O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.12.2017

ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

Markaziy Osiyoda irrigatsiyani yaxshilash va suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Qirg‘izistondan mamlakatimizga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Energetika tizimi yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishda muhim orin tutadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mintaqa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlari energetika sohasidagi hamkorlik rivojida yangi istiqbollarni belgilab berdi. Xususan, 2017 yil 5 oktabr kuni Toshkentda otkazilgan oliy darajadagi Ozbekiston — Qirgiziston muloqoti doirasida 2017-2018 yillarda Qirgiziston Respublikasidan Ozbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berish togrisida shartnoma imzolandi.

Shartnomaga kora, 2017 yil dekabr oyidan 2018 yil martigacha 550 million kVt/soat elektr energiya yetkazib berish kozda tutilgan. Joriy yil 15 dekabrdan boshlab Qirgiziston Respublikasi mamlakatimizga elektr energiya yetkazib berishni boshladi. Bugungi kungacha 3,7 million kVt/soat elektr energiya qabul qilindi va kunlik miqdor oshib bormoqda.

Elektr energiyasi Qirgiziston milliy elektr tarmoqlari tomonidan yetkazib berilmoqda, deydi «Ozbekenergo» aksiyadorlik jamiyati strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligi E.Sadullaev. Ushbu jarayon Markaziy Osiyoda suv va energetika rejimlari mushtarakligini taminlab, mamlakatlarimiz ravnaqi uchun oz hissasini qoshadi.

Mamlakatimiz energetika tizimi Qirgiziston, Qozogiston, Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlari energotizimlari bilan mutanosiblikda ishlaydi. Bu jarayon 220, 500 kilovoltli (kV) liniyalar orqali amalga oshiriladi. Fargona vodiysidagi Lochin kichik stansiyasi Qirgiziston energotizimi bilan 500 kV liniya orqali boglangan. Bundan tashqari, Toshkent issiqlik stansiyasidan 220 va 500 kV liniyalar Qozogiston va Ozbekiston energotizimlarini boglab, ularning ish mushtarakligini taminlaydi.

Qirgiziston va Qozogiston energetika tizimlari ham xuddi shunday bir-biri bilan boglangan. Buning natijasida Ozbekiston, Qirgiziston va Qozogiston ortasida energetik halqa barpo qilingan bolib, u energetik rejimlarni optimallash imkonini beradi.

Energetika sohasida hozirgi kunda xalqaro hamkorlik asosida tomonlar uchun foydali bolgan iqtisodiy aloqalar rivojlantirilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz qoshni Afgoniston Islom Respublikasiga yordam berish maqsadida elektr energiyasini eksport qilmoqda. Kelgusida Afgonistonga yetkazib berilayotgan energiya miqdorini kopaytirish uchun Surxondaryo viloyatida 500 kV liniyasini qurish moljallangan. Bundan tashqari, Ozbekenergo AJ Tojikiston energotizimi bilan hamkorlik ornatishni rejalashtirgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan 220 va 500 kV liniyalar tayyorlandi. Tojikiston energiya tizimi tomonidan avariyaga qarshi avtomatika va rele himoyasi loyihalari bajarilmoqda. Ushbu loyihalar yakunlangandan song, 2018 yilda parallel ishlashni yolga qoyish belgilangan.

Turkmaniston energotizimi bilan ham hamkorlik rejalashtirilgan bolib, bu ushbu davlatdan boshqa mintaqalarga elektr yetkazib berishda mamlakatimiz energetika tizimidan tranzit sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Shu yil noyabr oyida Toshkentda otkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdostligi Elektr energetika kengashining 51-majlisida MDHga azo davlatlarning tegishli vazirlik va kompaniyalari rahbarlari elektr energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, uning uygunlashuvini taminlash kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati kelgusida MDHga azo davlatlar energetika tizimlari bilan istiqbolli yonalishlarda hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, Sirdaryo IES bloklarini modernizatsiya qilish va sohani rivojlantirish boyicha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Matnazar ELMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: