyasi va 7 ta ishchi guruh tashkil etilib, bu boradagi ishlar ijrosi Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz xotin-qizlarining hayotiy muhim manfaatlarini taminlash, turmush sharoitlarini har tomonlama yaxshilash boyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

Topshiriqlarga muvofiq, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasining barcha boginlaridagi rahbarlar faoliyati tanqidiy organilib, vazifasiga noloyiq kadrlar ozgartiriladi.

Ogir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning manzilli royxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi joriy etiladi.

Oila markazi va Xotin-qizlar qomitasi tomonidan Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda, ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ularni uy-joy bilan taminlashga qaratilgan choralar korish boyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Joylardagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari faoliyati tanqidiy organilib, ularga oz vazifasi mohiyatini tushunadigan, adolatli, oilaviy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan, professional kadrlar tayinlanadi.

Ishlash istagi bolgan xotin-qizlarning manzilli royxatlari shakllantirilib, ularning bandligini taminlash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish boyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Xotin-qizlar ortasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida har bir mahalla kesimida ish olib boriladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, shuningdek, otgan yili maxsus royxatdan chiqarilgan 2 ming 587 nafar diniy oqim azosi bolgan ayollarning hayotda oz ornini topishi, ijtimoiy muammolarini hal etishga alohida etibor qaratiladi.

Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, kam taminlangan oilalarga manzilli tibbiy yordam korsatish, respublika skrining va reproduktiv markazlari xizmatlarini yanada rivojlantirish boyicha ham tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Yigilishda sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Istiqboldagi muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: