O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.01.2018

TOSHKENT CHIMKENT TOSHKENT yonalishida avtobuslarning ilk qatnovi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Toshkent shahri va Qozog‘istonning Chimkent shahri ortasida yolga qoyilgan avtobuslarning ilk sinov qatnovi joriy yil 5 yanvar kuni muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur xalqaro avtobus yonalishining tantanali ochilish marosimida sozga chiqqanlar bu muhim voqea ikki qardosh xalq ortasidagi tarixiy dostlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Malumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozogistonda bolganida ikki tomonlama transport qatnovlari samaradorligini oshirish yuzasidan ham kelishuvga erishilgan edi.

Bugun ana shu kelishuvda kozda tutilgan rejalar amalga oshdi. Bu ikki qardosh xalq ortasidagi tarixiy dostlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yolidagi navbatdagi muhim qadam boldi.

Avtobus Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da poytaxtimizning «Toshkent» avtovokzalidan yolga chiqdi. Ikki mamlakat chegara nazorati postidan otgan avtobus Chimkent shahri tomon yol oldi. Umumiy masofa 145,2 kilometr. Ozbekistonlik jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari otirgan avtobus soat 11:30 da Chimkent shahri avtovokzaliga kirib keldi.

Bu yerda ozbekistonlik mehmonlar Chimkent shahri jamoatchiligi tomonidan tantanali kutib olindi.

Tadbirda sozga chiqqanlar mamlakatlarimiz ortasida mustahkam aloqalar ornatilgani, bu boradagi ezgu ishlar yanada keng miqyosda davom etayotganini, 2018 yil Qozogistonda Ozbekiston yili deb elon qilingani tarixiy dostlik aloqalarini yangicha ruhda davom ettirishga xizmat qilishini takidladi.

Ozbekistonlik ilk yolovchilar Chimkent shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

— Biz qardosh xalqlarmiz, tariximiz tutash, toy-marakamiz bir, quda-andamiz. Shu bois ozaro mustahkam rishtalar bilan boglanganmiz, deydi Qozogiston Respublikasi ozbeklarining Dostlik assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov. Bugun tarixiy kun. Mamlakatlarimiz ortasida avtobus qatnovi yolga qoyilmoqda. Bu ota-bobolarimizdan meros hamjihatligimizning yana bir namunasidir.

Shu kuni Chimkentdan Toshkentga qarab navbatdagi avtobus yol oldi. Unda tashrif buyurgan qozogistonlik mehmonlar Toshkent avtovokzalida katta tantana bilan kutib olindi. Mehmonlar Mustaqillik maydonini tomosha qildi, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Akfa Medline tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent Chimkent Toshkent yonalishida yolga chiqqan avtobus 3,5 soatda Chimkentga yetib bordi. Yolda Ozbekistonning Gisht koprik va Qozogistonning Ipak yoli chegara nazorati postlaridan otildi. Bu yerda yolovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgani guvohi boldik, deydi Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligi orinbosari Shoolim Shovahobov. Rejaga kora, joriy yilning 8 yanvaridan boshlab Toshkent Chimkent Toshkent yonalishida Ozbekiston va Qozogiston tomonidan 5 tadan, jami 10 avtobus yonalishga qoyiladi. Har bir soatda 1 tadan avtobus yolga chiqadi. Bugungi malumot boyicha yol kira haqi 85 ming som etib belgilangan. Shuningdek, 7 yoshgacha bolgan bolalar uchun chiptalar bepul taqdim etiladi.

Mutaxassislar mazkur avtobus qatnovining yolga qoyilishi ijtimoiy-iqtisodiy va turizm sohasi rivojiga ham xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.

Ulugbek ASROROV,

OzA muxbiri.

Toshkent Chimkent Toshkent


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: