O'zb  
 
16.01.2018

AQSH MARKAZIY OSIYOGA ETIBOR QARATMOQDA

Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyoda «S5+1» formatida uchrashuv otkazishni rejalashtirmoqda.

S5+1 Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining muloqotini anglatadi. Ozbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibining ushbu formatdagi ilk uchrashuvi 2015 yil 1 noyabrda Samarqandda bolib otgan.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga kora, AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi orinbosari Elis Uells S5+1 formatidagi sheriklikni amaliy va samarali deb atagan.

Avvalgi ma’muriyat tomonidan yolga qoyilgan bu format AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan ham tola qollab-quvvatlanmoqda. Davlat kotibimiz Reks Tillerson Nyu-Yorkda oz hamkasblari bilan bu doirada uchrashgandi. Kelgusida Markaziy Osiyoda shunday uchrashuv otkaziladi. Bu loyihani mustahkamlash uchun AQSh Kongressi 15 million dollar mablag ajratgan, degan Elis Uells.

Uning sozlariga kora, Amerika Qoshma Shtatlari Markaziy Osiyo birlashayotgani va mintaqaning umumiy muammolarini hal qilayotganidan xursand.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bunday natijaga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va say-harakatlari tufayli erishildi.

Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi dasturida, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida Ozbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoshni mamlakatlar bilan ozaro manfaatli hamkorlik qilishini takidlagan edi.

Otgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qoyildi. Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qoshni mamlakatlarga amalga oshirdi. Qozogiston va Qirgiziston Prezidentlari davlat tashrifi bilan Toshkentda boldi. Tojikistonga oliy darajadagi safar rejalashtirilmoqda. Bu Ozbekiston tashqi siyosatda yaxshi qoshnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va siyosiy irodasi tufayli mintaqada ishonch darajasi sezilarli oshdi. Davlat chegaralari, suvdan foydalanish muammolari, transport yolaklari, savdo aloqalari, hududlar hamkorligi kabi koplab masalalar boyicha ozaro manfaatli yechimlar topishga erishildi.

Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sozlagan nutqida Ozbekiston bugungi kunda ozining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotganini takidladi. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Ozbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoshnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir, degan edi.

Mintaqamizdagi bunday ijobiy ozgarishlarni Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp ham etirof etdi. 2017 yil 19 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda AQSh Prezidenti Ozbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qoshnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati va faol say-harakatlarini qollab-quvvatlashini takidladi.

S5+1 formatida otkaziladigan navbatdagi uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Anvar SAMADOV,

OzA sharhlovchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: