O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
23.12.2017

ZAMONAVIY DAVLATCHILIGIMIZ TARIXIDA ULKAN OZGARISH YASAGAN VOQEA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni mamlakatimiz tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etdi.

Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bolib otgan anjumanda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, nodavlat tashkilotlar faollari ishtirok etdi. Yigilishni videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlar deputatlari, barcha bogindagi ijro hokimiyati va xojalik boshqaruvi organlari rahbarlari, mamlakatimizning chet ellardagi elchilari kuzatib bordi.

Murojaatnomada 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Ozbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yonalishlari oz ifodasini topdi.

Murojaatnoma konsepsiyasi 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tuzilgan. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar kabi besh qismda bu sohalarda amalga oshirilgan ishlar atroflicha bayon qilindi.

Murojaatnoma ham hajman, ham mazmunan juda keng. Uning mazmun-mohiyatida bir tamoyil «qizil ip» bolib otadi. U ham bolsa, xalq manfaati, xalqqa xizmat qilish, xalqni ezozlash!

Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat idoralari xalqqa xizmat qiladigan, ularning faoliyatiga xalq baho beradigan tizim yaratildi. Mamlakatimiz hayotiga doir qarorlar xalqimiz bilan bevosita muloqot, odamlarning xohish-istaklari asosida qabul qilinmoqda. Barcha darajadagi rahbarlar xalq oldida hisob bermoqda.

Mazkur Murojaatnoma davlatimiz rahbarining yakunlanayotgan yil boyicha xalqimiz oldidagi oziga xos hisoboti ham boldi. Shuningdek, Murojaatnomada mamlakatimizni kelgusida har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi, bir qancha qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari taklifi bilan yangi — 2018 yilga mamlakatimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili, deb nom berildi.

Tadbir ochiq va samimiy ruhda otdi. Prezidentimiz xalqimizni qiynayotgan, taraqqiyotimizga gov bolayotgan kopdan-kop muammolar haqida ochiq-oydin gapirdi. Balandparvoz iboralar, soxta raqamlar emas, achchiq bolsa-da, xaqiqiy korsatkichlar aytildi. Ilgari kuzatilmagan bunday jasorat va qatiyat odamlarning ishonchi, hurmatini qozondi.

Vaqtlar otadi. Prezidentimizning bu Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimizda ulkan ozgarish yasagan tarixiy nutq bolib qoladi.

Anvar SAMADOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.