O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.01.2018

DAVLAT DASTURI IJROSIDA DEPUTATLARNING FAOL ISHTIROKI TALAB ETILADI

Prezidentimizning «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi togrisidagi farmoni xalqimiz tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olindi. Unda joriy yilda barcha sohalarda amalga oshiriladigan ishlar rejasi, xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bogliq muhim va hayotiy vazifalar belgilab berilgan.

Davlat dasturining mazmun-mohiyati nimalarga qaratilgan? Uning ijrosida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi yetakchilari, deputatlar, faollar qanday ishtirok etadi?..

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zosi:

— Avvalo bu yilgi Davlat dasturi tanqidiy tahlil asosida organilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani, unda fuqarolarning fikr-mulohazalari, takliflariga alohida etibor berilganini takidlash zarur. Bu orinda bizning eng birinchi vazifamiz Davlat dasturining ahamiyatini odamlarga tushuntirib berishdan iborat bolishi kerak, deb oylayman.

Davlat dasturidagi eng muhim masalalardan biri aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bolgan daromadlarni aniqlash boyicha istemol savatchasiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilganidir. Unga kora, hududlar kesimida istemol savatchasini hisobga olgan holda, ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy tolovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich otish moljallanmoqda.

Xosh, ozi istemol savatchasi degani nima? Buni qisqa qilib inson ehtiyojlari uchun zarur bolgan eng kerakli mahsulot, tovar va xizmatlarning yigindisi, deb tushuntirish mumkin. Bu tizim rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan davlatlarda allaqachon joriy etilgan.

Istemol savatchasini joriy qilinishi aynan bizning elektoratimiz manfaatlariga xizmat qiladi, desak, mubolaga bolmaydi. Joylardagi partiya tashkilotlari, deputatlar aholini ijtimoiy muhofazaga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, orta aholi qatlamining nimalarga ehtiyoji borligini yaxshi biladi. Demak, mana shu tizimni shakllantirishda partiyamiz azolari, deputatlar faol ishtirok etishi, uning amalga oshishiga hissa qoshishi kerak boladi.

Davlat dasturi ijrosini taminlash jarayonida deputatlar, partiyamiz yetakchilari maydonga chiqishi, qatiy deputatlik va jamoatchilik nazoratini ornatishi lozim.

Habibulla OQILOV, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Keyingi paytda mamlakatimizda tibbiyot tizimida katta ozgarishlar bolyapti. Bu yonalishda islohotlar davom etmoqda. Biroq hali qilinadigan ishlar, bartaraf etilishi zarur bolgan kamchiliklar oz emas. Shuning uchun Davlat dasturi doirasida joriy yilda tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish boyicha ishlar izchil davom ettiriladi. Sogliqni saqlash sohasiga aqlli tibbiyot tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish kozda tutilmoqda.

Bu oz-ozidan amalga oshadigan ishlar emas, albatta. Qolaversa, bunga faqat tibbiyot sohasi xodimlari yoki Sogliqni saqlash vazirligi masul, degan fikrdan yiroq bolish kerak. Ayniqsa, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi faollari, deputatlari faqat nazorat qilmasdan, bu yonalishda takliflar berishi, muayyan sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy choralar korishi zarur.

Turli omillar sabab oxirgi paytlarda dori vositalari va tibbiy jihozlarning narx-navosi oshib ketayapti. Bundan koz yumib bolmaydi. Mazkur jarayonda kim koproq qiynaladi? Albatta birinchi navbatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ziyon koradi. Buning oldini olish uchun aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan taminlash maqsadida 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirildi. Davlat dasturida bu ishga masullar belgilandi.

Endi bu dorixonalar qayerlarda, qanday tartibda bolishi, kimlarga alohida imtiyozlar berilishi, buni nazorat qilish masalalari bilan biz shugullanishimiz, targibot bilan, tashviqot bilan tashkilotchilarga yordam berishimiz kerak.

Ahmadali XUDOYBERGANOV, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Odamlarni oylantirayotgan eng dolzarb masalalardan biri uy-joy bilan bogliq ekani bugun hech kimga sir emas. Bu yonalishda otgan yili katta ishlar qilindi. Xususan, shaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bolgan namunaviy va kop qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010 yilga nisbatan 3,5 barobarga oshdi.

Arzon uy-joyga kim koproq muhtoj boladi? Kop bolali, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, albatta. Shuni inobatga olib, bu masalada ham deputatlarimiz ishtirokini kuchaytirish kerak. Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga bolgan ehtiyojini taminlash maqsadida joriy yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi, bu ishga 5 trillion 286 milliard som mablag yonaltiriladi.

Endi savol: arzon va yangi uy-joylar haqiqatda muhtoj kishilarga tegadimi? Uylarning sifati qanday boladi? Tuman, shahar Kengashlaridagi barcha deputatlar har doim ana shu savollarni oziga berishi va unga javob topishi kerak, deb oylayman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: