O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.01.2018

DAVLAT XARIDLARINING SIRLI OLAMI

qanday tartibga solinadi?

Davlat xaridlari nima, degan savolga kitobiy tilda javob beradigan bo‘lsak, gapimiz biroz chozilib ketadi. Umuman, «xarid» ozi nima, degan savolning javobini esa hammamiz yaxshi bilamiz. Hayotiy zarur ehtiyojlarimiz uchun, kundalik rozgorimiz uchun har kuni bolmasayam kunora nimalardir xarid qilamiz. Hech narsa xarid qilmasdan, hech nimaga ehtiyoj sezmasdan yashash mumkin bolmaganidek, davlat ham xalq oldidagi vazifalarini bajarish uchun har yili kerakli mahsulotlar va xizmatlarni xarid qiladi. Sodda qilib aytganda, davlatning ham oz rozgori bor.

Faqat bu rozgor tasavvurimizdagidan ancha katta. Uning xaridlari biz bozorga olib chiqadigan xarajatlar royxatidan bir necha million, balki milliard marta ulkan va murakkab boladi.

Ma’lumotlarga kora, davlat xaridlarining miqdori rivojlanish darajasi va iqtisodiy qudratiga qarab dunyoning turli davlatlarida turlicha. Bu xaridlar aksariyat mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan 30 foizigacha bolgan miqdorni yoki davlat byudjetining qariyb uchdan bir qismini tashkil qiladi. Hech qanday hisob-kitobsiz, xomchotsiz ham bu xaridlarning boy-bastini koz oldimizda tasavvur qilib korishimiz mumkin...

Royxat chozilgan, ishlatiladigan mablag miqdori ogirlashgan sari bozorga olib chiqiladigan torxalta ham kattalashaveradi. Pul katta, xarajat katta, demak, masuliyat, javobgarlik ham shunga yarasha bolishi kerak. Nimaga desangiz, bu yugurib borib, kocha boshida turadigan, butun qishloq taniydigan insofli amakining dokonchasidan ikki kilo kartoshka yoki sabzi olib kelish emas.

Shuning uchun davlat xaridlarini oziga xos sirli va murakkab olam, deb atashadi. Bu olamda tanishlarga ham, notanishlarga ham ishonish qiyin. Notanishlar kopaysa, bularda insof, diyonat bormikan?, deb xavotirlanasan, tanish-bilishlar kopaysa, sal otmay korrupsiyaning badxor hidi kela boshlaydi.

Ozi aslida maqolani shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat xaridlari togrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinayotganidan boshlashimiz kerak edi. Lekin undan oldingi bir-biri bilan bogliq jarayonlarga etibor qaratmasak, gapimiz chala qolar ekan.

Eng avval 2017 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida davlat organlari faoliyati, jumladan, davlat xaridlarini amalga oshirish masalasida ochiqlik va shaffoflikni taminlashga alohida etibor qaratilganini aytishimiz lozim.

Eslab korsak, otgan yilning boshida Prezidentning tegishli qarori bilan 2017-2018 yillarga moljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha davlat dasturi tasdiqlangan edi. Ushbu hujjatda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish boyicha chora-tadbirlar, xususan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oz vaqtida aniqlash, ularga chek qoyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boyicha muhim vazifalar belgilangan, Davlat xaridlari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish shulardan biri edi.

Qonun loyihasida bir qator otkir masalalar qamrab olinishi kozda tutilgandi. Jumladan:

davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;

davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;

davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;

elektron xaridlarni yanada rivojlantirish...

Murakkablik shundaki, kerakli qonunni ishlab chiqish va qabul qilish bilan davlat xaridlariga aloqador biri-biridan chigal muammolarga yechim, ming turfa qingirliklarning tomiriga yol topib bolmaydi.

Buni kengroq tushunishimiz uchun davlat rahbarining yana bir farmonini esga olish kerak boladi. Bu Ozbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi farmondir.

Farmonda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga gov bolayotgan omillarni oz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga tosqinlik qilayotgan qator kamchiliklar borligi takidlandi. Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari shaffofligini taminlovchi (davlat organlari, xojalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarining malumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan) yagona axborot maydonini yaratish vazifasi qoyildi. Davlat xaridlari yagona axborot portalini joriy yilning boshidan ishga tushirish belgilandi.

Biroq shular bilan cheklanib qolingani yoq. Bir-ikkita tashkilotning vazifalarini muvofiqlashtirish boshqa masalayu, davlatning ulkan mablagini idrok bilan, insof bilan, joy-joyiga qoyib ishlatish butunlay boshqa masala. Bu juda ogir vazifa qatiyat bilan bajarilmasa, bir-ikki rozgorga emas, davlatning ulug rozgoriga ziyon keladi, xalqning rizqi qiyilib, odamlarga kop zahmat yetadi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori ham otgan yili iyul oyida qabul qilingan. Ushbu hujjat davlat xaridlarining sirli, sinoatli olamini tartibga solishga katta turtki, qoshimcha umid berishi kutilyapti.

Qarorga kora, Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi direksiyasi, deb nomlangan sobiq davlat korxonasi tugatildi. Boisi, otkazilgan tahlillar osha vaqtdagi tartib davlat va korporativ xaridlarning ochiqligi va shaffofligini lozim darajada taminlamaganini korsatdi. Yani, tenderlar otkazmasdan togridan-togri shartnomalar asosida kooperatsiya birjasi doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallarning xaridini amalga oshirishga imkon beruvchi tartib turli xil korrupsiya korinishlariga qarshi turolmas, hatto byudjet pulini omarmoq ishqida yonib yurgan past niyatli kimsalarga sharoit yaratib berayotgan edi.

Iymonidan nafsi ancha katta kishilar oldindan ishni pishitib, kimga qancha qolishini chamalab bolib, keyin goyoki halol shartnomalar tuzish uchun birjalarda tasodifan korishib qolishardi. Nimasini aytasiz, qilni qirq yoraman, deb kerilib yurgan odamlarga birja, tenderlar juda oddiy oyinchoq bolib korinadi.

Qarorga qaytadigan bolsak, unda davlat va korporativ xaridlari tizimiga ilgor tajribani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu orqali ochiqlik va shaffoflikni taminlash choralari belgilandi.

Oliy Majlis Senatining otgan yili dekabr oyida bolib otgan yalpi majlisida Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilinayotganda sogliqni saqlash tizimiga ajratilgan bir necha on milliard som mablag ozlashtirilmay qolgani malum qilingandi. Buning asosiy sababi nimada edi?.. Sogliqni saqlash vaziri bunga izoh berarkan, dori-darmonlarni xorijdan bir necha barobar oshirilgan narxlarda olib kelishga yol qoyib beradigan shartnomalar bekor qilinganiga etibor qaratgan edi. Mana shu misolning ozi ham davlat xaridlari boyicha shaffof, eng muhimi, halol tizim yaratish naqadar kechiktirib bolmas vazifa ekanini, buni qulogimizga qorgoshindek quyib olishimiz shartligini isbotlaydi.

Davlat nafaqat xorijdan, shu bilan birga, ozimizning qorakoz dehqonu fermerlardan, jonkuyar ishlab chiqaruvchilarimizdan ham xarid qiladi. Ehhe, bu ishlarda shu vaqtgacha boshimizdan qancha savdolar otgan, buni Xudo biladi...

Qaror va farmonlar qabul qilinibdi, mana, yaqinda qonun ham qabul qilinar ekan, davlat xaridlarining sirli olami qatiy tartibga solinarkan, qiyinchiliklar, xatolar ortda qolibdi, deb xulosa qilish, albatta, gor odamning ishi boladi. Aksincha, bu yonalishdagi keng qamrovli ozgarishlar, islohotlar endi-endi boshlanyapti. Hozircha xalqimizni xotirjamlikka undaydigan narsa umid qilish uchun yetarlicha asoslar bor.

Davlat xaridlari bilan bogliq nopok yollarni tosish, bu eski yoldagi egri-bugri kopriklarni butunlay yoqib yuborish uchun qattiq kurash ketyapti. Bu jarayonda parlamentimiz yaqin orada maromiga yetkazishi kutilayotgan qonun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini kopchilik yaxshi tushunadi.

Ekin ekiladigan yerni ajriq, degan yaramas otdan oxirigacha tozalash bolaligimizda eng qiyin ish bolib tuyulardi. Uning tirnoqday parchasi ham keyinchalik kopayib ketadi, hosilning shorini quritadi, deb kop aytishardi. Davlat xaridlarida korrupsiyani yoqotish, bilmadim, negadir ajriq tozalashday murakkab yumush bolib tuyuladi. Qiyinlikka qiyin, lekin eplasa boladi. Xalqimiz hayotda bunday qiyinchiliklarning kopini yengib otgan.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: