O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.08.2012

OzLiDeP DASTURIDA BELGILANGAN VAZIFALAR

faqat qog‘oz qoralash uchun yozilganmi?

Bu boradagi muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, ularning oldini olish va bartaraf etish boyicha aniq taklif hamda tashabbuslar bilan chiqish, tadbirkor va ishbilarmonlar, oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar rahbarlarining istemolchilar oldidagi masuliyatini oshirish, shu boyicha qonun va qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati ornatish OzLiDeP zimmasidagi eng asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha Hududlarida fermer xOjaliklari yetishtirayotgan don, meva, chorvachilik maHsulotlarini Qayta ishlashga ixtisoslashgan minglab katta-kichik korxonalar faoliyat kOrsatmoQda. QashQadaryo viloyati miQyosida oladigan bOlsak, avvallari faQat Qarshi va ShaHrisabz shaHarlarida gOsht va sutni Qayta ishlash zavodlari bor edi, xolos. Ayni paytda birgina ShaHrisabzda 30 dan ziyod kichik korxonada gOsht va sut maHsulotlari tayyorlanmoQda.

Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining malum qilishicha, hozirda viloyatdagi 500 dan ortiq korxonani zamon talablari asosida modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shulardan 60 tasi mahsulotlarni eksport qilish imkoniga ega. 27 ta korxonada xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti va sertifikatlashtirish tizimlari bosqichma-bosqich joriy qilingan. Yana 19 tasida bu borada tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Ammo qolga kiritilayotgan va yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib ulush bolib qoshilayotgan bu kabi yutuqlar bilan birga, bazi kamchiliklar ham borligidan koz yuma olmaymiz.

Qashqadaryo viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bolim boshligi Izzatilla Zaynalovning aytishicha, shu yilning 4 oyi mobaynida 6 ta tuz qadoqlovchi korxonada rejadan tashqari tekshirish otkazilib, 6 nafar masul shaxsga nisbatan mamuriy chora qollanilgan, 2 ta korxona faoliyati viloyat xojalik sudining qarori bilan vaqtincha toxtatilgan. Shuningdek, tanlab olingan 254 ta osh tuzi namunasida yod belgilangan meyordan ancha pastligi aniqlangan...

«Sertifikatlashtirish tartiblarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xojalik mahsulotlarini majburiy sertifikatlashtirilgan holda savdoga chiqarish belgilangan.

Afsuski, hozirgi kunda savdo dokonlari va bozorlarda non, qandolat, sut va gosht mahsulotlari, shuningdek quyma muzqaymoq, gazlangan suv, mors, kvas, qadoqlanmagan kungaboqar pistasi hamda boshqa shu kabi mahsulotlar hech qanday yorliqlarsiz, xavfsizlik va sifatni kafolatlovchi muvofiqlik sertifikatlarisiz sotilmoqda. Yani, istemolchilar hamisha ham sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotgani yoq. Epidemiologik ahamiyati yuqori bolgan bunday oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish turli kongilsizliklar, xususan, yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bolishi hech gap emas.

Bu boradagi muammolarga jamoatchilik etiborini qaratish, ularning oldini olish va bartaraf etish boyicha aniq taklif hamda tashabbuslar bilan chiqish, tadbirkor va ishbilarmonlar, oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar rahbarlarining istemolchilar oldidagi masuliyatini oshirish, shu boyicha qonun va qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati ornatish OzLiDeP zimmasidagi eng asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Bu — bejiz emas. Liberal-demokratik partiyaning Saylovoldi dasturida mamlakatimizda qishloq xojalik mahsulotlari yetishtirishni kopaytirish, qayta ishlangan qishloq xojalik mahsulotlarini eksport qilish uchun mumkin qadar qulay shart-sharoitlar yaratish OzLiDePning ustuvor yonalishlaridan biri ekaniga katta urgu berilgan. Jumladan, unda: .... Partiya nafaqat eksportga mahsulot yetkazib berishni uyushtirishda balki yetishtirilgan va qayta ishlangan sanoat va qishloq xojalik mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirishda roy beradigan rasmiyatchilik holatlariga chek qoyish borasida ham ish olib boradi, deb alohida takidlangan.

Maqsad nihoyatda olijanob. Ammo vada bajarilishi bilan qimmatli. OzLiDeP esa Saylovoldi vadalarini bajarishga shoshilmayapti. Nazarimizda ular birovlarning ishini ozlashtirish uchun qulay fursat kutishmoqda. Biz viloyatning Qarshi shahar va Shahrisabz tuman xalq deputatlari Kengashlaridagi OzLiDeP deputatlik guruhlari faoliyati bilan tanishganimizda, ular 2011 yilda va joriy yilning shu davriga qadar mazkur dolzarb masalani biron-bir sessiya muhokamasiga olib chiqmaganiga amin boldik.

Nega? Balki liberallar inson salomatligi va mamlakat iqtisodiyoti bilan bogliq bu muammo hal etilishi zarur bolgan muhim masalalardan emas, deb oylayotgandir!? Shundan bolsa kerak, ular standartlash va sertifikatlashtirish borasidagi qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini organish, bu boradagi suniy tosiqlarni bartaraf etishga komaklashish masalasiga yetarli etibor qaratishmayapti.

Masalaning etibordan chetda qolayotgan yana bir muhim jihati shundaki, viloyatda sanoat korxonalari ishlab chiqarayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosan ichki bozorni toldirayapti. Shuning uchun ham oz mahsulotini eksportga yonaltirishga intilayotganlar bilan bir qatorda, ichki bozorni taminlayotgan ishbilarmonlar muvofiqlik sertifikatlarini tez va qulay sharoitda olishlari uchun komak berishi lozim. Afsuski, bu borada ham OzLiDePning hech qanday amaliy harakati korinmayapti...

Bundan tashqari, yurtimizda Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi togrisida Qonun qabul qilingan. Bu huquqiy hujjat tadbirkor faqat sertifikat olishni emas, balki sifatli mahsulot chiqarishni ham oylashi kerak, degani. Ammo tadbirkorlarga har tomonlama komaklashish, ular faoliyatini togri tashkil etishga yordam berishni maqsad qilgan partiyaning viloyatdagi vakillari bu masalada ham bir yoqlama harakat qilishyapti. Ular Tadbirkorning sertifikati bor, demak qanday mahsulot chiqarsa, ixtiyori qabilida ish tutishmoqda.

Qishloq xojalik mahsulotlari, mahalliy xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalarning kopayishi eng avvalo, yangi ish orinlari demak. Bundan partiyamiz elektorati kam taminlangan va boquvchisini yoqotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan bolsa-da, mehnatga layoqatli fuqarolar, ish topishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlar ham manfaatdor, albatta. Ammo korxonalar soni ortishi bilan birga mahsulot sifati ham yaxshilanishi zarur. Bu mahsulot ishlab chiqarishda standart, sifat tizimi talablariga qatiy rioya etish, muvofiqlik sertifikatlari berish tartib-qoidalarini soddalashtirish bilan birga bu boradagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan samarali jamoatchilik va deputatlik nazorati ornatishni talab etadi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: