O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.01.2018

OZBEKISTONDAGI OZGARISHLAR JAHON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI NIGOHIDA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jahon ommaviy axborot vositalari nigohida bolib turibdi. Mazkur islohotlar natijalari va kelgusidagi ustuvor yonalishlar bayon etilgan Oliy Majlisga Murojaatnoma ham butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygotdi.

«The New York Times» nashri (AQSh):

Ozbekiston oz eshiklarini ochmoqda. Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagan.

Jahon banki Ozbekistonni biznes yuritish sharoitlarini sezilarli darajada yengillashtirgan onta davlat qatoriga kiritdi. Korxonalarni royxatdan otkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulash sohalarida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida Ozbekiston 190 mamlakat ichida 74-orinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.

The Nikkei nashri (Yaponiya):

Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning korinishini ozgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi tasirini oshirishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida bolib otgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam otkazib borish boyicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda yetakchi rol oynashga intilayotganini korsatadi va jiddiy diplomatik ozgarishlarga olib keladi.

Qoshni davlatlar bilan hamkorlikning mustahkamlanishi xavfsizlik va chegara muammolarini yechish hamda mintaqada transport infrastrukturasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ozbekiston xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan muhit yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, valyuta tizimini erkinlashtirishga intilmoqda.

Novosti axborot agentligi (Rossiya):

Prezidentligining birinchi yilida Shavkat Mirziyoyev davlatni yangi bosqichda rivojlantirishga qaratilgan 100 dan ortiq farmon va qarorni imzoladi, shuningdek, hukumatda va joylardagi hokimiyat organlarida jiddiy ozgarishlar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumat azolaridan hisobot talab qiladi. 2005 yilda Ozbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlardan qoniqmagani uchun oz faoliyatini toxtatgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki noyabr oyida qaytadan faoliyat yurita boshladi.

Sentabr oyida Ozbekiston milliy valyutasi — somning erkin konvertatsiyasi ochilgani Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligining birinchi yilidagi eng asosiy yutuqlardan boldi.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida terrorizmga qarshi kuch ishlatish yoli bilan kurashish usuli ozini oqlamayotgani, odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini marifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanini qayd etdi.

Ozbekiston rahbari, shuningdek, mintaqalarga tashrifi chogida oz hayotini ekstremistik faoliyat bilan boglaganlarning yaqin qarindoshlarini ijtimoiy hayotdan chetlatish amaliyotini davom ettirmaslik zarurligini takidladi...

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: