O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.02.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SHARH

Keyingi yillarda respublikada shaharsozlikni takomillashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Zamonaviy ijtimoiy obyektlar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taminlagan holda aholi farovonligi darajasini oshirish, arzon va ayni vaqtda qulay hamda shinam uy-joyga bolgan ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar shaharlar va qishloq aholi punktlarining arxitektura qiyofasida sezilarli ozgarishlar yasamoqda.

Shu bilan birgalikda zamonaviy binolar, inshootlar, kop funksiyali komplekslarni barpo etishgagina emas, balki aholi punktlarida soglom turmush tarzini targib qilishga komaklashuvchi yangi istirohat boglari, xiyobonlar, suv havzalari va sport inshootlari bilan birgalikda rekreatsiya zonalarini barpo etishga va mavjudlarini obodonlashtirishga katta etibor berilmoqda.

Rivojlanishning bosh rejalarini ishlab chiqish jarayoni hududlarni rejali va bosqichma-bosqich qurishning asosi hisoblanadi.

Ushbu omil hisobga olingan holda quyidagi choralar korildi:

birinchidan, maqsadli davlat dasturlariga muvofiq 96 ta shahar va 87 ta shahar posyolkalari uchun bosh rejalar ishlab chiqildi hamda 550 ta qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari uchun hududlarni memoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari tayyorlandi;

ikkinchidan, bosh rejalarni sifatli va oz vaqtida ishlab chiqishni taminlash maqsadida respublika hududlarida qoshimcha ravishda 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda OzshaharsozlikLITI davlat unitar korxonasining 12 ta filiali tashkil etildi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etilgan bosh loyiha tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish choralari belgilandi.

Shu bilan birgalikda shahar va qishloq aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taminlash boyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar tomonidan korilgan choralar yetarli bolmaganligi sababli 23 ta shahar, 994 ta shahar posyolkasi va 922 ta qishloq aholi yashash joylari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga ega emas.

Loyiha tashkilotlarining zamonaviy texnik vositalar, ilgor innovatsion dasturiy mahsulotlar va zarur axborot bazasi bilan yetarlicha taminlanmaganligi loyiha mahsulotining sifati pasayishiga va ishlab chiqish muddatlari chozilishiga olib kelmoqda. Xorijiy tajribani organishda va kadrlarni tayyorlash jarayonida tizim yoqligi ham loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga salbiy tasir korsatmoqda.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, ular bilan aholi punktlarini oz vaqtida qamrab olish uchun shart-sharoitlar yaratishni, loyiha tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirishni, ixtisoslashtirilgan oliy talim muassasalari tomonidan arxitektorlar, quruvchilar va tarmoqning boshqa mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishni taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagi choralar nazarda tutilgan:

birinchi — 2018-2022 yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturlari, 2018-2019 yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi hamda Ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish boyicha kompleks tadbirlar tasdiqlandi;

ikkinchi 2018-2022 yillar davrida 23 ta shahar va 115 ta shahar posyolkasi bosh rejalari hamda Qoraqalpogiston Respublikasi va Jizzax viloyatida 55 ta qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari hududlarini memoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari ishlab chiqilishi belgilandi;

uchinchi shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash va oz vaqtida ishlab chiqish maqsadida ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish boyicha buyurtmachi funksiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalaridan Qoraqalpogiston Respublikasi arxitektura va qurilish qomitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga olib berildi;

tortinchi ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari OzshaharsozlikLITI davlat unitar korxonasi va ToshkentboshplanLITI davlat unitar korxonasi bilan bir qatorda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari loyihaga kora aholi soni 20 ming kishidan kam bolgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb etilmoqda. Shu bilan birgalikda Qishloqqurilishloyiha MChJga qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish bilan birgalikda qoshimcha batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiqish yuklanmoqda;

beshinchi Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasiga, shuningdek, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida tegishli mablaglar ajratilishini nazarda tutib ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga har yili zarur mablaglar ajratilishini taminlash yuklanadi;

oltinchi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga tor doiradagi respublikaning loyiha tashkilotlariga monopol huquq berilishi amaliyotidan voz kechish maqsadida qaror bilan birinchi marta Toshkent shahri, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga xorijiy loyiha-qidiruv tashkilotlarini tanlov asosida jalb etish nazarda tutilmoqda;

yettinchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasiga ikki oy muddatda OzshaharsozlikLITI DUK, ToshkentboshplanLITI DUK va Qishloqqurilishloyiha MChJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tuzilmasiga hududlarni rejalashtirish va qurish boyicha hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ular faoliyatining samaradorligini oshirishni, shuningdek, ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda hajm-rejalashtirish jihatidan loyihalashtirishni nazarda tutuvchi dolzarb ozgartirishlar kiritilishini, shuningdek loyiha-tashkilotlari va shaharsozlik faoliyatining boshqa ishtirokchilari orasida tegishli dolzarb axborotni tezlikda va keng kolamli tarqatish imkonini beruvchi zamonaviy texnik darajadagi axborot-tahliliy baza tashkil etilishini taminlash vazifasi qoyildi;

sakkizinchi ilgor xorijiy tajribani sinchiklab va tizimli organmasdan hech bir sohada ilgor texnologiyalarni joriy etishdan real natijalarga erishib bolmasligini inobatga olgan holda Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga arxitektura sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik ornatishda Ozbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasiga har tomonlama komaklashish topshirildi;

toqqizinchi Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligiga tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda tajriba almashishni va maqsadli tajriba orttirishlarni tashkil etish uchun har yili 1 dekabrgacha yetakchi ixtisosli xorijiy oliy talim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taminlash topshirildi;

oninchi Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligiga talimning yangi talab etilgan yonalishlari boyicha kadrlarga bolgan ehtiyojlardan kelib chiqib, har yili 1 dekabrgacha talimning ushbu yonalishlarini ochish va ular boyicha qabul kvotalarini belgilash uchun Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yagona shakllarga muvofiq aniqlangan ehtiyojlar boyicha asoslangan takliflarni kiritish vazifasi yuklatildi.

Takidlash kerakki, ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish boyicha kompleks tadbirlar shaharsozlik sohasida normativ-huquqiy va normativ-texnik bazani takomillashtirishga yonaltirilgan choralarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlari tasdiqlanishi qisqa muddatda barcha shaharlarni, shahar posyolkalari va qishloq hududlarining bir qismini shaharsozlik hujjatlari bilan taminlash imkonini beradi, bu esa aholi punktlarining qiyofasini yaxshilashga ijobiy tasir korsatadi, kochalarni va boshqa hududlarni tartibsiz va ozboshimchalik bilan qurish holatlarining oldini oladi, yani aholining qulay yashashi darajasini oshirishga komaklashadi.

Aholi hayot faoliyati uchun qulay muhit yaratish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi rivojlangan obod aholi punktlarini barpo etish yangi shaharsozlik siyosati amalga oshirilishining natijasi bolishi kerak.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: