O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.01.2018

PRESS-XOLL ERKIN MULOQOT VOSITASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati qoshida Press-xoll oz faoliyatini boshladi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov Press-xollning maqsadi va faoliyat yonalishi bilan jurnalistlarni tanishtirdi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, bugungi islohotlar mazmun-mohiyatini matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazib berish Press-xollning asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan goyasi asosida davlat hamda jamiyat hayotiga oid dolzarb masalalar boyicha Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati tomonidan tizimli ravishda tadbirlar otkazib borilishini aytib otdi.

Shuningdek, u vazirlik va idoralar rahbarlari hamda jurnalistlar ortasida jonli muloqotni yolga qoyish maqsadida bugungi kunning dolzarb mavzularida matbuot anjumanlari, brifinglar otkazish rejasi tasdiqlanganini bildirdi.

Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishga yonaltirilgan dasturlarni shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilish mavzusi yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suhrob Xolmurodov axborot berdi.

— Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini shakllantirish, iqtisodiyot, ayniqsa, sanoat tarmoqlarining sarmoyaviy jozibadorligini oshirish boyicha aniq chora-tadbirlar korilmoqda, dedi u. Xususan, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida hayotga tatbiq qilinayotgan yangiliklar iqtisodiyotning raqobatbardoshligini taminlash bilan birga uning jozibadorligini ham oshirmoqda.

Shu jumladan, milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga toliq otilgani, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza etish boyicha Ombudsman instituti joriy qilingani, biznes sohasidagi soliqlar sezilarli darajada qisqartirilib, kredit olish imkoniyatlari kengaytirilgani chet ellik investorlarning qiziqishini yanada oshirmoqda. Natijada xorijiy davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari tobora mustahkamlanmoqda.

Yana shuni takidlash mumkinki, otgan yilda eksport hajmi qariyb 15 foizga kopayib, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi. Jalb etilgan investitsiyalar hajmi 2016 yildagiga nisbatan 1,4 marotaba ortib, 2,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Buning evaziga qisqa vaqt ichida 161 yirik sanoat obyekti ishga tushirilib, qoshimcha ravishda 1,5 trillion somlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bolindi.

Shuningdek, joriy yilda ham koplab ana shunday yirik investitsiyaviy loyihalar hayotga tatbiq qilinishi rejalashtirilgan. Ularning ijrosini taminlashda nafaqat ichki, balki togridan-togri xorijiy investitsiyalardan unumli foydalaniladi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan ozaro aloqalar samarali yolga qoyilgani, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorligimiz tiklangani, Yevropa investitsiya banki bilan sheriklik munosabatlari ornatilgani bu borada qoshimcha imkoniyatlarni yaratmoqda.

Shundan song jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berishdi.

Ularni ayrimlarini etiboringizga havola etamiz.

Investorlar uchun qanday yangi imkoniyat va imtiyozlar berilishi kozda tutilmoqda?

Biz investorlarni jalb etish boyicha xorij tajribasini, xususan, Singapur va BAA tajribalarini organmoqdamiz. Hozirda yangi, jozibador investitsion iqlim tashkil etish ustida ishlamoqdamiz. Investitsion iqlim esa har bir investor uchun imkoniyat va imtiyozlar hamda preferensiyalar taqdim etadi.

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar qay darajada samara bermoqda? Bunday hududlarda loyihalarni amalga oshirishda muammolar bormi?

Erkin iqtisodiy zonalarda biznes loyihalar ijrosi uchun hech qanday tosiq yoki muammo yoq. Aksincha, barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Otgan yilning ozida mamlakatimizda 12 erkin iqtisodiy va 45 sanoat zonasi faoliyati yolga qoyilgani hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish orinlari, yangi sanoat korxonalarini, xizmat korsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ortiq yangi ish orni yaratildi. Kelgusida ushbu yonalishdagi ishlar kolami yanada kengaytiriladi va yana 50 yangi sanoat zonasi tashkil etiladi.

Ekoturizmni rivojlantirish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Turizm sohasida ham koplab loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Bu borada respublikamizning togli hududlaridagi chiroyli va manzarali joylarni organib chiqqan holda chet ellik investorlarni ozimizga taklif etib ushbu joylarni korsatib, ularni sarmoya kiritishga va tadbirkorlarimiz bilan hamkorlik qilishga shart-sharoitlar yaratayapmiz. Bir soz bilan aytganda, yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlar qadimiy va navqiron shaharlarimizni ziyorat va tomosha qilib bolganidan song ularni yaxshi dam olishlari uchun barcha sharoitlarga ega togoldi hududlarda kompleks mehmonxonalar, kongilochar joylar qurish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning yana boshqa koplab savollariga javob berildi. Eng muhimi, bunday tadbirlar jurnalistlarning emin-erkin axborot olish, soz erkinligi, davlat idoralari faoliyati shaffofligini taminlash, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Turizm istiqboli

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati qoshida tashkil etilgan Press-xollda kecha navbatdagi matbuot anjumani otkazildi. Unda Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi Aziz Abduhakimov Ozbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida axborot berdi. Shuningdek, jurnalistlarni qiziqtirgan koplab savollariga javob qaytarildi. Bu haqda gazetamizning keyingi sonida batafsil malumot beramiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: