O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
28.12.2017

KOLLEJ OQUVCHILARI SUDLANDI

Bunday gapni eshitishning o‘zi kongilga ogir botadi. Afsuski, har qancha achchiq bolmasin, bu haqiqat.

Jinoyat ishlari boyicha Yashnobod tuman sudi voyaga yetmaganlar — Toshkent bank kolleji 2-bosqich oquvchisi Kamoliddin Ibrohimov, Toshkent madaniyat kolleji 2-bosqich oquvchilari Asilbek Amirov, Sarvar Sharifjonov hamda ularning sherigi Zuxrillo Ismoilovga oid ishni korib chiqdi. Aniqlanishicha, kollej oquvchilari giyohvandlik vositasini sotish yoli bilan noqonuniy boylik orttirish maqsadida jinoyatga qol urishgan. Olmazor tumanida joylashgan «Fargona» kafesi oldida gugurt qutichasiga solingan marixuana giyohvandlik moddasini Z.Ismoilovga 50 ming somga sotishgan. Ular jinoiy harakatlarini davom ettirib, navbatdagi gugurt qutini 80 ming somga sotishgan vaqtda huquqni muhofaza etuvchi idora xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qolga olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizaning xulosasiga kora, ulardan olingan osimlik modda giyohvand ekanligi va ogirligi 3,07 hamda 1,94 grammga tengligi aniqlangan.

Sud sudlanuvchilarning sodir qilgan jinoyatiga iqror bolib, qilgan ishidan chin kongildan pushaymonligi, voyaga yetmaganligi, muqaddam sudlanmaganligi, kollej oquvchisi ekanligi hamda oilaviy ahvolini e’tiborga olib jazo tayinladi.

Shu orinda masalaning bir jihati kishini oyga toldiradi. Bu bolalar qanday qilib jinoyat kochasiga kirib qolgan? Ota-ona qayerga qaragan? Hayot tajribasidan malumki, aksariyat holatlarda bolalar nazoratsiz qoldirilishi ogir oqibatlarga olib kelmoqda. Ota-ona bolasi maktabda qanday oqiyotgani, kimlar bilan dostlashganini bilmasa, darsdan song nima bilan bandligiga qiziqmasa, erta bir kun pushaymon bolishi aniq.

Bugun voyaga yetmaganlar ortasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish dolzarb vazifalardan bolib turibdi. Shu bois, bolalar tarbiyasi bilan bogliq masalada ota-ona, maktab va mahalla hamkorligini talab darajasida yolga qoymoq kerak, deb oylaymiz. Yosh avlod tarbiyasiga barchamiz birdek masulligimizni anglab olmogimiz kerak.

Mavlon GAFUROV,

Jinoyat ishlari boyicha Yashnobod tuman sudi sudyasi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.