O'zb  
 
18.01.2018

VAKOLATLARDAN SAMARALI FOYDALANISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi Prezidentimizning parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan ustuvorliklardan kelib chiqib, fraksiya hamda partiya tashkilotlari uchun chora-tadbirlar dasturini tayyorladi. Unda deputatlar hamda partiya yetakchilari faoliyatini tanqidiy tahlil qilishga, amaliy takliflar bildirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Deputatlar ishiga, qonun ijodkorligi jarayoniga tosiq bolayotgan masalalar boyicha parlament azolarining fikr-mulohazalari qanday?

Hotamjon Ketmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi rahbari:

— Bundan buyon qonunlar ijrosi uch bosqichda organiladi. Yani, aholi orasidagi organishlar natijasida qonunlar qabul qilish, ularga ozgartirish va qoshimchalar kiritish boyicha takliflar tayyorlanadi. Shu bilan birga, ishlamayotgan, «olik» qonunlar hamda notogri qabul qilingan yoki xalq manfaatiga xizmat qilmaydigan qonunlar, qonunosti hujjatlari yuzasidan ham takliflar tayyorlab borishimiz lozim.

Parlament azolari hududlarga chiqqanda ijro hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ham keng jalb etiladi. Bu deputatga oz vakolatlaridan keng va samarali foydalanish imkonini beradi. Bizning vazifamiz endilikda masalani shunchaki organishmas, balki muayyan muammoni tahlil qilish, uni hal etish yollarini topishdan iborat boladi. Avvalo, muammoning kelib chiqish sababi organiladi. Mutaxassislar bilan maslahatlashib, takliflar tayyorlanadi. Aks holda, vaziyat ozgarmaydi.

Abdugaffor Qirgizboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Eng avvalo, fraksiya azolariga nisbatan qomita raislari, turli vazirlik va idoralar rahbarlarining munosabati ozgarishi kerak, deb oylayman. Ayrim hollarda fraksiya ishi qomita ishidan muhimmas, degan vajlar bilan deputat boshqa topshiriqlarga yonaltiriladi. Bu oz navbatida qonun ijodkorligi sifatiga salbiy tasir qilyapti. Kiritilayotgan normalarni puxta organmasdan, kor-korona tasdiqlash bilan hech kimga naf keltirmaydigan meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin. Deputat xalq vakili ekanini unutmasligimiz kerak.

Dilmurod Sadullaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Deputatlarda qonun tashabbuskorligi sustligi bor gap. Buning boisi, deputatga vaqt hamda tahlil yetishmaydi. Tahlil yetishmasligiga sabab deputat bir kishi. Partiya esa katta kuch. Faollar deputatlarga doimiy ravishda oz takliflarini berib borsa, malumotlar kopayadi, taklif va tashabbuskorlik ortadi, deb oylayman. Shuning uchun partiya tashkilotlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz kerak.

Avaz Orinboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Mening fikrimcha, deputatlar ozi saylangan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi bilan yaqindan tanishib borishi kerak. Buning uchun qolimizda aniq malumot, ijro etish tartibi boyicha tasavvurga ega bolishimiz zarur. Shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlari bilan tizimli hamkorlikni yolga qoyishimiz kerak. Chunki ularda hududlarning holati boyicha xabardorlik imkoniyati koproq. Parlament azolari kelishini kutib otirmasdan, doimiy ravishda axborot almashinuvi yolga qoyilishi kerak. Bu nazorat-tahlil ishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bunyod Eshonqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Shu fikrga bir qoshimcha qilmoqchi edim. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda partiya ortasidagi hamkorlik tartibini ishlab chiqishimiz kerak. Ogzaki aytmasdan, bu borada aniq mexanizm yaratishimiz zarur. Qonunga takliflar tayyorlash boyicha partiya tashkilotlariga ham vazifa yuklatilsa, tashabbuskorlik ortadi. Ana shunda Murojaatnomada takidlangan fikrlar, belgilangan vazifalar ijrosi taminlanadi, deputatlar ham, partiya yetakchilari ham sergak tortadi, deb oylayman.

Aliya Yunusova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Vakolatlarimizdan toliq va samarali foydalanishga tosiq boluvchi obyektiv va subyektiv sabablar bor. Xususan, qonun ijodkorligi jarayonida mablag talab qiladigan takliflar bildirilsa, Moliya vazirligi tomonidan har doim ham qollab-quvvatlanmagan. Kop hollarda etirozlarimiz inobatga olinmagan. Bu normaga tegish mumkin emas, degan korsatma berilardi. Natijada deputat vakolati bir chetda qolib ketardi.

Masalan, bola asrab olish bilan bogliq qonun loyihasi tayyorladik, inobatga olinmadi. Jeneva konvensiyasining har bir yonalishi yoki Ijtimoiy sheriklik togrisidagi qonun loyihasi boyicha bergan takliflarimiz ham qogozda qolib ketdi. Chunki moddiy resurs bilan bogliq tashabbuslar amalga oshishi qiyin. Shu bois deputatlar ishi, korsatgan tashabbusi kozga korinmasdi.

Mumkin emas, bu qatiy norma ozgartirilmasin, tezlashtirish kerak kabi bahonalar bilan fikrlarimiz rad etilardi, natijada olik normalar yuzaga kelgan.

Bundan buyon qatiy reglament asosida faoliyat olib borish talab etiladi. Qonunchilikda belgilangan meyorlarga qatiy amal qilish, reglamentdan chiqmaslik deputatning asosiy burchlaridan biridir. Xalqimiz hamda xalqaro ekspertlar oldida hurmatimizni yoqotmaslik uchun oz pozitsiyamizda qattiq turishimiz kerak. Qonun loyihalarini puxta va atroflicha organib, keyin qoshimcha va ozgartirish kiritishni ilgari surish, hayotiy takliflarni berishimiz shart.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.