O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.12.2017

OZBEKISTONNING YANGI QIYOFASINI YARATISHDA MILLIY MADANIYATIMIZNING ORNI VA AHAMIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 25 dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Mamlakatimizda barcha tarmoqlar qatori madaniyat va sanat sohalarini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilib, keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, shu yil 3 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi soha rivojida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Ana shu uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyotimiz va sanatimizni rivojlantirish bilan bogliq dolzarb masalalar tanqidiy tahlil qilinib, ularni hal etish yollari, ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar korsatib berilgan edi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ham mazkur soha rivojiga alohida urgu berilib, xalqimiz, jamiyatimizning manaviy yuksalishida madaniyat va sanat ahli oldida turgan vazifalar aniq bayon qilindi.

Bolib otgan majlisda ana shu vazifalarni bajarish boyicha Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi ishlarni faollashtirish va yangi bochqichga kotarish boyicha aniq topshiriq va korsatmalar berildi.

Malumki, har bir millatning madaniyati va sanati uning gurur-iftixor manbai hisoblanadi. Bugungi kunda milliy madaniyatimiz va sanatimizni rivojlantirish boyicha olib borayotgan barcha ishlarimiz shu maqsadga qaratilgan, dedi Prezidentimiz. Buyuk kelajagimizni barpo etar ekanmiz, avvalo, uning madaniy va manaviy asoslarini mustahkam qurishimiz kerak.

Otgan bir yil davomida sohani rivojlantirishga doir salmoqli ishlar amalga oshirildi. Birgina Madaniyat vazirligi va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini yanada rivojlantirish boyicha jami 8 ta farmon va qaror qabul qilindi.

2017 yilda mavjud 37 teatr tomonidan namoyish etilgan spektakllarni 3 million 133 ming muxlis tomosha qildi. Yil davomida aholiga 6 milliard 72 million somlik madaniy xizmatlar korsatildi.

Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkmaniston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston kabi davlatlarda Ozbekiston madaniyati kunlari va turli sanat korgazmalari otkazildi.

Tahlillar shuni korsatmoqdaki, muayyan ishlar amalga oshirilgan bolsa-da, hali bu borada qilingan ishlardan kora qilinmaganlari, dolzarb vazifalar juda kop, deb takidladi davlatimiz rahbari.

Yigilishda mamlakatimiz teatrlarining xalqimizga, jumladan, chekka tuman, mahalla va qishloqlar aholisiga madaniy xizmat korsatish darajasi bugungi kun talabiga javob bermasligi alohida takidlandi. Teatrlarning bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, teatrlar faoliyatini rivojlantirish boyicha 2018-2022 yillarga moljallangan dastur ishlab chiqish, ozbek sirki hamda milliy raqs sanatini rivojlantirish boyicha ham tegishli qarorlarni kechiktirmasdan qabul qilib, bu yonalishlarda amaliy ishlarni boshlash zarurligi qayd etildi.

Aholi uchun bosh vaqtni mazmunli tashkil etish, odamlarning madaniy hordiq chiqarishini taminlash maqsadida 2011-2015 yillarda mamlakatimizda 225 istirohat bogini zamon talablari asosida yangidan qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Lekin hozirgi kunga qadar 140 bogda tamirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgan bolib, homiylar va tadbirkorlar tomonidan mablag ajratilmagani sababli 90 bogda rejadagi vazifalar toliq bajarilmagani tanqid qilindi.

Yigilishda Madaniyat vazirligi tomonidan kelasi yil amalga oshirilishi lozim bolgan bir qator muhim vazifalar qayta korib chiqilib, ularning aniq muddatlari belgilandi. Jumladan, madaniyat va sanat sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, estrada, raqs va orkestr jamoalari faoliyatini tanqidiy nuqtai nazardan organish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlashni yolga qoyish kabi dolzarb masalalarga oz vaqtida yechim topish zarurligi alohida takidlandi.

Davlatimiz rahbarining «Ozbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori ijrosini taminlash boyicha jadal ish olib borilmoqda. Shunga qaramay, yigilishda Badiiy akademiya faoliyatida bir qator kamchilik va muammolar uchrayotgani, ularni tezlik bilan bartaraf etish lozimligiga etibor qaratildi. Jumladan, Nukus, Buxoro, Shahrisabz shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan sanat maktab-internatlarida rekonstruksiya va tamirlash ishlari oz vaqtida amalga oshirilmayotgani, Badiiy akademiyaning Markaziy korgazmalar zalini jahon standartlariga mos ravishda zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish ishlari sust olib borilayotgani, bu esa yurtimizda nufuzli xalqaro korgazmalar otkazish imkoniyatini cheklayotgani qayd etildi.

Yigilishda Badiiy akademiya faoliyatini yanada yaxshilash borasida 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Xususan, tasviriy va amaliy sanat sohasida xorijdagi yetakchi sanat maskanlari bilan tajriba almashishni yolga qoyish, chet ellarda taniqli rassomlarimizning korgazmalarini tashkil etishga alohida etibor qaratish boyicha amaliy takliflar bildirildi.

Tegishli mutasaddi rahbarlarga P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 400 orinli, Respublika dizayn kollejida 200 orinli oquvchilar turar joyini qurish boyicha qaror loyihasini tayyorlash yuzasidan topshiriq berildi.

Shuningdek, soha uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash, xususan, yangi davrga mos oquv, oquv-metodik va ilmiy adabiyotlar yaratish va ularni talim jarayoniga keng tatbiq etish, oquv muassasalarini zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taminlash, talim sifatini oshirishga alohida etibor qaratish zarurligi takidlandi.

Yigilishda madaniyat va sanat sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va manaviy qollab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh istedod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish boyicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish goyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va sanat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi, dedi Prezidentimiz. Xalqimizning rivojlanish darajasi, avvalo, milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu manoda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Ozbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni, avvalo, milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: