O'zb  
 
30.01.2018

XALQIMIZNI QUVONTIRGAN, GURURLANTIRGAN GALABA!

2018 yil 27 yanvar, Xitoy Xalq Respublikasi. O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Yoshlar terma jamoamiz Osiyodagi 54 mamlakat ichida tengsiz ekanligini namoyon etdi. Osiyo chempioni degan yuksak unvonga, e’tirofga sazovor boldi. Bu yuksak galaba mamlakatimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish boyicha qilinayotgan ulkan ishlarning bir natijasi, albatta. Biz butun xalqimizni ushbu ulkan galaba bilan tabriklaymiz!

Xitoyda 9-27 yanvar kunlari 23 yoshgacha bolgan futbolchilar ortasida otkazilgan Osiyo chempionatida Ozbekiston yoshlar terma jamoasi oltin medalni qolga kiritdi, Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor boldi. Mard va jasur oglonlarimizni, qahramonlarimizni 28 yanvar kuni tungi soat 23:50 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida butun mamlakatimizdan kelgan minglab futbol muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.

Goliblarni korishga, bagriga bosishga intilgan odamlarning quvonchi cheksiz edi. «Ozbekiston» mehmonxonasida golib sportchilarimiz sharafiga bagishlangan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, muxlislar, sportchilarning ota-onalari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Prezidentimizning golib sportchilarimizga yollagan tabrigini oqib eshittirdi. Terma jamoamiz azolariga Prezidentimiz sovgasi – Malibu avtomobillari topshirildi.

OSIYO CHEMPIONATIDA FUTBOLIMIZNING YANGI TARIXI YARATILDI

— Biz musobaqa finaligacha beshta oyin otkazdik. Har bir bahs oziga yarasha qiyin kechdi, deydi Ozbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov. Ayniqsa, musobaqaning guruh bosqichidagi maglubiyat ogir ruhiy zarba boldi. Bunday vaziyatni albatta kuchli jamoa yengib otishi mumkin. Biz ham buning uddasidan chiqdik. Har qanday oyin, u galaba yoki maglubiyat bolsa ham oziga yarasha saboqdir. Ammo ortda qolgan oyinlarni unutib, finalda galaba qozonish orqali barchani xursand qilishni istagan edik. Jamoa bu uchrashuvga tayyor edi. Biz faqat galaba haqida oylagandik. Havo harorati sovuq bolib, qor yogib oyin dramatik ruhda davom etdi. Birinchi bolimdan song stadiondagi qor tozalangunga qadar bir soat tanaffus boldi. Bu vaqtda futbolchilarni ishtiyoqi sonmasligi uchun ish olib bordik.

Mazkur Osiyo chempionatida yigitlarimiz golib bolib, futbolimizning yangi tarixini yaratishdi. Bu yigitlar terma jamoamiz kelajagi hisoblanadi. Musobaqadagi galabaga nafaqat oyinchilarni mahorati, balki, bir jamoa bolganligimiz, ichki muhit, ruhiy holat yaxshiligi orqali erishdik.

Vetnam terma jamoasi chempionatda ajoyib oyin korsatdi. Saralash musobaqalarida kuchli jamoalarni yengdi. Biz raqibni organib chiqdik va finalda shunga monand oynadik. Vetnamlik futbolchilarni hurmat qilamiz, ularni ajoyib kelajak kutmoqda. Ushbu terma jamoadan kuchli futbolchilar yetishib chiqadi.

Bizning jamoadagi futbolchilarning kopi Yangi Zelandiyadagi U-20 jahon chempionatida qatnashgan, shuning uchun ularda tajriba bor edi. Biz futbolchilarimizni golib bola olishimizga ishontira bildik. Mazkur jamoa tarkibidagi oyinchilarning 50 foizi yoshlar. Ular uchun bu yutuq, bu oyinlar katta tajriba maktabi bolib xizmat qiladi. Keyingi yanada nufuzli oyinlarda ular ozlarini korsatishlariga ishonaman.

Finalda galaba qozonishning ozi bolmaydi, deydi Osiyo chempioni terma jamoamiz sardori Zabixillo Orinboyev. Galaba yolini qadam-ba qadam bosib otdik. Noqulay ob-havo ham bizning yolimizni tosolmas edi. Biz hammasiga tayyor edik. Chempion bolganimizdan song bizni birinchi bolib Prezidentimiz tabrikladi. Bu etibordan, bu ishonchdan, bu gamxorlikdan boshimiz osmonga yetdi. Biz galabamizni Prezidentimizga, xalqimizga bagishlaymiz.

Osiyo chempionatiga ketishdan oldin musobaqa kubogini olib kelamiz, deb vada bergan edik, deydi Osiyo chempioni Javohir Siddiqov. Ushbu vadamizni ustidan chiqqanimizdan juda ham xursandmiz. Biz chempionat davomida chiroyli oyinlarimiz bilan muxlislar qalbidan joy olganimizni qalban sezib turdik. Yurtdoshlarimiz bizni qancha qollab-quvvatlashsa, biz ham bor kuchimiz bilan yanada yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

Oyin qiyin kechdi. Raqibimiz ham faqat galaba qozonishni istar edi, deydi Osiyo chempioni Andrey Sidorov. Ammo biz topni koproq egallab turdik va bir qancha golli vaziyatlar yaratdik. Shuning uchun ham Ozbekiston galabaga haqli edi. Togrisi, maydonga tushaman, deb oylamagan edim. Ozi shundoq ham galaba qozonishimizga ishonardim. Chunki oyinda biz ustunlikka ega edik. Gol urgan paytimdagi holatimni tushuntirib berolmayman. Top men tomonga kelayotganida shunchaki unga intildim xolos. Top darvoza ichiga borib tushganiga ishonmadim. Keyin esa stadion hayqiriqlarga toldi... Bizni qollab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman...

Futbolchilarimiz ham, millionlab muxlislar ham final uchrashuvi paytida sezdi, asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan tugagach, vetnamlik futbolchilar qoshimcha taymlarni ham shu hisobda yakunlab, penaltilar seriyasi togrisida oylayotgan edi. Chunki Vetnam terma jamoasi chorak va yarim finalda Iroq hamda Qatar terma jamoalarini aynan penaltilar seriyasida maglubiyatga uchratgan edi. Lekin bizning futbolchilar Vetnamning ushbu rejasini yoqqa chiqarib, 119-daqiqada Andrey Sidorovning goli evaziga Osiyo chempionligini qolga kiritdi.

Osiyo chempionlarini taqdirlash marosimida terma jamoamiz yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq topildi. Toyota kompaniyasi tomonidan 20 000 AQSh dollari bilan taqdirlandi.

FUTBOLIMIZNI UYGOTGAN YOSHLAR

Qatar bilan oyindan keyin futbolchilarni bir maqsad yolida jipslashtira olgan murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman. Futbolimizni uygotgan yoshlar terma jamoasini chin dildan tabriklayman, deydi Ozbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov. Bu oyinlarni korib, endi ishonch bilan ayta olaman, 2022 yil Qatarda bolib otadigan jahon chempionatining saralash oyinlariga tayyormiz. Faqat yosh futbolchilarimizdan bir iltimosim bor, bu musobaqa sizlar uchun chegara bolmasin! Hali bizni futbol muxlislarini xursand qilishimiz kerak bolgan koplab musobaqalar kutib turibdi.

Umid Ahmadjonov, Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi prezidenti:

Sizlarni safarga kuzatgan har bir vatandoshimiz, uyda intiq kutayotgan ota-onangiz, aka-ukayu opa-singillaringiz endi gururlanib yurishadi. Sizning bu muvaffaqiyatingiz ozbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi. Ayniqsa, qor jangidek koringan final uchrashuvi tillarda doston boladiki, biz bu oyinni yillar davomida eslab yuramiz va har bir yodga olgan lahzalarimizda ozimizni baxtiyor his qilamiz...

FUTBOLCHILARIMIZGA BUTUN OSIYO TAN BERDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Mazkur suhbatda Koreya Respublikasi Prezidenti kop millatli Ozbekiston xalqini Xitoy Xalq Respublikasida bolib otayotgan futbol boyicha Osiyo chempionatida futbolchilarimiz korsatayotgan ajoyib oyin va jamoamizni musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutlagan edi.

Bu futbolchilarimiz erishayotgan galabalarga qiziqish, etibor qanchalik yuqori ekanligini korsatadi. Ozbekistonlik futbolchilarning final oyinida galaba qozonib, Osiyo chempioni bolganiga internetning ijtimoiy tarmoqlarida ham katta etibor qaratilmoqda.

Hoang Nguyen:

Ozbekistonni tabriklayman! Men Vetnamdanman. Har ikki jamoa ham juda ajoyib. Men oz jamoam bilan faxrlanaman, futbolchilarimiz afsona yaratishdi. Umid qilamanki, har ikki jamoa ham keyingi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi:

Ozbekiston xalqiga Xitoyda 23 yoshgacha bolgan futbolchilar ortasida bolib otgan Osiyo chempionati chempionligi muborak bolsin!

Qirgiziston futbol federatsiyasi:

Qoshnimiz Ozbekistonni yoshlar terma jamoasining yorqin galabasi bilan tabriklaymiz.

OTA-ONANGGA, USTOZLARINGGA RAHMAT

Jasur Yaxshiboyevni buvisi bolaman, deydi Matluba Aliqulova. Nevaramni birinchi sinfdaligida Paxtakor futbol maktabiga olib borganman. 7-sinfdan Paxtakor futbol akademiyasida oqishni boshladi. Shu kunlarni korganim uchun Ollohga shukr. Oyinlarni tomosha qilib, bolam shu darajaga yetganiga juda xursand boldim. Yurtini shanini himoya qilish uchun jonini jabborga berib oynadi. Bizning bolalarning iligi butun, baribir galaba qozonadi, deb ishonib otirgan edim. Farzandlarimizga tabrik yollagani, shunday qimmatbaho sovgalar bergani uchun Prezidentimizga barcha ota-onalar nomidan minnatdorlik bildiraman.

Oyinlarni katta hayajon bilan tomosha qildim, deydi Oybek Rustamovning otasi Ravshan Ermatov. Bolalarimiz Osiyo chempionatida ozlarini naqadar kuchli ekanliklarini namoyon etib, oz vadalarining ustidan chiqishdi. Ularni aql-zakovatiga, yuksak qobiliyatiga, jasoratiga butun Osiyo tan berdi. Farzandlarimiz jonini fido qilib, ogir ob-havo sharoitida chiroyli oynab, bizga shunday ulug galabani taqdim etishgani uchun ulardan rozimiz.

XALQIMIZ UZOQ KUTGAN GALABA

Yoshlar terma jamoasidagi Nasaf futbolchilarini kutib olgani Qashqadaryodan keldik, deydi Asror Qoshmatov. 30 yanvar kuni Nasaf oz maydonida OChL-2018 guruh bosqichiga chiqish uchun Al-Faysaliyga qarshi oynaydi. Mamlakatimiz futbolchilari uchun galabalar davomli bolsin.

Surxondaryo viloyatining Shorchi tumanidan keldik, deydi Umrzoq Karimov. Osiyo chempionatida futbolchilarimiz chempion bolgani bilan hammani tabriklayman. Nasib bolsa, kelgusi jahon chempionatidan ham terma jamoamizni bugungidek maqtanib, gururlanib kutib olaylik.

Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi Alixon qishlogida yashayman, deydi Isroil Nomonov. Yosh futbolchilarimizni qollab-quvvatlash uchun keldik. Musobaqadagi oyinlarda yigitlarimizni har jabhada kuchliligi, jangovorligi, jismonan baquvvatligi, ruhan oyinlarga tayyorligi menga yoqdi. Yigitlar 90 daqiqa futbol oynaydigan bolibdi. Nasib bolsa, bu yoshlar jahon chempionatiga chiqadi.

Biz chempionlarimizni kutib olish uchun Samarqand viloyatidan keldik, deydi Baxtiyor Toxtayev. Milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralashiga chiqa olmaganligi sababli ancha tushkun kayfiyatda edik. Yoshlarimiz Osiyo chempionligini qolga kiritganidan song futbolimizga yana qiziqishimiz, ishonchimiz ortdi.

Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda oqituvchiman, deydi Ikrom Qodirov. Futbolchilarimiz jasorat, matonat korsatib, qorli ogir ob-havo bolishiga qaramay xalq uchun, Vatan uchun oynadi.

Futbolchilarimiz xalqimiz, ishonchini oqladi, deydi Fazliddin Hojimurodov. Buni hammamiz korib, bilib turibmiz. Galaba goli kiritilganda ovozim boricha hayqirdim. Kozlarimga yosh keldi...

Bugun ota-onalar, futbolchilarimizning birinchi ustozlaridan boshlab, barcha murabbiylariga xalqimiz minnatdorlik bildirmoqda. Bu galabada millionlab futbol muxlislari, ayniqsa, Xitoydagi stadionda qor sovugini unutib, uch soatdan kop vaqt tik turib, futbolchilarimizni qollab-quvvatlagan muxlislarimizning ham hissasi borligini alohida etirof etish lozim.

Futbolchilarimizning ozlari aytayotganidek, bu galabaning bosh omili mamlakatimizda sportni, xususan, futbolni ommalashtirish, rivojlantirish yolida qilinayotgan keng kolamli ishlar, yaratilayotgan shart-sharotlar tufayli ekani barchamizga malum. Bu galabani Olimpiya oyinlari, jahon chempionatlari sari tashlangan muhim qadam, deb hisoblaymiz.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: