O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.01.2018

ISLOM KARIMOV ISTIQLOL ASOSCHISI VA BUNYODKORI

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. Barcha tashkilotlar ma’naviy-marifiy tadbirlar, uchrashuvlar, xotira kechalari otkazmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan tashkil etildi. «Islom Karimov — istiqlol memori» mavzusidagi manaviy-marifiy anjumanda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azolari, Toshkent shahar kengashi faollari va xalq deputatlari Toshkent shahar, tuman Kengashlari deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar Birinchi Prezidentimiz nomidagi ilmiy-marifiy memorial majmuada qad rostlagan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoyib, xalqimizning fidoyi farzandi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Shundan song Toshkent shahridagi Xalqaro savdo markazida anjuman bolib otdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari, Ozbekiston XDP fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonov tadbirni ochar ekan, Islom Karimov ozining Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, Ozbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug maqsadga bagishlaganini takidladi. Zero, mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan beqiyos ozgarishlar, tarixiy yangilanishlar Birinchi Prezidentimiz nomi bilan uzviy bogliqdir.

Sobiq mustabid tuzum davrida milliy qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz, azaliy ananalarimiz ayovsiz toptalgan osha davrlarda mustaqillik, urf-odatlar, diniy qadriyatlarimiz haqida ochiq-oshkora gapirish katta manaviy jasorat edi, dedi partiya rahbari. Mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov xalqimizning tarixiy orzu-umidlarini royobga chiqardi.

Malumki, mustaqillikka erishgan har qanday davlat ozining parlamentini shakllantirishga, shu orqali fuqarolarning ustuvor huquqlarini taminlashga, xalqning siyosiy irodasini royobga chiqarishga alohida etibor qaratadi. Bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda parlament faoliyatini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar tizimida ikki palatali parlamentga otish bilan bogliq ozgarishlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ikki palatali parlamentni tashkil etish goyasi, taklifi Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surildi.

Xususan, 2000 yil 25 may kuni bolib otgan Ikkinchi chaqiriq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida Islom Karimov 2004 yilda bolib otadigan saylovlarda parlamentning ikki palatali qilib tashkil etilishi lozimligini takidlagan edi. Islom Karimov mustaqil Ozbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, butun jahonda ozbek modeli degan nom bilan tan olingan rivojlanish yolini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro-etibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida, xalqimiz qalbida mangu qoladi. U kishi boshlab bergan ezgu ishlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuqori bosqichlarga olib chiqib, munosib davom ettirayotgani, albatta, barchamizni quvontiradi.

Temir SHIRINOV, Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi rahbari, tarix fanlari doktori, professor:

Hammamiz hayajonli kunlardamiz. Ozbek millatining buyuk farzandi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi yurtimiz boylab keng nishonlanmoqda. Birinchi Prezidentimiz togrisida gapirish bir tomondan osondek tuyuladi, chunki u kishining hayoti koz ongimizda otdi, hamma voqealarga guvohmiz. Ikkinchi tomondan esa nihoyatda ogir, chunki ulug zot faoliyati juda serqirra edi. Buni bir shaxs, bitta odam yoritib berishi juda qiyin. Majmua tuzilgandan boshlab xotiralar yiga boshladik. Osha davrning siyosiy masalalarini kotarib chiqib, tarixini tiklash juda ogir kechdi.

Xabaringiz bor, Islom Karimov hayoti, faoliyatini aks ettiruvchi maqolalar tanlovini elon qilgandik. Unga xalqimizning qiziqishi nihoyatda katta boldi. Gazeta va jurnallar, internet saytlarda elon qilingan 870 dan ortiq maqola keldi. Ayni paytda komissiya azolari ularni korib chiqishni yakunlamoqda. Shu jarayonda men ham maqolalarning kopini oqib chiqdim. Ulardan Islom Karimov obrazini yana bir bor ozimga kashf etdim.

U kishining fazilatlari, jasorati haqida kop gapirish mumkin. Osha paytlarda mustaqillikka erishish oson emas edi. 130 yil davomida qancha-qancha avlodlar mustaqillikni orzu qilib, dard-alam, armon bilan otib ketdi. Dahshatli va qudratli imperiya changalidan chiqib, mustaqil bolishimizga ishonish qiyin edi. Mustaqillikka ochiq intilganlar qamalgan, otilgan...

1991 yil 31 avgustda Islom Karimov barchamiz orzu qilgan mustaqillik sozini baralla ayta oldi.

Islom Karimov mard, haqiqatparvar inson edi. Esdaliklarda keltirilishicha, Islom Karimov Qashqadaryoda viloyat partiya qomitasining birinchi sekretari bolib ishlayotgan paytda Talimarjon GESi qurilayotgan ekan. Qurilishga sement yetmay qolibdi. Yuqoridan vazirlik vakili kelib, sementni xalqqa ajratilgan limitdan oling, debdi. Shunda Islom Karimov mashinani shartta toxtatib, vazirlik vakilini bir hovliga boshlab kiribdi-da, uy devorini tirnab, vakilga korsatibdi. Bu yerda sement yoqligini, odamlar uyini paxsa devordan qurishini aytibdi. Menga haqiqiy sement bering, debdi. Xijolat tortgan vakil sement ajratadigan bolibdi.

U kishining serqirra faoliyatidan birgina misol keltirdim, xolos. Islom Karimov ulug va buyuk shaxs sifatida hammamizning xotiramizda qoldi. Tarixiy shaxslarning vafotidan keyingi taqdiri batamom har xil. Sovet davlatining tarix kitoblarida buyuk ajdodimiz Amir Temur koproq bosqinchi sifatida tilga olingan. Uning tarixdagi ornini adolatli tiklashga Islom Karimov masul boldi. Aynan Amir Temurga oxshagan daholikka ega bolgan shaxsgina uning shaxsini yuksakka kotara oldi. Mening nazarimda, Islom Karimovning keyingi tarixiy taqdirini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev orniga qoydi, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish boyicha qarorni elon qildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Albatta, Birinchi Prezidentimiz xotirasini hammamiz yuragimizda abadiy saqlaymiz.

Safar OSTONOV, Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri, Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist:

Dunyo juda kop davlat rahbarlarini, prezidentlarni korgan. Ular orasidan kamdan-kamlarigina oz xalqining chinakam mehriga sazovor bolgan, Vatani taqdirida, tarixida buyuk ozgarishlar qila olgan. Islom Karimov yurtni qaramlikdan qutqargan, mustaqillikni mustahkamlab, dunyo hamjamiyatida Ozbekistonning munosib orin olishini taminlagan ulug Prezident edi. U dono Prezident edi, gururi baland, jasoratli, qatiyatli Yurtboshi edi. Oz xalqini, Vatanini jonidan yaxshi koradigan Prezident edi.

Islom Karimov respublikaga rahbar bolib kelgan davrni bir eslaylik, Ozbekistonda ahvol qanday edi? Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar qalashib yotgandi. Shoro davlati Ozbekistonda yana bir ogir jinoyatni sodir etgandi. 1983-1989 yillarda Ozbekistonda sobiq markaz tomonidan otkazilgan qatagon oqibatida xojaliklar, tuman, viloyat, hatto respublika rahbarlarigacha qamoqqa tashlangan, iqtisodiyotimiz, ayniqsa, qishloq xojaligi tamoman izdan chiqqan edi.

Ozbekistonda tartib ornatish bahonasida sobiq markaz yurtimizga desant tashlagan edi. Sobiq ittifoqning turli olkalaridan oz ishxonasiga unchalik kerak bolmagan, chalasavod kishilar yurtimizga kelib, barcha sohalarda rahbarlik lavozimlarini egallab, ozlarining adolatsiz siyosatlarini yurgiza boshlashdi. Ming-minglab odamlar qamoqqa tashlangan, soroqqa tortilgan, ular ortidan yana minglab oila azolari sarson-sargardon bolib yurgan, ishdan, hayotdan kongli sovigan, ogir, murakkab, sarosimali bir davrda Islom Karimov respublikaga rahbar bolib kelgan edi.

Ozbekistonning yangi rahbari oz faoliyatini xalqimizning huquqini, qadrini, shanini himoya etishdan boshladi. Islom Karimov topshirigi bilan paxta ishi, ozbek ishi degan bohtonlar bilan ochilgan jinoiy ishlarni qayta korib chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya minglab ishlarni qayta korib chiqib, shunday yuridik xulosaga keldi: Har yili sobiq markazdan turib paxta planini noreal oshirishlar, bajarish mumkin bolmagan planlarni talab etib, tazyiqlar otkazish oqibatida qoshib yozishlarga majbur bolingan, qamoqda yotganlar bundan manfaat kormagan.

Shuning uchun asossiz qamoqxonalarda yotganlar birin-ketin oqlana boshlandi. Bundan xabar topgan SSSR bosh prokurori, SSSR Oliy sudi raisi Ozbekiston rahbariyatiga paxta ishi komissiyasi faoliyati darhol toxtatilsin, bolmasa, chora koramiz, sizlar jinoyatchilarni oqlayapsizlar, degan mazmunda popisali xat yolladi. Komissiya azolari sarosimaga tushib qolishadi. Har xil takliflar boladi. Oxiri xat Islom Karimovga olib kiriladi. Hamma hayajonda. Minglab odamlarning taqdiri uning bir ogiz gapiga bogliq edi. Islom Karimov xatni xotirjam oqib chiqqach, ustiga Arxivga deb yozib, komissiya oz ishini davom ettirishiga korsatma beradi. Natijada minglab odamlar oqlanib, oilasi bagriga qaytadi. Hozirgacha bu ulug jasoratni hamyurtlarimiz minnatdorlik bilan xotirlashadi.

Birinchi Prezidentimiz xalqimiz huquqlarini himoya etish, minglab odamlarning taqdirini asrab qolish boyicha qilgan tarixiy jasoratlaridan birgina misol keltirdik, xolos. Uning xalqimiz uchun, yurtimiz uchun qilgan ishlarini sanab adogiga yetib bolmaydi. Islom Karimov dono, gururi baland, jasoratli, oz Vatani va xalqidan jonini ham ayamaydigan Prezident edi. Ul ulug zot hammamizning xotiramizda ana shunday Prezident bolib qoladi.

Muxlisa RAHMATOVA, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, Irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi:

Biz, hammamiz baxtli insonlarmiz. Negaki, uyimizda, oilamizda, yurtimizda tinchlik hukmron. Yurtimizdagi har bir insonga shu baxtni inom qilgan Birinchi Prezidentimiz boladi, albatta. 2016 yil 21 martda Navroz bayrami tantanasida u kishini uzoqdan bolsa ham korib, mamnun bolib turgandim. Bizni qol berib tabriklaganlarida esa yuzidagi nur, gayratni korib, faxrlangandim. Osha paytda menga ham qandaydir kuch otganday boldi. Hayotda faqat orzu bilan emas, maqsad bilan yashash haqida oylay boshladim. Birinchi Prezidentimiz biz, yoshlarga qarata aytgan ogitlari hech qachon yodimdan chiqmaydi.

Otgan yili OzXDPning Yosh siyosatchi korik-tanlovi Toshkent shahar bosqichida sovrinli orinni egalladim. Tafakkur sinovlari korik-tanlovining respublika bosqichida faxrli oringa munosib topildim. Har bir yutugimiz, erishgan marralarimiz mamlakatimizda bizga berilayotgan etibor, gamxorlik tufaylidir. Biz baxtli yoshlarmiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bizga nisbatan bildirayotgan ishonchi kuchimizga kuch qoshmoqda, yangi marralarga ruhlantirmoqda. Bu ishonchni oqlashga albatta harakat qilamiz.

Anjumanda, shuningdek, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi konsultanti Mixail Yelshov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar partiya kengashi faollari xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan Islom Karimov qalblarimizda abadiy qolishi va kelajak avlodlar xotirasida mustaqillik, tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi sifatida mangu yashashini aytib otishdi.

Ozbekiston mustaqilligining asoschisi nomli hujjatli film namoyishi hammani yana bir bor hayajonga soldi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: