O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
25.01.2018

YAROQSIZ BRIKET, ISHLATILMAGAN KOMPUTERLAR...

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir o‘tkazilgan organish yakuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati azolari ishtirokida tuman Kengashi sessiyasida korib chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari Hotamjon Ketmonov boshchiligidagi deputatlar tumandagi mavjud holat bilan yaqindan tanishishdi. 400 dan ortiq xonadonda bolishib, aholi vakillari bilan suhbatlashishdi.

Muloqotlar davomida turli masalalarda 300 ga yaqin muammo kotarildi. Ularning 132 tasi deputatlar tomonidan viloyat, tuman hokimliklari va tegishli soha mutasaddilari bilan hamkorlikda joyida hal etildi. 100 ga yaqini tumandagi mutasaddi tashkilotlarga havola etilib, ijrosi nazoratga olindi. 15 masala parlament nazoratiga olinadigan boldi.

Tuman Kengashi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyevning organishlar yakuniga doir axboroti eshitildi. Parlament deputatlari tomonidan tayyorlangan axborot qiyosiy tahlillarga asoslangani bilan ahamiyatli boldi.

Hududdagi sektorlar faoliyati, ular tomonidan aholi muammolarini hal etish masalalariga ham tanqidiy yondashildi. Sektor rahbarlari tomonidan aniqlanib, «yol xaritasi»ga kiritilishi lozim bolgan, ammo etibordan chetda qolgan 10 ga yaqin masala yechimi boyicha taklif-tavsiyalar berildi.

Xususan, tumanning Mustaqillik mahallasidagi kop qavatli uylarda kanalizatsiya yoqligi boshqa maishiy masalalarni ham chigallashtirgan. Odamlar mazkur uylar oldidagi bolalar maydonchalariga ozboshimchalik bilan hojatxona va boshqa zarurat xonalarini qurib olishga majbur bolishgan. Bu ozaro kelishmovchilik va nizolarni yuzaga keltirmoqda. Vaziyat aholining mahalliy hokimiyatdan noroziligiga sabab bolyapti.

Qayragochovul mahallasida 3000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ammo mahallada dorixona, novvoyxona, qassobxona va boshqa xizmat korsatish shoxobchalari yoq. Sektor rahbarlari bu masalani etiborsiz qoldirib, yol xaritasiga kiritmagan.

20-sonli umumtalim maktabidagi komputer xonasida 11 komputer mavjud. Afsuski, ulardan ikki yildirki foydalanilmaydi. Sababi – elektr uzatgichlar nosoz. Deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasidan mutaxassislar chaqirib, elektr taminotini soz holatga keltirishdi. Lekin komputerlar foydalanishga yaroqsiz bolib qolgan ekan. Ahvol organilib, muammo bartaraf etildi.

Shunday maktabgacha talim muassasalari borki, muzlatgichda yarim kilo saryogdan boshqa hech vaqo yoq. Sanitariya-gigiyena holati ham talabga zid ahvolda. Isitish uchun otin-komir ota-onalar tomonidan olib kelib berilayotgan talim muassasalar ham bor. Davlat byudjeti puliga olib kelingan briket yaroqsiz, ichi tuproq-loydan iborat.

Tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bolimida bolalar reanimatologi mutaxassisi uchun shtat ajratilmagan. Bu xizmat sifatiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Zamonaviy tibbiy apparatlar yetishmaydi. Borlaridan unumli foydalanish ham qoniqarli darajada emas. Chunki tibbiy apparatlarni ishlatish boyicha shifokorlar yetarli bilim-konikma egallamagan. Tomorqadan foydalanish masalasida ham odamlarga komak, targibot zarur.

Sessiyada tuman hokimi birinchi orinbosari Olimjon Qodirov, tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Muhammadniyoz Ergashboyev, yoshlar va ijtimoiy masalalar boyicha tuman hokimi orinbosari Abduqahhor Najmiddinov organilgan masalalar yuzasidan sozga chiqdi.

Bir sinfda 35-40 nafargacha bolaning oqitilishi bugungi sharoitga umuman nomunosib, nomuvofiq. Nega bu masala oqituvchilar, talim mutasaddilari tomonidan bartaraf etishga kirishilmayapti?..

Hotamjon Ketmonov tanqidiy korib chiqilgan masalalarni hal etish boyicha taklif-tavsiyalarini berdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlaridan katta masuliyat talab qilindi. Har bir yonalish boyicha vazifalar belgilandi.

Parlamentdagi deputatlarning hududlarda bolib odamlar bilan yuzma-yuz muloqotlar otkazayotgani mahalliy rahbarlarning masuliyatini ham oshirishi kerak. Busiz loqaydlik va beparvolik, degan darddan qutulish qiyin.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.