O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
09.01.2018

URUG SIFATLI CHIQSA, BERDI XUDO, SIFATSIZ CHIQSA...

Tursunpo‘lat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zosi:

— Bugungi kunda istemol bozorini sifatli meva, sabzavot, poliz mahsulotlari bilan taminlashga alohida etibor qaratilyapti. Bu boradagi eng muhim masala dehqon va fermer xojaliklarini sifatli uruglar bilan taminlash, deb oylayman.

Hozirgi kunda bogdorchilik va dehqonchilik bilan shugullanuvchilarning asosiy talabi xorijda tayyorlangan sifatli uruglarni xarid qilish bilan bogliq. Afsuski, yurtimizda urug taminoti talab darajasida yolga qoyilmagan.Amaliyotda ekilayotgan uruglarning aksariyat qismi norasmiy yollar bilan, soxta tadbirkorlar tomonidan olib kelinmoqda. Ularning na muvofiqlik sertifikati bor, na boshqa bir kafolati.Bunday urugdan olgan dehqon xatosini faqat bir yildan keyin togrilashi mumkin. Yani, urug sifatli chiqsa, berdi xudo, sifatsiz chiqsa...

Bu masalada mening taklifim: aholini sifatli urug mahsulotlari bilan taminlash uchun har bir tumanda hech bolmasa bittadan urugchilik dokoni ochish zarur.

Albatta, talabni organgan holda, xorijdagi urug eksport qiluvchi korxonalar bilan shartnoma tuzilsa, kafolatlangan urug taminoti yolga qoyilsa, maqsadga muvofiq boladi.

Shu ishlar tizimli tashkil etilsa, istemol bozori sifatli mahsulotlar bilan taminlangan, sifatsiz urug ekib, katta ziyon korayotgan dehqon va fermer xojaliklari kasodga uchrashining oldi olingan bolar edi. Bundan tashqari, noqonuniy urug oldi-sotdisi bilan bogliq bankdan tashqari valyuta muomalasiga chek qoyilardi.

Endi ozimizga savol beraylik,dehqonu bogbonlar, yani mahsulot yetkazib beruvchilar kongildagidek mehnat qilishi uchun nima kerak?Buning uchun ular avvalo kafolatlangan sifatli urug taminotiga, yetishtirgan mahsulotini realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bolishi lozim.

Lekin bu sohadaagrofirmalarning ish faoliyati hozircha talab darajasida emas.Mahsulot yetkazuvchilarga shartnoma asosida avans pullar berish tizimi deyarli ishlamayapti. Natijada kop hollarda dehqonlar qaysi mahsulotni ekish-ekmaslik masalasida ikkilanib qolmoqda.

Malumki, iqlim yil sayin ozgarib, dehqonchilik ishlari murakkablashib boryapti. Bunday sharoitda ekin-tikin, mevali daraxtlarga biron-bir zararli kasallik ziyon yetkazsa, professional yordam korsatilishi zarur. Bu sohada agrokimyo tashkilotlarining xizmat korsatish jarayonini talab darajasiga olib chiqish hayot taqozosiga, kechiktirib bolmaydigan vazifaga aylanib qoldi.

Shu orinda yana bir masala bor. Dehqonchilik, bogdorchilik yonalishida yetishtirilgan mahsulotlarning sifatlisi realizatsiya qilinadi, qolgan qismiga nima boladi, degan savol tugiladi. Meva, sabzavot, poliz mahsulotlarining chirindisidan spirt olishni yolga qoyish orqali bu masalani samarali hal qilish mumkin, deb hisoblayman.



DB query error.
Please try later.