O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.01.2018

OZBEKISTON VA QOZOGISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozogistonning Aktyubinsk viloyatidagi fojiada halok bolgan mamlakatimiz fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Qozogiston rahbariga samimiy hamdardlik bildirgani va qollab-quvvatlagani, tashkiliy masalalarni hal etish va fojia sabablarini aniqlashda korsatilgan tezkor yordam uchun minnatdorlik izhor qildi.

Kelgusida bunday hodisalar roy berishining oldini olish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari, masul idoralari va tashkilotlari ortasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Muloqotda, shuningdek, ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ustuvor yonalishlar boyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Nursulton Nazarboyevni yaqinda AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va BMT Xavfsizlik Kengashining birinchi marta Qozogiston raisligidagi majlisi muvaffaqiyatli otgani bilan samimiy qutladi.

Ozbekiston va Qozogiston Prezidentlari Markaziy Osiyo mamlakatlari ortasidagi dostlik, yaqin qoshnichilik va hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash yolidagi say-harakatlarni qatiy qollab-quvvatlashini bildirdilar.

Qozogiston poytaxti Ostona shahrida bolib otadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi Sammiti ozaro munosabatlarda yangi sahifa ochishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning uzoq istiqbolli manfaatlarini kozda tutadigan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratishi alohida takidlandi.

Qozogiston Prezidenti mintaqada tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni taminlash maqsadida joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida «Afgoniston — tinchlik sari yol» xalqaro vazirlar konferensiyasini otkazish tashabbusini yuksak baholadi va qollab-quvvatladi.

Shuningdek, tomonlar 2017 yil sentabr oyida Toshkent shahrida bolib otgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Qozogiston Respublikasida Ozbekiston Respublikasi yilini otkazish borasida olib borilayotgan faol tayyorgarlik ishlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot songida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bundan buyon ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yolidagi kop qirrali va samarali hamkorlikni faol rivojlantirish, kop asrlik dostlik va yaqin qoshnichilik rishtalarini mustahkamlashga tayyor ekanini takidladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: