O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.01.2018

SAYLOVning yakuniy natijalari elon qilindi

Joriy yilning 24 dekabr kuni o‘tkazilgan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga bolib otgan saylovning yakuniy natijalari e’lon qilindi.

— Mazkur saylovda Toshkent shahrida royxatga olingan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchining 1 million 267 mingdan ortigi ishtirok etdi, deydi Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi Hamid Karimov. Bu saylovchilar umumiy sonining 81,2 foizini tashkil etadi. Ushbu saylov fuqarolarning faolligi, siyosiy va huquqiy yetukligi tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Saylov poytaxtimiz aholisining demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yolida hamjihatligini korsatdi.

Ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar korsatgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlaridan 4 ming 4 yuzdan ortiq kuzatuvchi, vakolatli vakillar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yakuniy natijalarga kora, tashkil etilgan jami 330 saylov okrugidan deputatlar toliq saylandi. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston liberal-demokratik partiyasidan 137 nafar (41,5 foiz), Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan 54 (16,4 foiz), Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 49 (14,8 foiz), Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 37 (11,2 foiz), shuningdek, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlaridan 53 (16,1 foiz), nafar fuqaro deputat etib saylandi.

Saylangan 330 nafar deputat haqidagi malumotlarni tahlil qiladigan bolsak, ularning 76 nafari ayol hamda 254 nafari erkak. Shuningdek, deputatlarning 20 nafarini 30 yoshgacha, 195 nafarini 30 yoshdan 50 yoshgacha, 115 nafarini 50 yoshdan yuqori bolganlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, ushbu saylangan deputatlar oz vakolatlarini 2019 yil mamlakatimizda otkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovgacha amalga oshiradi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: