O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.02.2018

PREZIDENT VIRTUAL QABULXONASI DASTURIY TIZIMINING YANGI TALQINI

unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlar taqdim etilmoqda

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini toliq royobga chiqarish yuzasidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisida»gi farmoniga muvofiq murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bolgan Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Prezident Virtual qabulxonasiga otgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdigidir.

Bu, bir tomondan, xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga bolgan ishonchi tobora oshib borayotganidan dalolat bolsa, ikkinchi tomondan, jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish darajasi yuksalib borayotgani, odamlar yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan oz kundalik hayotida togri va maqsadli foydalana olayotganini korsatmoqda.

Albatta, hayot bir joyda toxtab turmaydi. Ayniqsa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi shiddatli davrda kozlangan maqsadlarga erishish yolida ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish aholiga yangi va qoshimcha qulayliklarni yaratish imkonini beradi. Shu manoda, otgan davrda murojaatlar bilan ishlash tizimida toplangan katta tajriba va otkazilgan chuqur tahlillar, fuqarolarimizning bu boradagi fikr-mulohazalari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda Virtual qabulxona dasturiy tizimini yanada takomillashtirish ustida ish olib borildi. Binobarin, 2017 yil 11 sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi qonunida ham murojaatchilar uchun qoshimcha qulayliklar yaratish kozda tutilgan edi.

Shular asosida Prezident Virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqildi va 1 fevral kuni test rejimida ishga tushiriladi. Sayt manzili ozgarmagan — pm.gov.uz. Bunda pm qisqartmasi Prezidentga murojaat tarzida talqin qilinadi.

Murojaat yuborish shakli ham ozgarmagan: murojaatlarni 0-800-210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qongiroq qilish, pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini toldirish orqali yoxud Xalq qabulxonalariga tashrif buyurib yuborish mumkin.

Virtual qabulxonaning takomillashtirilgan talqinida joriy qilingan asosiy yangiliklar esa quyidagilardan iborat.

FUQARO VIRTUAL QABULXONADA OZ SHAXSIY KABINETINI OCHISHI MUMKIN

Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi oz xohishiga kora, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs royxatdan otish jarayonida fuqarolik pasportida korsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bolib, katta qulaylik yaratadi.

Fuqarolarning shaxsiy kabineti modulidan kozlangan maqsad fuqarolarga Virtual qabulxona tizimida ishlashda maksimal qulaylik yaratish, muayyan shaxsning murojaati bilan bogliq barcha yozishmalarni bir joyda jamlashdan iborat.

Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan malumotlarda (ism-familiya, tugilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini ozaro bogliqlikda organishda qiyinchiliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay ozi haqidagi malumotlarni kiritishda xatoga yol qoysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi.

Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining toliq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib izlash kerak edi. Murojaatchi uchun ozining barcha murojaatlari harakatini bir joyda korishning iloji yoq edi. Murojaatchilar esa bir masaladagi turli murojaatlari va ularga yollangan javoblarni, odatda, qogozga chop etilgan holatda saqlaydi. Bularning barchasi murojaatchilar uchun ham, murojaatlar bilan ishlashda ham noqulaylik, ortiqcha vaqt va kuch sarflashni taqozo qilib kelayotgan edi.

Shu paytgacha murojaatchilar yangi murojaat yuborishda personal malumotlarni takroran kiritishi lozim edi. Endi murojaatchi oz shaxsiy kabinetiga kirib, personal malumotlarni bir marta kiritsa, boldi keyingi barcha amallarni bajarishda shu malumotlar tizimga avtomatik yuklanib boraveradi. Murojaat yuborish uchun har safar personal malumotlarni yangidan kiritishga zarurat qolmaydi.

Oz navbatida ariza, shikoyat va takliflarning fuqarolar shaxsiy pasport malumotlari bilan tasdiqlanishi murojaatchilar shaxsini aniqlash ishonchliligini taminlaydi. Shaxsiy kabinet orqali shaxsning davlat organlari bilan bolib otgan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) bir joyda, qulay tartibda jamlanadi va kerakli murojaat javobini izlab topish osonlashadi.

KOP BERILADIGAN SAVOLLARGA BATAFSIL JAVOBLAR

Virtual qabulxonada Kop beriladigan savollar bolimi tashkil etildi. Bundan kozlangan asosiy maqsad murojaatchiga ozini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Tahlillar fuqarolarimiz tomonidan muayyan soha yoki mavzu yuzasidan umumiy xarakterdagi huquqiy axborot va huquqiy maslahat olish uchun ham murojaat yuborish holatlari kop ekanini korsatmoqda. Ular kerakli malumotni olish uchun malum muddat kutishiga togri kelgan, davlat organlari esa ayni bir mazmundagi javob talab qiluvchi kop sonli murojaatlarga alohida javob yuborishga majbur bolayotgan edi.

Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida kop berilgan savollar aniqlab olinib, ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib, maxsus bolimda jamlandi. Bunda uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlash va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transportga oid va huquqiy masalalar, talim, fan va madaniyat, mehnat va aholi bandligi, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa turli masalalariga oid savollarga javoblar mavjud. Kerakli savolga javobni kalit sozlar yordamida izlab topish imkoniyati ham yaratilgan.

Maxsus statistika moduli orqali qaysi savollarning javobi eng kop oqilganini tahlil qilish mumkin. Eng kop tanishib chiqilgan mavzu avtomatik ravishda yuqori pogonaga kotarilib boraveradi.

Yangi bolim murojaatchini qiziqtirgan savol kop beriladigan savollar sirasiga kirsa va uning javobi malum bolsa, uni murojaat yollamasdan ham topish imkonini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

PORTAL ORQALI ONLAYN REJIMIDA HUQUQIY MASLAHAT OLISH MUMKIN

Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bolgan shaklda turli muammo va masalalar boyicha malakali yuridik yordam berilishini taminlovchi Onlayn maslahatchi moduli yaratildi. Bu modul Kop beriladigan savollar bolimi bilan hamohanglikda ishlaydi.

Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari boyicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15 fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi kozda tutilgan.

Yuqorida takidlab otilganidek, murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki malumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi. Fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham Virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat korib chiqilib, javobi murojaatchiga yetib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi.

Onlayn maslahatchi xizmati Virtual qabulxona orqali savol yuborib, onlayn rejimida yuridik malumotga ega bolgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Endilikda u yoki bu masala boyicha huquqiy axborot olish uchun bir necha kun javob xati kelishini kutish zarurati qolmaydi. Bu, oz navbatida, portalda royxatga olinayotgan, faqat huquqiy malumot olish nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarishiga, davlat organlarida boshqa turdagi murojaatlar bilan ishlash sifati oshishiga xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy malumot olishga bolgan ehtiyojlari tezkor ravishda taminlanishiga erishiladi. Onlayn maslahatchi moduli orqali kop beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib, shu asosda Kop beriladigan savollar bolimi toldirib boriladi.

DAVLAT ORGANLARI RAHBARLARIGA PREZIDENT VIRTUAL QABULXONASI ORQALI HAM MUROJAAT YOLLASH MUMKIN

Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari va ularga murojaat yuborish moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barcha davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvallari yagona bazada joylashtirildi. Yani davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir malumotlar qabul kunlari, vaqti, tegishli telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, davlat organining manzili haqidagi malumot bir joyda jamlandi.

Ayrim hollarda jismoniy va yuridik shaxslar ozlarini qiziqtirgan masala uchun qaysi davlat organi masul ekani borasida yetarli bilimga ega bolmaydi. Shu bois mazkur modulda alohida Funksiya va vazifalar bolimi tashkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funksiya va vazifalari togrisidagi malumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Hozir turli bogindagi rahbarlarning virtual qabulxonalariga murojaat yollash shakllari turlicha bolib, ularning rasmiy veb-saytlarida bu haqda elon qilingan. Biroq ularni izlab topishda noqulayliklar mavjud. Shundan kelib chiqib, fuqarolarga portal bazasida oz murojaatlarini bevosita tegishli davlat organlariga yuborish imkoniyatini taqdim etish maqsadida davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonasiga murojaat yollash shakllari bir joyga jamlandi. Etiborli jihati shundaki, bunday yosinda yollangan murojaatlar bilan ishlash jarayoni ham doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

XALQ QABULXONALARI HAQIDAGI BARCHA MALUMOT BILAN PORTAL ORQALI HAM TANISHISH MUMKIN

Xalq qabulxonalari manzillari bolimida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari togrisidagi malumotlarga ega bolish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya malumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi togrisidagi malumotni Ozbekiston interaktiv xaritasi orqali topishi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki suniy yoldoshdan suratga olingan xarita rejimida korsatilgan.

MAHALLANGIZNI KORSATING VA MUAMMOLAR YECHIMIGA HISSA QOSHING

Virtual qabulxonaning yangi talqinida fuqaro murojaat yuborish jarayonida ozi istiqomat qilayotgan mahallani ham korsatib otishi uchun imkoniyat yaratildi. Bu muammoga yechim topish darajasini yanada oshiradi. Shu yol bilan murojaatda kotarilgan muammo muayyan hududdagi qaysi sektorga taalluqli ekani aniqlanadi. Ayni paytda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha sektorlar hududida qanday muammolar mavjud ekanini onlayn tahlil qilish, ularni kompleks hal etish uchun yaqin va orta istiqbolga moljallangan aniq chora-tadbirlar, yol xaritalari ishlab chiqish imkoniyatlari kengayadi.

TAQIB BOLSA, TEZKOR XABAR BERISH MUMKIN

Virtual qabulxonadagi yana bir yangilik murojaatchilarning huquq va erkinliklarini taminlash maqsadida Taqib haqida xabar moduli joriy qilingani boldi. Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli taqibga uchraydigan bolsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda korib chiqiladi.

MUROJAAT VA MASULIYAT

Endi portalda fuqarolar oz murojaatini yuborishdan avval murojaat yuborish qoidalari bilan tanishgani va bu borada qonunda belgilangan masuliyati togrisida xabardor ekanini tasdiqlovchi belgi qoyadi. Bu murojaatchilarning ham masuliyatini oshirishga, murojaat madaniyatini yuksaltirishga turtki beradi.

Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bolgan yoki umuman mavjud bolmagan telefon raqamini korsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi. Har bir murojaatni korib chiqish muayyan vaqt va resurslarni talab qilishini, aniq maqsadsiz murojaat uchun sarflangan vaqtni boshqa asosli ariza yoki shikoyat ustida ishlashga yonaltirgan holda muammoni hal qilish fuqarolar uchun ham, jamiyatimiz uchun ham har tomonlama foydali ekanidan kelib chiqib, yangi tizimda mobil telefon raqamini tasdiqlash mexanizmi joriy etildi.

Bunda murojaatchi maxsus murojaat shakliga oz mobil telefon raqamini kiritadi. Shundan keyin murojaatchining mobil telefoniga bir martalik parol SMS-xabar shaklida yuboriladi. Natijada ham murojaat aniqligi va ishonchliligi ortadi, ham mobil telefon raqami tasdiqlanadi. Bu barcha davlat organlarining virtual qabulxonalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.

Shu paytgacha fuqarolar va tadbirkorlar oz murojaatlari korib chiqilishining joriy holatini istalgan vaqtda bazaga maxsus raqamni kiritish yoli bilan tekshirib korish imkoniyatidan foydalanib kelayotgan edi. Yangi talqindagi tizimda murojaatning qabul qilingani va nazoratdan yechilgani togrisida tasdiqlangan mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuborilishi yolga qoyilmoqda.

YANGILIKLARDAN XABARDOR BOLIB BORING

Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari togrisidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va korib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik malumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.

Bir soz bilan aytganda, Virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot, interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga, fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi darajasi oshishiga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: