O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.01.2018

BIRINCHI PREZIDENTIMIZ TAVALLUDINING 80 YILLIGI HAR TOMONLAMA MUNOSIB NISHONLANADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash boyicha tayyorgarlik ishlarini samarali olib borish va ushbu sanani har tomonlama yuqori saviyada otkazish bilan bogliq masalalar muhokamasiga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash boyicha tashkiliy qomita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali viloyat hokimlari, oliy oquv yurtlari rektorlari, «Nuroniy» jamgarmasi, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda faollari ishtirok etdi.

Malumki, shu yil 30 yanvar kuni mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrda qabul qilingan qarori asosida yurtimizda keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida Islom Karimov maqbara majmuasi, Qarshi shahrida esa Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bagishlab haykal bunyod etilmoqda.

Shu bilan birga, Islom Karimovning goyat serqirra hayoti va faoliyatini keng targib etish boyicha koplab madaniy-marifiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Ozbekkino milliy agentligi tomonidan ayni shu mavzuga bagishlangan hujjatli film suratga olinmoqda. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qancha ilmiy-ommabop kitoblar, jumladan, Islom Karimovning Yuksak manaviyat — yengilmas kuch asari nashr etilmoqda. Toshkent shahrida faoliyat korsatayotgan Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi va Islom Karimov xayriya jamoat fondi tomonidan ham bir qator tadbirlar otkazilmoqda.

Shuningdek, mart oyida Samarqand shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bagishlab xalqaro ilmiy konferensiya otkazish va boshqa muhim tadbirlar boyicha keng kolamli ishlar olib borilmoqda.

Islom Abduganiyevich Karimov ozining Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, ozbek nomini, Ozbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug maqsadga bagishladi. Xalqimiz mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan ozgarishlarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz nomi bilan boglaydi, deb takidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Shuning uchun ham bu tarixiy sanani har tomonlama yuksak darajada otkazish bizning oz tariximizga, mustaqilligimizga bolgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va manaviyatimizni namoyon etishi, aynan shunga qarab dunyo jamoatchiligi bizga baho berishiga yigilishda alohida etibor qaratildi. Eng muhimi, bunday qutlug sanalar oz tariximiz, milliy ozligimizni anglashga, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni el-yurtimizga butun borligini berib, fidoyilik korsatib yashagan ulug insonlarning ibratli faoliyatiga har tomonlama munosib etib, ularning ezgu fazilatlari ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi qayd etildi.

Yigilishda Bosh vazir, yubiley tashkiliy qomitasining raisi A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov, Toshkent shahar hokimi R.Usmonov, Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi rahbari T.Shirinov, Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Roziyev, Samarqand viloyati hokimi T.Jorayev, Namangan viloyati hokimi X.Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi M.Erniyazovning hisobotlari eshitildi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga tayyorgarlik korish boyicha amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilinib, asosiy yubiley tadbirlarini yuksak darajada otkazish boyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yubiley kunlarida barcha talim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, nuroniylar, turli soha mutaxassislari ishtirokida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bagishlangan uchrashuvlarni mazmunli va yuqori saviyada, tasirchan ruhda, aniq hayotiy misollar asosida otkazishga alohida etibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bilan bogliq barcha marosim va tadbirlarni Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz oldidagi unutilmas xizmatlariga har tomonlama munosib holda otkazish bizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir, deb takidladi pirovardida davlatimiz rahbari.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: