O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
18.01.2018

ICHKI TURIZM HAQIDAGI SAVOLNI KUTGANDIM...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati qoshida tashkil etilgan Press-xollda navbatdagi matbuot anjumani otkazildi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi Aziz Abduhakimov Ozbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida axborot berdi.

Anjumanda bugungi kunda mamlakatimizda turizm salohiyatini tubdan yangilash, tizimda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targib qilish, xavfsiz turizm konsepsiyasi, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozoriga olib chiqish hamda boshqa muhim masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, turizm sohasining qonunchilik asosini mustahkamlash, sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish maqsadida yangi tahrirdagi «Turizm togrisida»gi qonun loyihasi hamda 30 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgani hamda ulardan 22 tasi qabul qilingani takidlandi.

Malumot ornida yana shuni aytish mumkinki, otgan yili mamlakatimizga 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan, turizm xizmatlari eksporti 1 milliard 557 million dollarni tashkil etgan. Turoperatorlik xizmatlarini korsatuvchi 128 tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, bugungi kunda ularning soni 561 taga yetgan.

Hozirda turoperatorlik va mehmonxona faoliyatini sertifikatlashtirishning tasdiqlangan yangi nizomi boyicha otgan davr mobaynida jami 442 ta turizm xizmatlarini korsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, yani 221 mehmonxona va 221 ta turoperatorlik xizmatlarini korsatuvchi subyektlar sertifikatlangan bolsa, turizm faoliyati subyektlarini litsenziyalashning yangi nizomi asosida 128 tadbirkorlik subyektiga turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim qilindi. Qolaversa, sohadagi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi tomonidan 1060 nafar mutaxassis qayta oqitildi.

Hududiy dasturlarda belgilangan Qadimiy Buxoro va Samarqand Siti turizm zonalarini tashkil qilish, umumiy hisobda 450 ga yaqin loyihani amalga oshirish, jumladan, 50 madaniy meros obyektini restavratsiya va konservatsiya qilish, 50 dan ortiq mehmonxona qurish va qayta tiklash, 100 ga yaqin umumiy ovqatlanish obyektini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, jahon hamjamiyatini mamlakatimizning turizm salohiyati togrisida xabardor qilish maqsadida 20 dan ortiq davlatning OAV vakillarining Ozbekistonga tashriflari tashkillashtirildi. Natijada 1250 dan ortiq informatsion materiallar bosma va elektron OAV nashrlarida joylashtirildi. Hozirga qadar 920 dan ortiq xorijiy bosma va elektron OAV bilan hamkorlik yolga qoyilgan. Shuningdek, hozirda qomitaning http://uzbektourism.uz// veb-sayti hamda http://www.facebook.com/uzbektourism.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ozining internet foydalanuvchilariga doimiy tarzda malumot berib borilmoqda. Shu bilan birga sohaga taalluqli bolgan barcha masalalar boyicha tezkor va aniq malumot olish maqsadida 2017 yil 4 dekabrdan boshlab qomitaning uzluksiz 24 soat faoliyat yuritadigan Call Center (malumot markazi) ishga tushirildi.

Qomita raisiga jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Ularning ayrimlarini etiboringizga havola etamiz.

— Bugungi kunda kafe va restoranlarning tungi ishlash vaqti cheklangani, yani kechki soat 23:00 gacha ishlashi sayyohlar uchun noqulayliklar tugdirmoqda. Bu borada ozgarishlar bolishi mumkinmi?

Biz bu masala ustida ishlamoqdamiz. Taklifimiz shunday boldiki, 24 soat ishlashni istaydigan kafe va restoranlar xavfsizlik talablarini yuqori darajaga kotarishi kerak. Bu masala ixtiyoriy sertifikatlash usulida yechiladi. Xususan, xizmat korsatish muassasasi tourist-friendly tizimi, yani xavfsizlik talablariga javob berishi kerak. Yaqin vaqtlar ichida 24 soat davomida ishlaydigan kafe va restoranlar paydo boladi, deb oylayman.

Xorijlik sayyohlar bilan suhbatlashganimizda kopincha jamoat hojatxonalarining ahvoli yaxshi emasligi togrisida etiroz bildiradi. Bu borada nima ishlar qilinmoqda?

Mazkur jarayon yuzasidan loyiha ishlab chiqilib, tasdiqlanishi kutilmoqda. Bunga kora, umumiy ovqatlanish punktlari, mehmonxonalar va odamlar gavjum bolgan yerlarda joylashgan hojatxonalar inventarizatsiya qilinadi. Uning natijalariga binoan, mavjud hojatxonalar qayta tamirlanadi va kerakli joylarda yangilari quriladi. Mavjud sharoitlarga qarab, xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda, keyingi 2 yil davomida barcha hojatxonalar yol xaritalariga kiritiladi.

Xorijiy sayyohlar uchun viza va royxatga olish taomili soddalashtirildimi?

Bu borada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Misol tariqasida aytadigan bolsam, bugungi kunda yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona kirish turizm vizalari joriy qilindi va vizalarni rasmiylashtirish narxi 60 dollardan 40 dollarga tushirildi. Shuningdek, xorijliklar uchun Ozbekistonga sayohat qilishni maksimal darajada qulaylashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun viza rejimini bekor qilishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, shu bilan birga, 5 yirik mamlakatga vizasiz rejim yolga qoyilib, 45 mamlakat uchun viza rejimi soddalashtiriladi.

Vaqt chegaralangani uchun koplab hamkasblarimiz oz savollarini berishga ulgurmadi. Aziz Abduhakimov barcha savollarga javob berishga tayyorligini aytib, OAV xodimlarini qomita bilan yaqin aloqa ornatishga, amaliy hamkorlik qilishga chaqirdi. Qomita raisi ichki turizm haqida savol kutganini yashirmadi. Hamkasblarimiz bu haqdagi savolga navbat yetmay qolganini aytib, hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Bunday matbuot anjumanlari qancha savol berilgani bilan emas, davlat idoralarining OAV, keng jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilishga intilishini kuchaytirayotgani, ularning bu boradagi masuliyatini oshirayotgani bilan ahamiyatli, albatta. Amaliy muloqot yolga qoyilsa, hamma savollarga oz vaqtida javob topiladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.