O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.01.2018

GRUZIYA DELEGATSIYASINING UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yoldoshev bilan suhbat chogida Ozbekiston va Gruziya ortasida ozaro ishonch hamda manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va transport-logistika, tranzit yolaklarini shakllantirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida soz yuritildi.

Ozbekiston bilan Gruziya ortasidagi turli sohalardagi munosabatlar Dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma asosida taraqqiy etmoqda. «Ozbekiston — Gruziya» dostlik jamiyati xalqlarimizning dostona va madaniy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qoshayotir. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 sentabr kuni Nyu-York shahrida Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan uchrashuvi, shuningdek, parlamentlar darajasidagi ikki tomonlama tashriflarning faollashgani siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik rivojiga yangicha ruh bagishladi.

Dostona aloqalarimiz parlamentlararo doirada taraqqiy etayotganidan goyat mamnunmiz, dedi I.Kobaxidze. Bu kelgusida mamlakatlarimiz ortasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Bugungi tashrifimiz hamkorlik aloqalarini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov bilan uchrashuvda Ozbekiston va Gruziya parlamentlari ortasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladigan tadbirlarni tashkil etish, qonun ijodkorligi boyicha tajriba almashishga doir masalalar muhokama etildi.

Tashrif doirasida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Gruziya parlamenti ortasida Parlamentlararo hamkorlik togrisida memorandum imzolandi.

Gruziya parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: