O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.01.2018

PREZIDENT MUROJAATNOMASI

2017 yilning eng muhim voqeasi sifatida tarixda qoladi

Muslihiddin MUHIDDINOV, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi, SamDU professori:

— Tarix sahifalariga muhrlangan 2017 yil Ozbekiston hayotida juda muhim voqealar yuz bergan, taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoygan yil sifatida yodimizda qoladi. Boisi, ushbu yil tola ma’noda ulkan ozgarishlar davri bolganiga, Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimizni yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida kozda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, el-yurt farovonligini taminlash yolida dastlabki muhim qadamlar tashlanganiga guvoh boldik.

Poyoniga yetgan yilda insonni ezozlash, odamlar qalbiga yol topish xalq bilan muloqot tizimining asosi etib belgilandi. «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan goya hayotimizdan chuqur joy oldi. Mamlakat hayotiga daxldor qarorlar xalq bilan bamaslahat, bevosita muloqot asosida qabul qilinayotgani odamlarning davlatga, jamiyatga, oz kelajagiga ishonchini oshirdi.

Mamlakatimiz xorijiy davlatlar, eng avvalo qoshni mamlakatlar bilan dostona munosabatlarni mustahkamladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan yolga qoyilgan samimiy dostlik tuygusi xalqlarimizga ham kochdi. Ozbekiston BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida butun dunyoga jamiyatimizda kechayotgan ozgarishlarni bayon qildi, ayni paytda mintaqada barqarorlik va farovonlikni taminlash, insoniyat oldida turgan muammolar yechimini topish boyicha tashabbuslarini ilgari surdi. Bularning bari mamlakatimizning jahon hamjamiyati oldidagi obro-etiborini mustahkamlash, biz bilan hamkorlik qilishga tayyor mamlakatlar safini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz mamlakatimiz Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bular haqida alohida toxtaldi. Aytish joizki, ushbu dasturiy maruzada butun mamlakatimiz, xalqimizning ertangi kuni qanday bolishi batafsil belgilab berildi. Ozbekistonning ichki va tashqi siyosati, hududlarni rivojlantirish strategiyasi kabi barcha muhim masalalar boyicha ochiq fikrlar bayon qilindi.

Islohotlar qachon natija beradi? Qachonki odamlarda umid uygotsa. Murojaatnomani qayta-qayta oqirkanman, konglimdan shunday fikr otdi. Bundan bir yil ilgari yurtimizda boshlangan jiddiy islohotlarga konikolmaganlar ham boldi. Hayotimiz yaxshi-ku, boshqalardan kam emasmiz-ku, deganlar boldi. Ammo oz-oziga mahliyo bolish, bizga shu ham bolaveradi, degan qarash bilan yashagan odam taraqqiyot dushmanidir.

Prezidentimiz aytganidek, bunday eskicha qarashlar bilan yashash vaqti allaqachon otib bolgan. Hayotimiz yaxshi bolishi, mamlakatimiz har tomonlama rivojlanishi uchun bugun harakat qilmasak ertaga kech boladi. Buning uchun birinchi navbatda jamiyatimizda uchrayotgan kamchiliklarga barham berish zarur. Boisi, isloh etilmagan hech bir sohada ilgarilash bolmaydi, aksincha, bir joyda depsinib turaveradi. Bu dunyo tajribasida kop isbotlangan.

Shu bois otgan bir yilda barcha sohani rivojlantirish strategiyasi belgilab olindi, odamlarning hayot sifatini, imkoniyatini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Eng asosiysi, odamlarda islohotlar tufayli ertaga hayoti yaxshi bolishiga ishonch paydo boldi, ularni qollab-quvvatlay boshladi. Odamlardagi izlanish va intilish kuchayib, davlatga kamarbasta bolishdek olijanob tuyguga aylandi.

Ayniqsa, yoshlarimiz Prezidentimizning orzu-maqsadlarini royobga chiqaruvchi kuch sifatida maydonga chiqayotganini, ular qalbida josh urayotgan Vatanga muhabbat tuygusini, ishtiyoqni, shijoatni korib, quvonasan kishi. Yana yasharib, shu yoshlar qatorida gayrat bilan ishlaging, ozingni korsatging keladi.

Bugungi yoshlar oz vatani, Prezidenti bilan faxrlanadi. Ularning yuragi sadoqat, mehr, muhabbat ila uradi. Ularning yonib turgan kozida shijoat bor. Ana shunday yigit-qizlarimizning ilm-fanda, sportda va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarini korib gururlanaman.

Ammo shuni ham ochiq aytish kerak, biz kattalar bir vaqtlar yoshlar talim-tarbiyasida kamchiliklarga yol qoyganmiz. Bu ota-onalar va pedagoglarning befarqligi sababli yuz bergan. Otgan bir yil davomida yoshlarga korsatilgan etibor va gamxorlik tufayli ular qayerda bolmasin, yurtimizdami, chet eldami Ozbekiston himoyasida ekanliklarini qayta his eta boshlashdi. Ozbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan chet ellarda oqiyotgan, ishlayotgan yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishish, ular bilan uchrashuvlar otkazish oz ijobiy natijalarini berayapti. Hech kim ozini yolgiz sezmasligi uchun amaliy ishlar qilinyapti. Ayniqsa, Prezidentimiz xorijiy davlatlarga tashriflari davomida turli sohalar boyicha oqiyotgan, ishlayotgan yosh vatandoshlarimiz bilan uchrashgani ularning Vatan oldidagi qarzini uzishga umidlantirdi. Ana shunday yosh mutaxassislarimiz yurtimizga qaytib, turli sohalarda mehnat qilishga kirishayotganini tez-tez eshitayapmiz. Bundan quvonmay boladimi?!

Prezidentimiz Murojaatnomada Ozbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish kerakligini aytdi. Bundan maqsad yoshlarimizni xorijdagi tengdoshlari bilan faol muloqotini yolga qoyishdir.

Bu yoshlarimiz uchun juda katta imkoniyat bolib, ular oz faoliyatini boshlashi, tajriba almashishi mumkin boladi. Shuningdek, mazkur tashkilot Ozbekiston yoshlarining salohiyatini butun dunyo boylab namoyon etish imkonini beradi. Shuning uchun ham 2018 yilda Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini otkazish tashabbusi bildirildi.

Prezidentimizning yoshlarni asrash, yashash sharoitini yaxshilash, talim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratish, ish orinlari tashkil etish, moddiy va manaviy himoya qilish, rahbarlik lavozimlariga tayinlash, ijodkor va istedodli yigit-qizlarni ragbatlantirish, Ozbekiston yoshlarini bir maqsad yolida birlashtirish borasida olib borayotgan ezgu ishlari dunyo mamlakatlariga ibrat qilib korsatishga arziydi.

Mening nazarimda Prezidentimiz Murojaatnomasi 2017 yilning eng muhim voqeasi sifatida tarixda qoladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: