O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.01.2018

2018 YIL TARAQQIYOTIMIZDA HAL QILUVCHI YIL BOLADI

Mehroj DARXONOV, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi:

— Xalqimiz Yangi yilni katta orzu-niyatlar, rejalar bilan kutib oldi. Bugun qaysi hudud, qaysi manzilni olib qaramang, ozgarishlar, yangilanishlar shiddati kirib bormoqda. Prezidentimizning Ozbekiston xalqiga yollagan Yangi yil tabrigida bildirilgan fikrlar bizga yanada kotarinki ruh bagishladi.

Otgan yil mamlakatimizda barcha sohalarni jadal rivojlantirish uchun muhim qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi. Yangicha ishlash mexanizmlari korsatib berildi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar va deputatlar oldiga katta vazifalar qoyildi. Afsuski, hali biz bu ishlarni toliq amalga oshira olayotganimiz yoq. Joylarda Jamoatchilik qabulxonalari ishlab turibdi, lekin fuqarolardan bolayotgan murojaatlarni hal qilishda ayrim hollarda deputatlarning tashabbuskorligi yetishmayapti. Qolaversa, ijro hokimiyati idoralarining deputatlik soroviga bolgan munosabati ham ozgargani yoq. Ana shu jihatlarni inobatga oladigan bolsak, hali oldimizda mas’uliyatli vazifalar turganini yaxshiroq anglaymiz.

Prezidentimiz bayram tabrigida 2018 yil Ozbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bolishini alohida takidladi. Demak, bu jarayonlarda siyosiy partiya faollari, deputatlar masuliyatni oz zimmasiga olib, islohotlarning oldi qatorlarida bolishi kerak.

Yangi yilda partiyamizning elektorati hisoblangan jismoniy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini har tomonlama qollab-quvvatlash, ular uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, ish bilan taminlashning yangi, zamonaviy, innovatsion texnologiyalarga asoslangan mexanizmlarini taklif etishga alohida etibor berish talab etiladi. Yani, har bir sohaga innovatsion goyalar, yangi texnologiyalar kirib borishi kerak. Shundagina moljallanayotgan marra va natijalarga erishamiz.

Abdulhamid NURMATOV, Ozbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

2017 yil mamlakatimiz tashqi siyosatida tub burilish pallasi boldi. Xususan, yaqin qoshni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yuqori darajaga kotarildi. Buni Andijon viloyati misolida ham korsak boladi. Eng muhimi, chegara postlaridan otib-qaytish uchun yaratilgan imkoniyatlar xalqimizning ruhini kotardi. Yillar davomida bir-birini korishga qiynalib kelayotgan yaqin qarindoshlar diydorlashishdi.

Prezidentimiz Yangi yil tabrigida bu masalaga alohida etibor qaratdi. Yani, qoshni davlatlar bilan munosabatlar yangicha ruh va mazmun kasb etayotgani, bu esa mintaqamizda ozaro ishonch, dostlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bolayotgani, eng asosiysi, 2018 yilda ham bu strategik yol izchil va faol davom ettirilishi takidlandi.

Mana shu fikrlar, ayniqsa, chegara hududlarida yashayotgan minglab vatandoshlarimiz, ularning qoshni mamlakatlardagi qarindosh-uruglari kayfiyatini, ruhiyatini kotarib yubordi.

Otgan yildan boshlab qoshni davlatlar bilan aloqalarimizni mustahkamlash boyicha yangicha yondashuvlarga otildi. Yani, hamkorlikni hududlar darajasida rivojlantirish, mahalliy hokimliklar ortasida amaliy muloqot muhitini yaratishga, oddiy odamlar bordi-keldi qilib, dostlashishiga keng yol ochib berishga alohida etibor qaratilyapti. Bu tashabbus jamoatchilikka maqul bolmoqda. Natijada yangi goyalarni amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish orinlari yaratish uchun qulay muhit yuzaga kelmoqda.

Albatta, bu jarayonda bizning ham zimmamizda juda muhim vazifalar turibdi. Bu yil taraqqiyotimizda hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan, siyosiy partiyalarning Ozbekistonda kechayotgan biror-bir jarayondan chetda qolishga haqqi yoq. Shuni togri anglab yetgan deputat va partiya yetakchisigina amalga oshirilayotgan islohotlarning nafaqat faol ishtirokchisi, balki tashkilotchisi ham bola oladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: