O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.01.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV JANOBI OLIYLARIGA

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Aziz qardoshim!

Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Turkmaniston va Ozbekiston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan Siz va butun qardosh Ozbekiston xalqini samimiy tabriklash va ezgu tilaklarimni yollash men uchun ulkan sharaf.

Diplomatik munosabatlar ornatilganidan buyon otgan 25 yilda qardoshlik aloqalarimiz faol rivojlandi va izchil mustahkamlanib bormoqda. Davlatlararo munosabatlarning bugungi yuksak darajasini qayd etar ekanman, Turkmaniston va Ozbekiston ortasidagi yaxshi qoshnichilik, dostlik va ozaro anglashuv tamoyillariga asoslangan hamkorlik yanada jadal va izchil, ozaro ishonch, teng huquqlilik, ochiqlik ruhida rivojlanayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirar ekanmiz, biz turkman va ozbek xalqlari ortasida shakllangan azaliy qardoshlik va ozaro hurmat ananalariga, manaviy va tarixiy qadriyatlar mushtarakligiga, davlatlarimizning xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik va insonparvarlik tamoyillariga sodiqligiga tayanamiz. Bugungi kunda mamlakatlarimiz nafaqat ikki tomonlama, balki xalqaro tuzilmalar doirasida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Global va mintaqaviy miqyosdagi nufuzli tashkilotlar doirasida mamlakatlarimiz tomonidan ilgari surilayotgan xalqaro tashabbus va takliflar ozaro qollab-quvvatlanayotgani shundan dalolat beradi.

Turkmaniston va Ozbekiston ortasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. Madaniyat, ilm-fan sohalaridagi hamkorlik tobora kengaymoqda va mustahkamlanmoqda. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik boyicha Turkmaniston – Ozbekiston qoshma komissiyasining faoliyati bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Turkmaniston mamlakatlarimiz ortasidagi vaqt sinovidan otgan siyosiy, iqtisodiy, manaviy-madaniy aloqalarni bundan buyon ham mustahkamlashga tayyor. Ishonamanki, Turkmaniston va Ozbekiston munosabatlari kelajakda ham qardosh xalqlarimiz farovonligi yolida muttasil rivojlanib boraveradi.

Aziz qardoshim, maktubim yakunida Sizning Turkmaniston Ozbekiston hamkorligiga shaxsan qaratayotgan alohida etiboringiz uchun minnatdorlik bildirishga, Sizga mustahkam sogliq, davlat rahbari sifatida qardosh Ozbekiston Respublikasi taraqqiyoti va uning xalqi farovonligi yolidagi masuliyatli faoliyatingizga yangi zafarlar tilashga ijozat bergaysiz.

Yuksak hurmat bilan,

Gurbanguli BERDIMUHAMEDOV,

Turkmaniston Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: