O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.01.2018

ISLOHOTLARDAN KOZLANGAN ASOSIY MAQSAD AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari dastlab, Zangiota tumanidagi «Highway Logistics» logistika markaziga tashrif buyurdi.

Kop tarmoqli xizmat turlarini ozida jamlagan, zamonaviy qulayliklar yaratilgan markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Fransiya, Rossiya, Qozogiston, Gruziya kabi davlatlarning mazkur sohadagi tajribasi organildi.

Umumiy qiymati 40 million AQSh dollaridan ziyod va hududi 14,2 gektar bolgan markazda 350 ish orni yaratilgan. Uning eksport va import tovarlari uchun logistika xizmatlari korsatish yillik quvvati 1 million 200 ming tonnaga teng.

Markaz hududida bojxona bolimi tashkil etilgan. Bu yerda markazlashgan mahsulotlar ombori, bojxona posti, bank, deklaratsiya toldirish, sertifikatlashtirish va korikdan otkazish bolimlari, logistika xizmatlari korsatish, tovar jonatish va qabul qilish kompaniyalari, bojxona brokerlari faoliyati yolga qoyilgan.

Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qollash boyicha mutasaddilarga zarur korsatmalar berildi.

Shu yerning ozida Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish, 2018-2019 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, chorvachilik, issiqxona xojaligini tashkil etish, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish dasturlari taqdimoti bolib otdi.

Davlatimiz rahbari Zangi ota majmuasini ziyorat qildi.

Otganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangiyol shahridagi Fayzli mahalla fuqarolar yiginida boldi.

Shu yerda Yangiyol shahrining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi kop qavatli uy-joylarni tamirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish borasidagi ishlar haqida malumot berildi.

Yangiyol shahrida qariyb 87 ming aholi istiqomat qiladi. Shaharda 241 ta kop qavatli uy bolib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat korsatadi.

Davlatimiz rahbari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamon talablari darajasida takomillashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish zarurligini takidladi. Joriy yilda Yangiyol shahridagi kop qavatli uylarni tamirlash, 7 qavatli 12 ta yangi uy-joy qurish, zamonaviy bog, bozor, supermarket, koprik barpo etish boyicha topshiriqlar berdi.

Prezidentimizga taqdim qilingan loyihalardan shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Qibray va Zangiota tumanlarida suv taminotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi malumotlar orin oldi.

Davlatimiz rahbari Fayzli mahalla fuqarolar yigini profilaktika inspektori Anvar Toshevning xonadonida boldi.

Bugungi kunda ushbu mahallada 4 ming 200 nafar aholi istiqomat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev mahalla ahli bilan muloqot qildi.

Keyingi manzil Yangiyol tumani tibbiyot birlashmasi boldi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi. Bemorlar ahvoli, turmush sharoiti bilan qiziqdi, muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari shifoxonaning kardiologiya bolimida davolanayotgan Zulayho Aliyeva bilan suhbatlashdi, uning turmush sharoiti, oilasidagi ahvol bilan qiziqdi. Shu kunning ozida Prezidentimiz topshirigiga binoan Z.Aliyeva poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga davolanishga yuborildi. Shuningdek, ushbu oilaga uch xonali yangi uy ajratiladigan boldi.

Yangiyol tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining birinchi binosi 1912 yilda qurilgan. Songgi binosi 1979 yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman tamirlash ishlari bajarilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari manan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan taminlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bolmoqda.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kozlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qilish, salomatligini yanada mustahkamlashdir, dedi Prezidentimiz. Joylardagi ahvol bilan tanishayotganimiz, tibbiyot muassasalaridagi sharoitlarni organayotganimiz kelgusi ishlarimizni togri yolga solishda yaxshi samara beradi.

Yangiyol tumani tibbiyot birlashmasi hududi salkam 10 gektar. Davlatimiz rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yonalishda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalari tashkil etish, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taminlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz Quyi Chirchiq tumanidagi sobiq Kanop zavodi hududida bolib, qishloq xojaligi texnikalari va agregatlarini kozdan kechirdi, agrar sohani rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xojaligida yetishtiriladigan xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bolgan barcha jarayonni oz ichiga olgan klasterlar faoliyati yolga qoyilmoqda. Bunday chora-tadbirlar yaxshi natija bermoqda.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Piskent, Orta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oqqorgon va Boka tumanlarida tashkil etiladigan paxta-toqimachilik klaster loyihalari bilan tanishdi. Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda paxta yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bolgan jarayonni ozida tola jamlagan klaster loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun 59 million dollardan ziyod investitsiya jalb etiladi, 600 dan ortiq ish orni yaratiladi. Joriy yilda mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha amalga oshirilishi kozda tutilgan.

Quyi Chirchiq tumanida Gold Agro Standart masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan gosht yetishtirishga ixtisoslashgan qiymati 7 milliard somlik chorvachilik fermasi tashkil etilmoqda. 2018 yilning tortinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur majmua aholiga yiliga 360 tonna gosht va gosht mahsulotlari yetkazib beradi. Loyiha amalga oshirilgach, 25 kishi doimiy ish orniga ega boladi.

Bekobod tumanida agrologistika markazi tashkil etish loyihasida meva-sabzavotlarni muzlatish, quritish, qadoqlash va saqlash kozda tutilgan. Umumiy maydoni 2,5 gektar bolgan markaz 2019 yilning uchinchi choragida ishga tushiriladi. Buning natijasida 200 nafar aholi bandligi taminlanadi. Yiliga 8,6 million dollarlik mahsulot Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqiga eksport qilinadi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni yanada rivojlantirish, kanop yetishtirish, sholini qayta ishlash, sport va xizmat otlari uchun karantin hamda veterinariya xizmati korsatish boyicha hamda ot zavodi majmuasi, issiqxonalar tashkil etish kabi loyihalar taqdimoti ham otkazildi.

Malumki, davlatimiz rahbarining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholi, jamoatchilik vakillari bilan otkazgan uchrashuv va muloqotlari chogida, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bolgan murojaatlarda umumtalim maktablarida 10-11-sinflarni tashkil etish yuzasidan koplab takliflar bildirildi.

2017/2018 oquv yilidan maktablarda 10-sinflar tashkil qilingani munosabati bilan kasb-hunar kollejlarining bosh yotgan binolaridan yanada samarali foydalanish choralari korilmoqda.

Prezidentimizga Oqqorgon tumanidagi sobiq kasb-hunar kollejlari binosidan samarali foydalanish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, hunarmandchilik togaraklari tashkil etish taklifi bildirildi. Oqqorgon qurilish va kommunal xojaligi kolleji binosida yoshlarni kasbga tayyorlash va migratsiya markazi tashkil etish, Jamoatchilik markazi, Oqqorgon savdo markazi kabi loyihalar orin olgan.

Bosh turgan obyektlarni sotishda ochiqlik va adolat tamoyillariga amal qilish zarur. Buning uchun elektron savdolarni yolga qoyish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda tuman markazini zamonaviy shaharsozlik andozalari asosida qayta qurish, eski bozorni yangi joyga kochirish va ornida korkam bog barpo etish, shahar Bosh rejasi loyihasi taqdimoti bolib otdi. Prezidentimiz loyihalar bilan tanishar ekan, ularni yanada takomillashtirish, yangi ish orinlari yaratish lozimligini takidladi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bolib otdi.

Sessiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, moliyalashtirish manbasini kengaytirish, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash, ish orinlari yaratish, ijtimoiy sharoitni yaxshilash chora-tadbirlari haqida soz yuritdi.

Sessiyada tashkiliy masala korildi. G.Ibragimov Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: