O'zb  
 
06.02.2018

MUHIM TARIXIY HUJJAT

Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmonini oqir ekanman, xotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bogliq mavjud hayotiy muammolar shu qadar aniq-tiniq korsatib otilgani, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur amaliy takliflar belgilanganidan, ochigi, goyat xursand boldim. Zero, ushbu hujjat mamlakatimizda xotin-qizlarga korsatilayotgan yuksak e’tibor va gamxorlikning yorqin namunasidir.

Andijon viloyatida kop yillar mazkur sohada faoliyat yuritgan rahbar sifatida ayta olamanki, qarorda uzoq yillardan buyon tizimda mavjud bolgan, soha xodimlarining erkin ish olib borishiga tosqinlik qilayotgan, ularning qolini boglab qoygan va ogriqli nuqtaga aylangan juda kop muammolar oz yechimini topgan. Xususan, qomita vakolatlari, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilgani xotin-qizlar qomitalarining mavjud muammolarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish va kutilgan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farmonga kora, 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yiginlarining diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchisi lavozimi orniga har bir fuqarolar yiginida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bolgan fuqarolar yiginlarida esa 2 tadan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda manaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boyicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi mahallalarda opa-singillarimiz bilan bevosita ish olib borish, joylarda ogir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, jumladan, nogironligi bolgan ayollarni oz vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda tizimli hamda aniq maqsadga yonaltirilgan ish olib borish, manzilli qollab-quvvatlashga qaratilgan ishlar kolami va samaradorligini yanada oshiradi.

Muxtasar aytganda, mazkur farmonni muhim tarixiy hujjat, deyish mumkin. Chunki ushbu hujjat mazmun-mohiyati va ahamiyatiga kora, xotin-qizlar qomitalari faoliyatini samarali tashkil etish, umuman, xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarni yanada yuqori bosqichga kotarish, opa-singillarimizning turmush farovonligini yuksaltirish, baxtli va hayotdan rozi bolib yashashini taminlashda muhim dasturilamal bolib xizmat qiladi.

Manzuraxon EGAMOVA,

Ozbekistonda xizmat korsatgan qishloq xojaligi xodimi, mehnat faxriysi, OzXDP azosi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: