O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.01.2018

ISLOHOTLARDAN KOZLANGAN MAQSAD MAMLAKATIMIZ MUDOFAA QUDRATI VA SANOAT SALOHIYATINI YUKSALTIRISHDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 10-yanvar kuni Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil etilgan mazkur harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar, jangovar tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta’minoti bilan tanishdi, ular bilan suhbatda boldi.

Prezidentimizga Toshkent viloyati harbiy-mamuriy sektori faoliyatini 2018-yilda tashkillashtirish boyicha «yol xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, Ozbekiston yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlangich tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni ragbatlantirish va istiqbolda qilinadigan boshqa ishlar togrisida malumot berildi.

Davlatimiz rahbari harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim va asbob-anjomlarini zamonaviy asosda yangilash, taminot tizimini takomillashtirish zarurligini takidladi. Munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan taminlash boyicha topshiriq berdi.

Prezidentimiz harbiylar oshxonasida bolib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni kozdan kechirdi.

Chirchiq – kimyogarlar va mashinasozlar shahri. Uning jugrofiy orni iqtisodiyotni rivojlantirish uchun juda qulay. Shaharda faoliyat korsatayotgan Maksam-Chirchiq, Ozbekkimyomash, "Chirchiq qishloq xojaligi texnikasi zavodi" aksiyadorlik jamiyatlari, Ozbekiston issiqqa chidamli, qattiq metall qorishmalar zavodi kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz sanoati rivojiga salmoqli hissa qoshmoqda.

Prezidentimiz tashrif doirasida mamlakatimiz qishloq xojaligi mashinasozligi sohasini rivojlantirish dasturi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xojaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizga resurs tejamkor, zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xojaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish boyicha qilinadigan ishlar yuzasidan malumot berildi.

Jumladan, "Chirchiq qishloq xojaligi texnikasi zavodi" aksiyadorlik jamiyatida 2018-2019-yillarga moljallangan, qiymati 32,7 million dollarlik 3 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini 50 foizgacha yetkazish kozda tutilgan.

Loyihadan kozlangan maqsad mashina-traktor parklari, fermer va dehqon xojaliklarini texnikalarning yangi turlari zamonaviy galla va yem-xashak orish kombaynlari, chigit va galla ekish seyalkalari, yerga ishlov berish, kartoshka ekish va yigib olish texnikalari bilan taminlashdir.

Davlatimiz rahbari loyiha doirasida ishlab chiqarilishi kozda tutilayotgan qishloq xojaligi texnikalari namunalari bilan tanishdi. Jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan bugungi kunda, ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulot nafaqat ichki bozorni taminlashi, balki xalqaro kolamda raqobatbardosh va eksportbop bolishi zarurligi takidlandi.

Shu yerda Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi, “Texnolog”, Agregat, OzKeysmash, Lemken-Chirchiq, OzKlaasagro korxonalarida ishlab chiqarilayotgan qishloq xojaligi texnikalari taqdimoti ham bolib otdi.

Prezidentimiz Ozbekkimyomash zavodi aksiyadorlik jamiyatida yangi quyuv sexi va yirik hajmli uskunalarni ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Bugun mazkur korxonada neft-gaz, kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun issiqlik almashinish jihozlari, kompressorlar, nasoslar, neft va gazni qayta ishlash, kimyoviy, burgulash va havo bilan sovutish uskunalari, butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona mahsulotlari Muborakneftgaz, Shortanneftgaz aksiyadorlik jamiyatlari, Shortangazkimyo majmuasi kabi yirik sanoat korxonalari, shuningdek, Rossiya, Qozogiston, Belarus, Ukrainaga yetkazib berilmoqda.

Otgan yili 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bolsa, joriy yilda ushbu korsatkichni 2 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda korxonani modernizatsiya va diversifikatsiya qilish orqali zamonaviy texnologiyalar asosida metallni eritish va quyishga moljallangan yangi quyuv sexi barpo etish kozda tutilmoqda. Umumiy qiymati 18,9 million dollarlik ushbu loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida zavodda turli nomenklaturadagi quyma mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi yiliga 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga yetkaziladi. Sex Yevropa mamlakatlari va AQShdan keltirilgan uskunalar bilan jihozlanadi. Loyiha 2019-yilning uchinchi choragida ishga tushiriladi.

Davlatimiz rahbari Ozbekkimyomash va Chirchiq transformator zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini kozdan kechirdi. Mahsulot turlari va eksport kolamini kengaytirishda bunday yangi quvvatlar muhim ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Shu yerda Chirchiq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator dastur va loyihalar taqdimoti otkazildi.

Bugungi kunda Chirchiqda 300 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat korsatmoqda. Shaharni 2018-2019 yillarda iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 80 ga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobar oshib, 3 mingga yaqin ish orni yaratiladi.

Shaharning 2035-yilgacha moljallangan bosh rejasiga muvofiq, otgan yili 7 qavatli 3 uy qurib bitkazildi. Joriy yil ana shunday 5 ta, kelgusi yil 10 ta turar joy barpo etiladi. Bundan tashqari, 2018-yilning mart oyida harbiylar uchun 3 qavatli 8 va yil oxirigacha 10 ta uy qurib foydalanishga topshiriladi.

Chirchiq dehqon bozori otgan asrning 50-yillarida barpo qilingan bolib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan. Tadbirkorlik subyektlari va aholiga savdo-sotiq uchun keng qulayliklar yaratish maqsadida uni rekonstruksiya qilish kozda tutilmoqda. Qiymati salkam 22 milliard som bolgan mazkur loyiha samarasida 3,7 gektar yerda yangi bozor barpo etiladi. Bozor hududida uch qavatli gipermarket, qishloq xojaligi mahsulotlarini sotishga moljallangan pavilyonlar, savdo rastalari, avtomobillar turar joyi, avtobus va mikroavtobuslar uchun bekatlar quriladi.

Bundan tashqari, Ozbekkimyomash zavodi tomonidan 2,5 gektarlik Mashinasozlar istirohat bogini rekonstruksiya qilish va joriy yil Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Shahar hududidan otuvchi Bozsuv kanali qirgogi obodonlashtirilib, aholiga kechki payt hordiq chiqarish uchun saylgohlar tashkil etiladi.

Toshkent Xojakent yonalishida qatnovchi elektropoyezdlar orniga zamonaviy tezyurar elektrichkalar harakatini yolga qoyish ham istiqbolli yonalishlardan bolib, aholi farovonligi va Toshkent viloyatining turistik salohiyatini oshirishda muhim qadamlardan boladi. Buning uchun Chirchiq shahridagi Chirchiq hamda Bozsuv temir yol bekatlari zamonaviy andozalar darajasida yangidan barpo etiladi.

Prezidentimizga Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutlari binolarini rekonstruksiya qilish, yangi oquv binolari, sport inshootlari, talabalar turar joylari qurish, Toshkent Qibray Chirchiq Gazalkent va Chirchiq Gazalkent avtomobil yollarida tirbandlikni kamaytirish, Pskom GESi va togonini barpo etish, Chorvoq GESi xavfsizligini oshirish loyihalari ham taqdim etildi.

Davlatimiz rahbari Chirchiq shahri oz imkoniyatlari va salohiyatiga kora, mamlakatimizning yirik sanoat markazlaridan biri ekani, binobarin, har bir loyihada ishlab chiqarish strukturasi va aholi turar joy sharoitini yaxshilashga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi. Loyihalar samaradorligini oshirish boyicha tegishli korsatmalar berdi.

Zavodning faollar zalida ishchi-mutaxassislar, Chirchiq shahri jamoatchiligi vakillari, nuroniylar, yoshlar bilan otkazilgan uchrashuvda shaharda amalga oshirilayotgan ozgarishlar mohiyati, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, yoshlar talim-tarbiyasi masalalari xususida soz yuritildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev shu kuni poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Malumki, Prezidentimiz 2017-yil yanvar oyida Toshkent oliy umumqoshin qomondonlik bilim yurtida bolib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish boyicha topshiriqlar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Mazkur harbiy oquv maskani Toshkent oliy umumqoshin qomondonlik bilim yurtining shonli harbiy ananalari, mamlakatimizning yetakchi ilmiy-talim muassasalari ilgor tajribasini ozida qamrab olgan.

Bugun akademiya mamlakatimizda joriy etilgan harbiy talimning yagona tizimida asosiy orinni egallaydigan, tom manoda harbiy ilm-fan markaziga aylandi. Akademiyada leytenantlar tayyorlash, ofitserlar malakasini oshirish, armiya boshqaruv tarkibidagi qomondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan otkazish ishlari yolga qoyilgan. Bu yerda umumqoshin, qomondonlik-shtab, malaka oshirish fakultetlari, on bitta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Kursant va tinglovchilar harbiy, gumanitar, aniq fanlar boyicha talim oladi. Akademiyada oquv jarayoni xorijiy davlatlarning ilgor tajribasi asosida tashkil qilingan. Talim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. Auditoriyalar zamonaviy trenajyorlar, oquv-laboratoriya uskunalari va komputer texnikasi bilan jihozlangan.

Prezidentimiz akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oquv xonalari, muzey, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bolib, ularning talim olishi, harbiy mashgulotlarni bajarishi jarayonini kozdan kechirdi.

Akademiya tinglovchilarining kasb mahorati, intellektual darajasi va madaniyatini yanada oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz darkor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu jarayonda harbiy bilim yurtida talim olishning zamonaviy uslublarini joriy etish, yuksak aql-zakovatli kadrlar tayyorlashga etibor qaratish lozim.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni tashabbusi bilan tashkil qilingan Temurbeklar maktabida tahsil olgan yoshlar ham mazkur akademiyada harbiy talimni davom ettirib, malakali ofitserlar bolib xizmatga kirishadi.

Bundan tashqari, barcha oliy harbiy talim muassasalari professor-oqituvchilari tarkibini tayyorlash, jumladan, ularning xorijdagi yetakchi oliy talim muassasalarida malaka oshirishi boyicha tizimli ishlar yolga qoyilgan.

Davlatimiz rahbari tinglovchilar va kursantlar bilan suhbatlashdi. Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladi. Ular ajdodlarimizga munosib avlod bolib, zamonaviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasining situatsion markazida boldi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida ishtirok etdi va nutq sozladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: