O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
25.01.2018

NAMANGANDA OZBEK SHASHKASI YARATILDI

«O‘zbek kurashi» degan iboraning dunyo uzra yangrayotgani, halol, yonbosh, girrom kabi sof ozbekcha sozlarning jahon miqyosidagi sport musobaqalarida tez-tez takrorlanayotgani barchamizga faxr-iftixor bagishlaydi. Endilikda ular qatoriga ozbek shashkasi ham qoshilsa ajab emas.

Ulugbek Irisboyev Norin tumani, Domar qishlogida 1972 yilda tugilgan. U maktabda oqib yurgan kezlaridayoq shaxmat-shashkani juda qiziqib oynardi. Oliy oquv yurtida tahsil olgan yillarda ham intellektual sportning ana shu turi boyicha otkazilgan musobaqalarda muntazam qatnashib keldi.

Oqishni tamomlab tanlagan mutaxassisligi boyicha ishga joylashdi, halol va samarali mehnati bilan jamoa ortasida obro-e’tibor qozondi. Lekin shaxmat-shashka oyinlarida tesha tegmagan, eng ashaddiy muxlislar ham kutmagan yurishlari bilan hammani lol qoldirib yurgan Ulugbek ancha yillar mobaynida oq va qora kataklarda birdek oynaladigan shashka yaratish ustida ish olib bordi.

Uni kopincha bir savol qiynardi: nega shashka faqat doskaning qora kataklarida oynaladi, uni oq kataklarda yoki boshqacha uslubda oynab bolmaydimi? Nihoyat, uch yil deganda shashka toshlarini yurish, beshinchi yili esa oyin qoidalari mukammal shaklga keldi.

Ulugbek Irisboyev bu haqda shunday deydi:

— Ushbu goya ustida ish boshlaganimdan to shu kungacha qizim Dilshoda, jiyanlarim Ziyodaxon, Nematjon, Xushnudbeklar oyin qoidalari yaratilishida yaqindan yordam berishdi. Shuningdek, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor Rustamjon Murodovning tavsiyalari ham qol keldi.

Ozbek shashkasi 14 dan yuqori yoshdagilarga moljallangan bolib, tort usulda oynalishi mumkin. Oq tosh oq katakda, qora tosh qora katakda, yoki aksincha, oq tosh qora katakda, qora tosh oq katakda oynalishi mumkin.

Oyinlar bir-biriga aslo togri kelmaydi, yani, yuz partiya oyin yuz xilda oynalishi mumkin. Yaratilgan bu intellektual sport turining ananaviy shashkadan farqli tomoni, golibni bitta oyinda aniqlab bolmaydi. Buning uchun ikki partiya oyin otkazilishi lozim. Oyinlar maxsus shashka doskasi va toshlar orqali amalga oshiriladi.

Ulugbekning qizi va jiyanlari tomonidan yaratilgan bu oyin hali nafaqat Ozbekiston tarixida, jahon miqyosida ham kuzatilmagan voqea hisoblanadi. Ozbek shashkasi kelajakda intellektual sport ishqibozlari ortasida ommalashib ketsa, ajab emas.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: